III.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari).
1-mavzu: Ma’naviyatshunoslik fani predmeti. Ma’naviyatning
jamiyat hayotidagi o’rni.
Ma’naviyat tushunchasi: moxiyati, mazmuni, tuzilmasi, namoyon bo’lish shakllari. Ma’naviyatning vujudga kelishi (genezisi) va dastlabki rivojlanish davri. Ma’naviyat va jamiyat hayoti.
2-mavzu: Inson-jamiyat-ma’naviyat uzviyligi.
Ma’naviyat va inson tabiati. Ma’naviyat va insonning hissiy hamda aqliy dunyosi. Tafakkurning tarixiy shakllari va ma’naviyat. E’tiqod va ma’naviyat. Iroda ma’naviyatning mavjudlik shakli sifatida.
3-mavzu: Ommaviy madaniyat va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Ommaviy madaniyat: kelib chiqishi va shakllanishi. Ommaviy madaniyatning xususiyatlari. Ommaviy madaniyatning ijtimoiy funksiyalari va inson ma’naviyatiga ta’siri. Yuksak va ommaviy madaniyatlar diffuziyasi va interferensiyasi.
4-mavzu: Ma’naviyatning rivojlanish qonunlari.
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida sog’lom ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar muttasil o’sib borishi qonuni. Ma’naviyat rivojlanishining umumtamadduniy (sivilizatsion) taraqqiyot darajasiga bog’liqlik qonuni. Ma’naviyat yuksalishining ijtimoiy ong va ijtimoiy munosabatlar rivojlanish darajasiga bog’liqlik qonuni.
5-mavzu: Ma’naviyat kategoriyalari.
O’zlikni anglash ma’naviyatning asosiy kategoriyasi sifatida. Ma’naviyatning tolerantlik kategoriyasi. Qadriyat tushunchasi. Ma’naviyatshunoslik fani kategoriyalari va asosiy tushunchalarining boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar tushunchalari bilan uzviy bog’liqligi.
6-mavzu: Mustaqillik davri ma’naviyati.
Mustaqillik va ma’naviyat. Mustaqillik mas’uliyati. Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi. Milliy-ma’naviy yangilanish, yuksalish – taraqqiyot omili.
7-mavzu: Milliy ma’naviyat rivojlanish konsepsiyasi: nazariya va amaliyot
Milliy ma’naviyat rivojlanish konsepsiyasining yaratilishi. Ma’naviyat va milliy g’oya. Milliy ma’naviyat rivojlanish konsepsiyasini xam nazariy, xam amaliy jihatdan boyitishning yangi bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |