Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Mustaqil ta’limning maqsad va vazifalari
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ta’lim
- Mustaqil ta’limda mustaqil
Mustaqil ta’limning maqsad va vazifalari.
Maqsadi: Mustaqil ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanishi; mustaqil ta’limning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini xisobga olgan xolda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va amalga oshirish; Mustaqil ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy maxoratlarini zamon talabi darajasida shakllantirish; Mustaqil ta’limning noan’anaviy o’qish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy hamda uzluksiz aloqasini yaratish; Mustaqil ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish;ta’lim oluvchilarga Mustaqil ta’lim jarayoniga nisbatan kasbiy, iqtisodiy, tafakkur etish, ma’naviy va boshqa qiziqishlarini uygotish;mustaqil tarzda kerakli ma’lumotlarni yig’ish, muammoni aniqlash, еchimlarini qidirish; olingan bilim, malaka va ko’nikmalarni tanqidiy taxlil etish va ularni yangi vazifalarni hal etishda qo’llash; Mustaqil ta’limda mustaqil ishlash bilan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash; tashkiliy, psixologik-pedagogik, o’quv-uslubiy, axborot, moddiy-texnik ta’minotni o’z ichiga oluvchi mustaqil ish infrakturasini yaratish; Mustaqil ta’lim-natijalarini baholash tizimini yaratish. Vazifalari: - Bilimlarni mustaqil tarzda puxta o’zlashtirish ko’nikmalariga ega bo’lish; - Kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash; - Axborot manbalaridan samarali foydalanish; - Elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish; - Berilgan topshiriqning muhim еchimini belgilash; - Ma’lumotlar bazasini tahlil etish; - Ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash; - Topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish; - Ishlab chiqilgan еchim, loyihani asoslash va mutaxassislar ishtirokida himoya qilish; - Pedagogik texnologiyalarni nazariy va amaliy egallash hamda sharoitlarini aniqlash; - Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidagi faoliyatning aniqligi va oshkoraligi. - fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini ta’minlash jarayoni orasidagi nomuvofiqlikni tizimga keltirish; - ta’lim jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish bo’yicha vaqt resursining cheklanganligi; - ta’lim oluvchilar mustaqil bilim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid o’quv-metodik adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, yo’riqnomalar, ko’rsatmalarning еtarli emasligi va talaba darajasida ishlanganligini yoritish. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling