Milliy manaviy yangilanish,yuksalish,taraqqiyot omili


Download 0.6 Mb.
bet8/80
Sana31.01.2024
Hajmi0.6 Mb.
#1818875
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
Davlat univer-fayllar.org

Ibtidoiy sinkretizm. Lekin ibtidoiy odamning tabiat va inson haqidagi bilimlari, tasavvo’rlari, qarashlari to urug’-qabila munosabatlari parchalanib, bronza va temir davrida ilk shaharlar va davlat paydo bo’lgunga qadar ancha qashshoq edi. Uning ongi va ma’naviy fao­liyati chegaralangan, alohida sohalarga, yo’nalishlarga, mustaqil shakllarga bo’linmagan edi. Bunday holat fanda ibtidoiy sinkretizm (yaxlitlik, mushtaraklik) deyila- di. Ibtidoiy sinkretizm, bu - odamlar ongida axloqning, ilm-fanning, san’atning, dinning va ma’naviy faoliyat boshqa shakllarining kurtak otib rivojlana boshlagan, ammo hali bir-biridan ajralmagan holatidir. Ibtidoiy sinkretizm unsurlari bizgacha etib kelgan qadimgi ertaklar, asotirlar, afsonalar, rivoyatlar qoldiqlarida ancha o’zgargan ko’rinishda saqlanib qolgan.
Ma’naviyatning vujudga kelishiga oid turlicha qarashlar. Ma’naviyatning vujudga kelishi to’g’risida turli nazariyalar mavjud. Ular asosan inson ongi, tafakkuri, e’tiqodi, kelib chiqishi bilan bog’liq nazariyalardir. Biz ularni ma’naviyatga nisbatan qo’llaymiz. Ulardan keng tarqalganlaridan biri mehnat nazariyasidir. Unga muvofiq, odamlar ishlab chiqarishning yangi turlarini, yangi mehnat qurollarini va usullarini kashf etishi jarayonida bilimlari, ko’nikmalari rivojlangan, mahsulotlar almashuvi va boshqa moddiy, ijtimoiy aloqalari xilma-xillashgan va murakkablashgan. Bular, o’z navbatida. yangi tartib-qoidalar, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, diniy va shaxslararo me’yorlarga ehtiyoj tug’dirgan.
Ma’naviyatning kelib chiqishini diniy qarashlar bevosita YAratganning irodasi bilan bog’laydi. Olloh go’yoki insonni ongi, axloqi va sh.k. qarashlari, imon-e’tiqodi bilan yaratgan. U ba’zan adashib, gunoh ishlarga qo’l ursa- da, Yaratgan uning qalbiga aslida to’g’ri imon-e’tiqodni solgan yoki to’g’ri yo’l ko’rsatish uchun payg’ambar jo’natgan. Inson o’z qalbiga, ko’ngliga quloq tutishi lozim. Sufiyona (tasavvufiy) qarashlarda butun moddiy va ma’naviy olam Ollohning tajallisi (emanatsiyasi), o’zgacha shakldagi in’ikosidir. Binobarin, asl ma’naviyat ilohiy mazmung’a ega, u Parvardigor irodasiga mos keladi. Ma’naviyatning kelib chiqishini boshqa turli-tuman nazariyalar nuqtai nazaridan ham o’rganish mumkin. Masalan, pozivitizm (neopozi­tivizm) ma’naviyatni odamlarning o’zaro kelishuvi bilan bog’laydi, konvensional hodisa, deb hisoblaydi. Pozitivistlar qarashlarini quyidagicha ifodalash mumkin: biror qoida yoki me’yor ko’pchilikka ma’qul kelsagina, odamlar unga rioya etish to’g’risida kelishsagina, shakllanadi, yashab qoladi va rivojlanadi. Barcha me’yorlar, baholar, qonunlar, qoidalar asosida odamlarning o’zaro kelishuvi yotadi. Agar odamlar bu qoida va me’yorlarga rioya etmasalar, ulardan hech qanday foyda bo’lmaydi.
XIX asrning zabardast olimlaridan biri amerikalik L.Morgan insoniyat tarixini uch davrga bo’ladi: yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya. Aslida bunday uchga bo’lish g’oyasi shotlandiyalik faylasuf Adam Fergyus- songa borib taqaladi. Fergyusson 1768-yilda olg’a surgan tasnifi asosiga xo’jalik yuritish usuli va mulkiy munosabatlar rivojlanish darajasini qo’ygan. Uning qarashlari fransuz ma’rifatparvarlari, ayniqsa, Antu­an Kondorse tomonidan rivojlantiriladi. 1836-yilda daniyalik olim Kristian Yurgensen arxeologik materiallar asosida insoniyat tarixida uch asrni - tosh asri, bronza asri va temir asrni ajratish g’oyasini o’rtaga tashladi. Albatta, ushbu «asrlar»ning xronologik davomi shartli edi.
Inson yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlarini boshdan kechirganligi to’g’risidagi konsepsiya ko’plab olimlar tomonidan qabul qilinadi va rivojlan­tiriladi. Ular orasida birinchi galda ingliz etnografi E. B. Taylor nomini eslash joiz. Ammo amerikalik Lyuis Morgan mazkur konsepsiyani har tomonlama rivojlantirdi va ilmiy dalilladi. Shu sababdan konsep­siya ko’proq uning nomi bilan bog’lanadi.
Morgan o’zining «Qadimgi jamiyat» asarida bu uch davrning har birini alohida bosqichlarga bo’ladi. Har bir davrni moddiy ishlab chiqarish rivojlanishi, alohida yirik ixtirolar tarixi bilan bog’lab tahlil etadi. U ibtidoiy oila rivojlanishi bosqichlarini ajratib ko’rsatadi. Morgan fikrlariga, ayrim xulosalariga keyinchalik fan ancha aniqliklar kiritdi. Ba’zilarini qayta ko’rib chiqdi. Lekin uning asari konkret dalillarga, ma- teriallarga boyligi uchun bugungi kungacha ahamiyatini yo’qotgani yo’q. U taklif qilgan davrlashtirish, kamchiliklaridan qat’i nazar, hozir ham qo’llanilishi mumkin. O’z zamonasida esa ancha ijobiy rol o’ynagan Mor­gan qarashlari mehnat nazariyasiga oid qarashlardir.
Ta’kidlash joizki, bu uch davr o’rtasida aniq chiziq o’tkazish mumkin emas. Ayniqsa, yovvoyilik qachon tugab, inson qachon varvarlikka o’tgani, hatto inson qachon ta­pira boshlaganini uzil-kesil falon vaqtda yuz berdi, deyish qiyin. Lekin yovvoyilik bir necha million yil davom etganini, varvarlik 250-300 ming yildan kam bo’lmaganini, sivilizatsiya boshlanganiga bor-yo’g’i 6 ming yildan sal oshganini aytish mumkin. Albatta, Morgan tasnifi щartli va taxminiy. Ammo yozma adabiyot, ilm-fan vujudga kelib, ma’naviyat sivilizatsiya doirasida rivojlana boshlagandan keyingi jarayonni ancha batafsil yoritish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, birinchidan, hayotning moddiy va ma’naviy tomonlari hech qachon bir-biridan ayricha rivojlanmagan. Ishlab chiqarish va kasblar doimo xalq ma’naviyati, og’zaki ijodi, san’at unsurlari, raqslar va marosimlar bilan birgalikda yuksalgan. Ular muvoziy (parallel) emas, bir-biridan mustaqil emas, balki aynan birgalikda, bir-biriga ta’sir qilib rivojlangan. Tabiat va osmon haqidagi, kasb xususiyatlari va sirlari haqidagi bilimlarning o’zi, kengroq olsak - dunyoqarash, ong ma’naviyatning tarkibiga kiradi. Ikkinchidan, yangi kasblar ko’paygan sayin mehnat tarbiyasining ixtisoslashgan unsurlari boyib borgan. Odamlar to’plangan bilimlarini, o’quv va ko’nikmalarini, tajribasini bolalariga, yosh avlodga o’rgatgan. To’plangan bilimlarni, hayotda qo’llanilayotgan iqtisodiy, axloqiy, diniy, badiiy me’yorlarni, tamoyillarni, qarashlarni umumlashtirish, tartibga keltirish, mustahkamlash ehtiyoji tug’ilgan. Bu avlodlar o’rtasidagi ma’naviy vorisiylikni ta’minlashda, yoshlarga va ulardan keyin keladigan avlodlarga etkazishda juda muhim ahamiyatga ega edi. SHunday qilib, ixtisoelashgan tushunchaviy bilimlar tizimi - fan va obrazli bilimlar tizimi - san’at vujudga kelishi uchun zamin paydo bo’la boshlagan.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling