Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
2. Mustaqillik mas’uliyati. Ijtimoiy taraqqiyotda, jamiyat hayotining har bir sohasida hal qiluvchi omil insondir. O’zbekistonni mutaraqqiy davlatlar qatoriga o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qila olmaydigan, qotib qolgan andozalar bo’yicha fikrlaydigan, mutelik va qo’rquv, milliy nomukammallik tuyg’usidan xalos bo’lmagan, vatanparvarlikdan yiroq insonlar bilan ko’tara olmaymiz. Bu zarurat erkin fikrli, tashabbuskor va vatanparvar fuqaroni tarbiyalashni taqozo etadi. Mustaqil O’zbekiston ma’naviy rivojlanishining asosiy sharti va maqsadi - yangi shaxsni tarbiyalashdir, o’tmish madaniy merosiga va erishilgan yutuklarga munosabat tanqidiy bo’lishi lozimdir.
O’zbek xalqi tarixida ilk bora milliy maktabiga ega bo’ldi. SSSR davridagi maktabda o’qitish o’zbek tilida olib borilsa-da, maktab kommunistik mafkura asosida ta’lim beradigan sovet maktabi edi. O’tmishdagi machitlar qoshidagi maktablar va madrasalar milliy emas, diniy o’quv muassasalari hisoblanardi. Jadidlar milliy maktab yaratishga ko’p urindilar, ammo dastlab chor hukumati va so’ngra bolsheviklar bunga ruxsat bermadi. Ijtimoiy hayot qarashlar va fikrlar xilma-xilligi, tafakkur va tashabbus erkinligi sharoitida rivojlanmoqda. Bular hammasi insonning o’z imkoniyatini yuzaga chiqarish uchun mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlardir. Ma’naviyatimiz rivojlanishining mustaqillik davri bosqichi xalqning tarixiy xotirasini tiklash bilan bir qatorda milliy ongni, tafakkurni shakllantirishda, madaniy merosdan yosh avlodni bahramand etishda hal qiluvchi rol o’ynaydigan milliy maktabni, milliy ta’lim tizimini yaratish eng ulkan tarixiy yutuklardan biridir. Vatanparvarlik tuyg’usi va e’tiqodi mustaqillikning ma’naviy asosi hisoblanadi. Vatanparvarlik faqat vatanni sevish, unga fido bo’lish, undan faxrlanish kabi tuyg’udangina iborat emas. U e’tiqod sifatida tegishli tushunchalar, xolis baholar, qarashlar, g’oyalar, ideallardan tarkib topadi. To’g’ri tushuniladigan, millatchilik va milliy mahdudlikdan, manmanlikdan, nigilizm va nomukamallikdan xoli bo’lgan vatanparvarlik ijtimoiy mo’ljalga aylanadi. Vatanparvarlik xalq manfaatlarini shaxsiy, guruhiy, sinfiy, mahalliy-mintaqaviy manfaatlardan ustun qo’yishdir. Agar mamlakat turli nizolar, mahalliychilik yoki partiyaviy tarafkashlik, siyosiy guruhbozlik tufayli beqaror bo’lsa, unda milliy hamjihatlikka zarar etadi. Vatanparvarlik e’tiqodga, ishqqa aylanmog’i zarur. Lekin bu ko’r-ko’rona, tor millatchilik darajasidagi irratsional ishq emas, balki yuksak samara beradigan, Vatan manfaatlarini to’g’ri tushunadigan, teran aqlga va sog’lom hissiyotga tayangan sevgi bo’lmog’i lozim. Demak, vatanparvarlik alohida shaxs va butun xals ongining, fikrining mustaqil taraщiyot zaruratiga mos kelishi, mamlakatni taraщiy ettirishda to’gri mo’ljal ola bilishi, ya’ni keng ma’nodagi ma’naviy etuk- likning ko’rsatkichlaridan biridir. Ijtimoiy rivojlanishda vatanparvarlik qatorida boshqa tuyg’ularga, bilimlarga va ma’naviy-mafkuraviy tajribalarga tayaniladi. SHu boisdan madaniy merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan unumli foydalana olish, ta- rixdan xolis xulosa chiqara bilish, o’z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va ma’naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga, mavjud siyosiy va huquqiy amaliyoti- ga, turmush tarziga tanqidiy va ijodiy ko’z bilan qaray olish - mustaqillikni mustahkamlashning muhim ma’naviy asosidir. Ma’naviy qadriyatlarga ilmiy munosabatda bo’lish va ulardan to’g’ri foydalanish ko’p jihatdan jamiyatning mustaqil taraqqiy etish muvaffaqiyatlarini ham, shaxsning o’z imkoniyatlarini to’laroq yuzaga chiqarish muvaffaqiyatlarini ham belgilaydi. Bu borada, ayniqsa, madaniy merosga munosabat masalasi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Chunki milliy qadriyatlarni tiklash masalasi murakkabligi tufayli ayrim kishilar istiqlolni kelajakka emas, o’tmishga qaratmoqchi bo’layotganini sezmayapti. Ba’zi kishilarning va diniy mutaassiblarning O’zbekistonning kelajak yo’li va ijtimoiy tuzumi to’g’risidagi fikrlarida (davlatni islom respublikasiga aylantirish, xalifalik, ayirmachilik g’oyalari) ana shu narsa ko’zga chalinmoqda. Milliy-ma’naviy tiklanish va rivojlanish xalqning tarixiy xotirasini tiklashdan, kelajak maqsadlarini, ideallarini aniq belgilashdan boshlanadi. Tarixiy xotira esa, birinchi galda, madaniy merosda mujassamlashgan. Kelajak oliy maqsadlari va ideallari milliy goyada, mafkurada aks etadi. Shu sababdan madaniy merosni o’rganish, uning turli sabablarga ko’ra xalqdan yashirilgan, yarim unut bo’lgan qismini xalqqa qaytarish, uni milliy g’oya va mafkura kontekstida tahlil qilib, saragini sarakka, puchagini puchakka ajratish, haqiqiy qadriyatlarni soxtalardan, eskirganlaridan farqlash ma’naviy taraqqiyotning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Mustaqillik yillari madaniy merosga munosabat keskin o’zgardi. Ammo nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilinishi lozim masalalar ham paydo bo’ldi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling