Talabalar mustaqil ishini baholash
Talaba mustaqil ish natijalari Ushbu talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i hamda shu buyruqqa asosan ishlab chiqilgan, Namangan davlat universitetining 2018 yil 10-oktyabrdagi 3-sonli Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan Namangan davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha YO‘RIQNOMA asosida asosan baholab boriladi.
Talabalarning mustaqil ishi har bir fakultet va kafedra oynasida yoritib boriladi. Talabalarning mustaqil ishi har bir kafedrada 6 oy mobaynida saqlanadi.
Yuqori darajada baholangan talabalarning mustaqil ishlari institut Web sahifalarida e’lon qilinib boriladi.
Mustaqil ta’limni amalga oshirish bo’yicha fan o’qituvchisining vazifalari
Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bo’yicha topshiriqlar berish;
Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha boshqa manbalarni tavsiya etish;
Mustaqil ishiga o’zi rahbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida maslahatlar o’tkazish;
Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari to’g’risida kafedra
yig’ilishlarida muntazam axborot berib borish;
Seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha amaliy yoki seminar mashg’ulotlariga tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan va internet ma’lumotlaridan foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi.
Hisob-grafik ishlarini bajarish
Talabaga shaxsiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda hisob-grafik ishlari beriladi. Bunda talaba shu mavzu bo’yicha mustaqil ravishda mavzuni chuqur o’rganadi, material yig’adi, tahlil qiladi, kerak bo’lganda internet ma’lumotlaridan foydalanadi va bu hisoblash, so’ngra grafik ishlarini bajaradi. Bunda talab imkoniyatidan kelib chiqib hisob-grafik ishlarini elektron varianti ham qilinishi mumkin. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |