Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili
Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi
Download 0.6 Mb.
|
Davlat univer-fayllar.org
3. Mustaqillik sharoitida ma’naviyat masalalarining dolzarblashuvi hamda madaniy meros, diniy an’ana va qadriyatlarimizning tiklanishi. Madaniy merosga munosabat mezonlari. Madaniy meros xalqning bebaho boyligidir. Ammo madaniy merosimizda umumbashariy qadriyatlarga aylangan bebaho durdonalar bilan bir qatorda tarixan eskirgan, ma’ri- fatli buyuk kelajakni yaratish zaruratiga mos kelmaydigan hodisalar, me’yorlar va tamoyillar oz emas. Masalan, paranji yopinish odatini yoki san’atdagi, badiiy ijoddagi mistika va klerikalizma notanqidiy yondashish, teatr, rang-tasvir va haykaltaroshlik kabi san’at turlarini inkor qilish, maktablarni o’kuvchilar jinsiga qarab bo’lish kabi o’tmish me’yorlarini zinhor yoqlab chiqolmaymiz. Ular bugungi kunda biz uchun haqiqiy qadriyat emas, balki qadrini yo’qotgan anaxronizmlardir.
Boshqa bir muhim vazifa-butun jahon ilmiy-texnikaviy axborotlari tizimiga integratsiya bo’lishdir. Bu borada ham ishlar davom etmoqda. Axborot texnologiyalari, internet tarmog’i, jahonning etakchi universitet- lari, milliy markazlari hamda ularning kutubxonalari bilan elektron aloqalar yo’lga qo’yilgan. Chet tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o’rganishga e’tibor ko’chaytirildi. YUqorida aytilgan fikrlar asosida istiqlol sharoitida madaniy merosga, shu jumladan, sovet davri madaniy merosiga munosabatimiz qanday bo’lmog’i lozim, degan savol tug’iladi. Bu savolga, ayniqsa, uning ikkinchi qismiga javob berishdan avval shu narsani alohida ta’kidlash zarur. KPSS va sovet davlatining madaniy siyosati bilan sovet davri madaniyatini, uning mazmunini chalkashtirib yubormaslik kerak CHunki ilm-fan, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, xalq ma’naviy hayotining boshqa turli sohalarida yaratilgan boyliklar, qadriyatlar o’zining ob’ektiv mazmuniga egaki, ularda biz turli nisbatlarda, turli chambarchaslikda milliylik va baynalmi- lallik, sovet madaniyatining eng zaif jihati bo’lmish markscha-lenincha sinfiylik bilan bir qatorda umuminsoniylik, ba’zan dag’al, jangovar ateizm bilan haqiqiy gumanizm ham aks etganini ko’ramiz. Madaniyatga ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektiv shart-sharoitlar va omillar borki, ular umummadaniy taraqqiyotni belgilaydi va sub’ektiv omillarning ta’sirini yo pasaytiradi, yo kuchaytiradi. Bizning mavzumiz madaniy merosga munosabat, ya’ni sub’ektiv omil bo’lgani uchuy ob’ektiv omillar ustida to’xtalib o’tirmaymiz. Ma’daniyatga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy sub’ektiv omil mavjud: 1. Rasmiy davlat siyosati. 2. Xalqning anglashilgan ehtiyojlari (madaniyatning yaratuvchisi, saklovchisi va iste’molchisi o’laroq). 3. Ijodkorning ijtimoiy pozitsiyasi va dunyoqarashi. Bu omillar o’zaro bog’liq. Ularning birortasi umummadaniy rivojlanishda boshqalaridan ajralgan holda hal qiluvchi o’rin tuta olmaydi. Madaniyatning ba’zi bir sohalarida (siyosiy mafkuradan uzoqroq sohasida) rasmiy mafkuraning ta’siri boshqa sohalarga nisbatan kamroq bo’ladi. Ba’zan esa ayrim ijodkorlar rasmiy davlat siyosatiga, mafkurasiga zid ijod qilishlari mumkin (albatta, bunday holda ularning boshiga turli ta’qib va qatag’onlar azobi tushadi). Faqat ba’zi ijodkorlargina rasmiy davlat siyosatining minbarlariga, maddohlariga aylanishi mumkin. Bunday holat barcha tarixiy davrlarga xos, shu jumladan, sovet davriga ham. Rasmiy siyosat va ijodkorning moyilliklaridan tashqari o’zbek xalqining taraqqiyoti, ob’ektiv hayotining ehtiyojlari, ularning yuzaga chiqishi, tarixiy zaruratning ta’siri madaniyatimizda betakror iz qoldirgan. Shu ma’noda sovet davri o’zbek madaniyati KPSS siyosatining ko’zgudagi aksi emas. Xalqni ma’lum muddatga chalg’itish, aldash mumkin. Xalq noto’g’ri siyosatning qurboni bo’lib, ma’lum bir muddatga ijtimoiy-siyosiy ideallarini belgilashda adashib ketishi mumkin. Lekin xalqni hech qachon ezgulikdan, insonparvarlik g’oyalaridan, vijdon va diyonatdan, sog’lom fikrliliqsan, mantiqiylikdan batamom qaytarib bo’lmaydi. Xalqning aksariyati kundalik turmushda ma’naviy sog’lom, hurfikr bo’lib qolaveradi. Turli siyosiy rejimlarni, turli siyosiy qatag’onlarni, qirg’inlarni, iqtisodiy qiyinchiliklarni, ochlik va qashshoqlikni boshdan kechirgan bo’lsa-da, xalq doimo va, asosan, haqiqiy insonparvar ma’naviy qadriyatlarni yaratgan. To’g’ri, ayrim tarixiy davrlarda madaniyat gurkirab o’sgan, ayrim tarixiy davrlarda u qattiq inqirozga uchragan, lekin milliy madaniyat hech qachon g’ayriinsoniy mazmun kasb etmagan. Xalq madaniyatning asosiy yaratuvchisi, avloddan avlodga uzatib, asrlararo saqlovchisi va uning iste’molchisidir. Shu boisdan xalqning anglashilgan ehtiyojlari, talablari, uning «ijtimoiy buyurtmasi» madaniyat rivojlanishiga rasmiy davlat siyosatidan kam ta’sir ko’rsatmaydi. Pirovardida u rasmiy davlat siyosatiga ma’lum darajada tuzatish kiritadi. Bir narsani unutmaslik kerakki, inson bu dunyoga bir marta keladi. U qaysi tuzumda, qanday sharoitda yashamasin, qayta takrorlanmaydigan hayotida insonga xos hamma ehtiyojlarni tuyadi: yaxshi va munosib turmush kechirgisi, hayot lazzatlari, go’zalliklaridan bahramand bo’lgisi, nimanidir yaratib, o’zidan yaxshi nom qoldirgisi keladi. SHu bois u go’zallik, poklik va ezgulikka intiladi. U kimgadir oshiq bo’ladi, nimalardir uni maftun etadi, qo’shiq eshitgisi va kuylagisi keladi. Muhabbat, oshuftalik - yoshlikning ajralmas tug’ma xislatidir. Shu bois o’tmishning johillik hukmronlik qilgan og’ir zamonlarida ham san’at durdonalari paydo bo’lgan. Bu hol barcha xalqlarning madaniyati tarixiga xosdir. Bizda ham sovet davrida mafkuralashgan targ’ibot asarlari qatorida insonning yuqorida qayd etilgan orzu-armonlari, muhabbat va ezgulikka intilishini aks ettiruvchi haqiqiy san’at asarlari yaratildi. To’g’ri, adabiyot va san’atning ayrim janrlari rasmiy davlat mafkurasiga goho ko’proq, goho ozroq moslashib, ba’zi bir kommunistik shiorlarni ishlatishga majbur bo’lgan. Lekin bu narsa ularning asl ahamiyatiga juda katta putur etkazolmaydi. Ko’pgina san’at turlarining esa targ’ibot- tashviqotga, siyosiy mafkuraga bevosita aloqasi yo’q. Masalan, lirik she’riyat, musiqa va xoreografiya, rang tasvirning peyzaj, natyurmort, portret singari talay janrlari va hokazo. Madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi yana bir omil borki, u rasmiy davlat siyosatiga ma’lum «tuzatish» kiritadi: bu ijodkorning ijtimoiy pozitsiyasi va uning keng ma’nodagi dunyoqarashidir. Haqiqiy ijodkor uchun Vatan tuyg’usi, xalq dardi, xalq oldidagi burchi tuzum va siyosatdan ustun turadi. U tuzumga, hukmron mafkuraga moslashsa-da, ayrim hollarda ularga bag’ishlab qasidalar bitsa-da, baribir, avvalo Vataniga, ona xalqiga xizmat qiladi. Faqat qo’rkoq yoki o’ta shuhratparast, ammo o’rtamiyona, kam iste’dodli ijod- korlargina siyosiy tuzumning maddohiga aylanadi. Lirik iste’dod egalari orasida o’z siyosiy mo’ljallaridan adashib ketgan bir-ikki san’atkor tuzum maddoqiga aylanishi mumkin. Ammo bundaylarning ijodkor va shaxs sifatidagi inqirozi ertami-kechmi muqarrar bo’ladi. Mayakovskiy va Fadeev kabi rus adiblarining taqdiri bunga yorqin misoldir. Shu boisdan uzoq o’tmishda ham, sovet davrida ham xaqiqiy ijodkorlik butkul so’nmagan, adabiyot va san’at quruq tashviqotbozlikka aylanib qolmagan. Fitrat, Abdulla Qodiriy, CHo’lpon va Hamza kabi isyonkor san’atkorlar xalq orasidan chiqib turgan. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling