Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi


BOB. YANGI MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA TAYYORLANAYOTGAN ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLIGI TA’LIMGA YANGILIKLAR OLIB KIRILISHI


Download 311.92 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1386880
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA YARATILGAN 2 SINF ONA TILI VA OʻQISH

BOB. YANGI MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA TAYYORLANAYOTGAN ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLIGI TA’LIMGA YANGILIKLAR OLIB KIRILISHI

  • YANGI MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA TAYYORLANGAN ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLIKLARIDAGI OLIB KIRILGAN YANGILIKLAR

    Shu paytgacha Ona tili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi. Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.
    Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan.
    Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi. S
    hu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urg‘u berilgan.
    Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi.
    Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor soʻz, uning ma’nolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan.
    Amaldagi darslikdan oʻrin olgan matnlarda bola yoshiga mos boʻlishidan koʻra, didaktik ahamiyatiga urg‘u berilgan. Taqdim etilayotgan didaktika esa yoshga mos, qiziqarli mavzulardagi matnlar hamda she’rlarga singdirilgan. Yozuvchilar bilan birgalikda matnlar qayta ishlab chiqilgan.
    Darsliklardagi tushunarsiz boʻlishi mumkin boʻlgan soʻzlar izohsiz qoldirilar edi. Yangi darsliklarda bolaning tushunishi uchun qiyin boʻlgan soʻzlar darslikning orqa qismida maxsus lugʻatga joylashtirilgan. Bundan tashqari ular ustida alohida mashqlar ishlab chiqilgan.
    Tayyorlanayotgan darslikda gapdan to yaxlit matn yaratishgacha boʻlgan jarayon tizimli ravishda ishlab chiqilgan. Avval gaplardagi boʻsh oʻrinlarni toʻldirishni boshlagan bola ma’lum mavzu doirasida kichik matn yarata olish darajasiga olib chiqiladi.
    Shuningdek, darslikda oʻquvchilarning eng og‘riqli muammosi boʻlgan og‘zaki javob beriladigan, oʻgzaki tarzda bajariladigan alohida topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Yodlash uchun berilgan she’rni aytib berishlari uchun alohida vaqt ajratilgan.







    Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan.


    Ma’lum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan og‘zaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan ta’lim mazmuni ishlab chiqilgan.
    Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.



      1. Download 311.92 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling