Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi
- SINF ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING ESKI 2-SINF ONA TILI DARSLIGIDAN FARQI
Download 311.92 Kb.
|
MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA YARATILGAN 2 SINF ONA TILI VA OʻQISH
2- SINF ONA TILI VA O`QISH SAVODXONLIGI DARSLIGINING ESKI 2-SINF ONA TILI DARSLIGIDAN FARQI
Uzoq yillar mobaynida qayd etilgan pedagogik kategoriyalar jamiyat ijtimoiy talabi darajasidagi maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun yetarli boʻlib kelgan. Muayyan davrlarda bir guruh pedagoglar tomonidan barcha davrlarda amalga oshirilgan pedagog faoliyatining darajasi qoniqarsiz deya baholaganlar. Ular, xususan, pedagogik tushunchalarga berilgan ta’rif va tavsiflarning noaniqligi, ta’lim jarayonlarini tavsiflovchi ba’zi kategoriyalarning yetishmasligi, ta’lim maqsadi, mazmuni, shakli, uslubi va oʻqitish vositalari oʻrtasida oʻzaro uzviylikning mavjud emasligi kabi holatlarni doimiy ravishda tanqid qilib kelganlar. Ular tomonidan “metodika” tushunchasi yuqori darajadagi subektivlikka ega ekanligi ta’kidlanadi. Haqiqatda esa ta’lim natijalari oʻqituvchining pedagogik jarayonlardan muvaffaqiyatli “oʻtganligi” bilan belgilanadi. Pedagogik jarayonning mohiyati – oʻqituvchi hamda oʻquvchining birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog oʻquvchiga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Pedagogik yordamning asosiy mohiyati pedagogik jarayonning tavsifi, uning ma’lum maqsadga yoʻnaltirilganligi, shuningdek, shaxsni shakllantirish va tarbiyalash borasida hal etiladigan vazifalar bilan ifodalanadi. Pedagog axborotlarni e’lon qilish, koʻrsatish, eslatish, tushuncha yoki maslahat berish, yoʻnaltirish, haqqoniylashtirish, kengashish, bartaraf yetish, hamdardlik qilish, ilhomlantirish, qiziqish va hurmatni izhor qilish, talabchanlikni qoʻllab-quvvatlash kabi koʻrinishlarda yordam beradi. Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari – majmuaviy integral (butun, uzviy bog’liq) tizim boʻlib, unda ta’lim maqsadlari asosida bedgilangan koʻnikma va malakalar oʻquvchilar tomonidan nazariy bilimlarni oʻzlashtirish, ularda muayyan ma’naviy- ma’lum tartibga solingan toʻplami sifatida aks etadi. Bu oʻrinda ta’lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), mazmunni tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta’lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?), ta’lim metod va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, oʻqituvchilar malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yoʻl bilan) inobatga olinishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy tarzda qoʻllanilishi oʻquv jarayonining mohiyati va texnologiyasini belgilab beradi. Ta’lim texnologiyasini loyihalash jarayonida pedagogik vazifaning qoʻyilishi va uni hal etishga alohida e’tibor berilishi zarur. Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan, jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, oʻz ustida ishlay oladigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning bilim darajasi muhim ahamiyatga ega. Pedagogika fanida psixologik-pedagogik bilim tushunchasi pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida eng yuqori darajada natijaga erishishi, yuqori kasbiy salohiyat, shuningdek, muloqotchanlik va ijobiy fazilatlarga ega boʻlish degan xulosaga kelinadi. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qoʻllanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Ta’lim nazariyasida oʻqitish (ta’lim) metodlari markaziy oʻrinni egallaydi. “Metod” yunoncha soʻz boʻlib “yoʻl” ma’nosini anglatadi. Ta’lim metodi Ta’lim jarayonida oʻqituvchi va tahsil oluvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlarining usulidir. Ta’lim metodlari oʻqitishning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishish usullari hamda oʻquv materialini nazariy va amaliy jihatdan yoʻnalashtirish yoʻllarini anglatadi. Oʻqitish metodlari ta’lim jarayonida oʻqituvchi va tahsil oluvchi faoliyatining qanday boʻlishi, oʻqitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda tahsil oluvchilar qanday ish-harakatlarni bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat boʻlib, ularning har biri oʻz navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga boʻlinadi. Oʻquv-bilish faoliyatining tashkil etilishi, oʻquv axborotlarining uzatilishi, qabul qilinishi, anglab olinishi, yodda saqlanishi, oʻzlashtirilgan bilimlarning amaliyotda qoʻllanilishini ta’minlash, amaliy koʻnikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qilishiga koʻra ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: Verbal (oʻquv axborotlarini soʻz orqali uzatish va eshitish orqali qabul qilish metodlari yoki og’zaki metodlar – hikoya, ma’ruza, suhbat va boshhalar); Oʻquv axborotini koʻrgazmali uzatish va koʻrish orqali qabul qilish metodlari (koʻrgazmali metodlar – tasviriy, namoyish qilish va boshqalar); Insondagi bilimlarning hosil boʻlishida undagi 5 ta sezgi a’zolari vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyidagicha: Koʻrish a’zosi orqali-80-85% Eshitish a’zosi orqali-9-13% Hid bilish a’zosi orqali-2,5-3,5% Teri sezgisi orqali-1,5-3% Ta’m bilish a’zosi orqali-1-2% Jami-100% gacha Turli sezgi organlari ishtirokida oʻzlashtirilgan va qayta ishlangan axborotning oradan 2 hafta oʻtgach, quyidagi miqdorlari eslab qolinadi: 0’qiganlar-10% Eshitilganlar-20% Koʻ rilganlar-3 0% Koʻrilganlar va eshitilganlar-50% Gapirilganlar-80% Gapirilganlar va amalda bajarilganlar-90% Demak, dars jarayonida biz tanlagan metod(2-rasm) muhim ahamiyatga ega ekan. “Arra” metodi. 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligidagi Rauf Tolibning “Oftob bobo” she’rini oʻtishimizda ushbu metodni qoʻllab koʻramiz. Mazkur metodga koʻra kichik guruh 4-5 oʻquvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydilar. Guruh ichida oʻquvchilar puxta oʻzlashtirib “mutaxassis”ga aylanadi. Ma’lum vaqtdan soʻng har bir kichik guruhdagi “mutaxassis”lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda oʻtkaziladi. Shu tarzda she’r mazmunini barcha oʻquvchilar oʻzlashtirib oladilar. Maqsadi: oʻquvchilarda muloqotlashuv, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga oʻrgatish. Vazifasi: oʻquvchilarni guruh bilan ishlash, guruh a’zolariga oʻz fikrini tushuntirib, isbotlashga oʻrgatish. Ta’lim va tarbiya jarayoni oʻsib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini oʻzida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida oʻquvchilar ajdodlar tomonidan toʻplangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat koʻnikmalarini oʻzlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda oʻzining munosib oʻrnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur boʻladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning oʻzida yangicha bilim berish, oʻzgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug’ullana olish koʻnikmalari tarkib topgan boʻlishi lozim. Shu nuqtai nazardan respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning oʻziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib boʻlmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim, tarbiya tizimini oʻzgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. Oʻqituvchi oʻquvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning oʻzi ana shunday bilimga ega boʻlishi kerak”- deb ta’kidlaydi. Shaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi, kadrlar tayyorlash, tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limning yoʻlga qoʻyilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi. Download 311.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling