Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Ko’rgazmali vositalar tayyorlash


Download 0.6 Mb.
bet56/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

Ko’rgazmali vositalar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o’zlashtirishi uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar va h.k) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning mikdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga topshirish mumkin.
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriklar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish topshiriladi.
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun- qoidalari, qanday maqsad kuzda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riqlar beriladi. Maslahat paytida bajarilgan ishlarni talabga javob berish darajasi nazorat qilib boriladi.
Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash
Talabaga biron mavzu bo’yicha ilmiy (referativ) xarakterdagi maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tatqiqot ishlari, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi, tahlil qiladi va o’z fikrlarini bayon qiladi. Bunda talaba o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Amaliyotdagi mavjud muammolar echimini topish
Talabaga bir mavzu yoki bo’lim bo’yicha noan’anaviylikni tahlil qiladigan, nazariy ahamiyatga ega bo’lgan amaliyotdagi mavjud muammolar, ijodiy yondashish talab qiladigan ilmiy- ijodiy vazifalar topshiriladi. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal usulini izlashga va topishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bunda o’qituvchi talaba bilan hamkorlikda ishlaydi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling