Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan 2-sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsligining tuzilishi


MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI FANINING OʻQITILISHI


Download 311.92 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi311.92 Kb.
#1386880
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA YARATILGAN 2 SINF ONA TILI VA OʻQISH

MILLIY OʻQUV DASTURI ASOSIDA BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI FANINING OʻQITILISHI


Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida umumiy oʻrta ta’lim asosiy tayanch bosqich boʻlib, bu bosqichda oʻzbek tilidan oʻquvchilarga kundalik ijtimoiy hayotda davlat tilida og‘zaki va yozma muloqot olib bora olishlariga qaratilgan tayanch bilimlar beriladi va oʻqitishning kommunikativ-nutqiy tamoyili asosida oʻquvchilarda oʻzbek tili boʻyicha egallangan bilim va koʻnikmalarni muloqot faoliyati jarayonida qoʻllash malakasi shakllantiriladi Bugungi kunda ta’limning eng asosiy tayanch boʻg‘ini hisoblanuvchi umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun Milliy oʻquv dasturi ishlab chiqildi va “Milliy oʻquv dasturi” deb nomlanishining oʻzi bizga katta umidlar baxsh etmoqda. Shuningdek, oʻzbek tilini oʻqitish metodikasini tubdan isloh qilish, ayniqsa mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millatlar va elatlarga oʻzbek tilini intensiv oʻrgatishni ta’minlaydigan zamonaviy darsliklar yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.2Shu paytgacha Onatili va Oʻqish fanlari alohida oʻqitilgan. Endi esa ushbu ikki fanni birlashtirgan “Ona tili va oʻqish savodxonligi” deb nomlangan yagona fan dars soati saqlab qolingan holatda tashkil etiladi.Oʻqish fani, asosan, badiiy uslubdagi, mavhum tushunchalarni tashiydigan matnlardan iborat edi. Yangi darslik uchun tanlangan matnlar va she’rlar esa bolaning ijtimoiy hayotga kirishib keta olishida koʻmaklashadigan, ham badiiy, ham informativ, ham ilmiy-ommabop uslubdagi matnlardan iborat.Amaldagi darsliklarda tinglab tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun topshiriqlar ajratilmagan boʻlsa, yangisida bu kompetensiyasini rivojlantirish uchun har bir mavzuga alohida topshiriqlar ishlab chiqilgan. Oʻqib tushunish kompetensiyasini rivojlantirish uchun ajratilgan topshiriqlar esa, asosan, matnda ochiq ifodalangan ma’lumotlarga, yoki didaktik elementlarga qaratilar edi. Endi esa darslikda oʻqib tushunish kompetensiyasining barcha qismlarini qamrab oladigan savol va topshiriqlar boʻladi. Shu paytgacha ona tilini oʻqitishdan maqsad tilning grammatikasini oʻrgatish, til strukturasiga oid qoidalarni yod oldirish edi. Yangi darslikda eng muhim qoidalargina qoldirilgan. Rang-barang tasvirlar va qiziqarli topshiriqlarga koʻproq urg‘u berilgan. Ahamiyatli tomoni endi oʻqituvchilar uchun “Oʻqituvchi kitobi”, oʻquvchilar uchun esa “Mashq daftari” ham boʻladi. Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor soʻz, uning ma’nolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan. Ma’lum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan og‘zaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan ta’lim mazmuni ishlab chiqilgan. Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.3Uzoq yillar mobaynida oʻqitilgan ta’lim tizimining oʻzgarishi, eng avvalo, boshlang’ich sinf oʻqituvchilaridan oʻzgarishni, yangi ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvni, oʻqitish tizimiga yangicha yondashuvni talab qiladi. Buning uchun ustozlar ushbu dasturga oʻzlari tayyor boʻlishlari, soʻngra buni oʻquvchilarga tadbiq etishlari zarur. Milliy oʻquv dasturi (MOʻD) nima? Umumiy oʻrta ta’limning MOʻD oʻquv-me’yoriy hujjatlari: oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanma, Oʻqituvchi kitoblari, oʻquvchi ish daftari, oʻquv-metodik materiallari ta’lim resurslarini (shu jumladan texnik va ilmiy manbalarni) ishlab chiqish, takomillashtirish va rivojlantirish uchun asos boʻladi.4U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradi.
Oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali shu til boʻyicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy toʻrt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish amallari boʻyicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va koʻnikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda oʻqish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. Adabiyot soʻz san’atidir, shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib, adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani darslarida amalga oshirish lozim boʻlgan asosiy masala oʻquvchida soʻzga qiziqish va e’tibor hissini muntazam sur’atda oʻstirib borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan iborat. Fanlararo bog‘lanishni tafakkurning rivojlanishiga qiyoslash mumkin. Fanlarni oʻzaro bog‘lab oʻrganish, u yoki bu fan boʻyicha oʻrganilayotgan voqea-hodisa haqida oʻquvchida jonli mushohada qilish malakasini oʻstiradi. Bu bilan oʻquvchi voqea-hodisahaqida aniq tasavvurga ega boʻladi. Oʻqituvchi ona tili va oʻqish savodxonligi fanini boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lagan holda oʻqitar ekan, yangi materialni bayon qilish, mustahkamlash jarayonida, shuningdek, takrorlash, umumlashtirish vaqtida u yoki bu mavzu yuzasidan oʻrni bilan bog‘laydi va oʻquvchini mantiqiy, tahliliy mushohadaga undovchi turli mazmunga oid matnlardan foydalanadi. Misol qilib keltirishimiz mumkinki, 1-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligidagi mavzullar izchillikda tuzilgani, milliyligimizga alohida urg’u berilgani, fanlararo integratsiyaning mavjudligi bilan xarakterli. 1-mavzu: “Men, sen, u va ular” deya nomlanib, oʻquvchiga, avvalo, oʻzining kim ekanligi anglatilib, atrofdagilarga qanday murojaat etishlari, oila a’zolari,oʻzi va oilasini boshqalarga qanday tanishtirish bir tartibda berib borilib, Xudoyberdi Toʻxaboyevning “Sariq devni minib” asaridan olingan “Hoshimjonning oilasi” matni orqali oʻquvchida badiiy asar haqidagi boshlang’ich tushunchalar berilib, bolalarda badiiy asar oʻqishga qiziqishni oshirish bilan bir qatorda ta’rif va tavsif berish, kasblar haqida ma’lumot-ni oʻrganadilar. Og’zaki matn tuzishlari bilan bir qatorda mashqlar uchun ajratilgan daftarlariga ham oilasi haqida ma’lumot yozishni oʻrganadilar.Bunday matnlardan foydalanish oʻquvchini ijodiy fikrlash, matnni tushunishga oʻrgatadi hamda ularning bilimi va dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi. Yosh avlod ma’naviyatini rivojlantirish oʻzbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va ularni oʻzida aks ettirgan adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishtirish, milliy an’ana, bayram, urf-odatlar asosida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni taqozo etadi. Bunda, jumladan, oʻzbek adabiyotining ixcham va goʻzal namunalari, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalar (”Navroʻz”, “Arafa”, “Lanka” matnlari), jahon milliy madaniyatiga hissa qoʻshgan oʻzbek xalqi vakillarining ijodiy merosini oʻrganish ham koʻzda tutiladi. Bu jarayonda oʻrganilayotgan soʻz va soʻz shakllarini toʻg‘ri talaffuz qilish hamda yozish, soʻzni grammatik jihatdan toʻg‘ri shakllantirish, soʻzlarni oʻrinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan toʻg‘ri baholay olish, jumla tuzish va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan oʻrinli foydalanish talab etiladi. Til oʻrganishda uzluksiz ta’limning boshlang‘ich va umumiy oʻrta bosqichlarida til ta’limining lisoniy, lingvopsixologik, sotsiopsixologik va paralingvistik va, muhimi, umumdidaktik va oʻziga xos metodik xususiyatlardan kelib chiqqan holda hosil qilinadigan nutqiy-kommunikativ, grammatik va umumtarbiyaviy vazifalar belgilanadi.5Boshlang‘ich ta’limning ona tili fani oʻquv dasturi oʻquvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi. Ushbu oʻquv dasturida 1-4-sinf oʻquvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish koʻzda tutilgan. Boshlang‘ich ta’limda –oʻquvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga oʻrgatishdan iborat. Mazkur ona tili oʻquv dasturi quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:1. Savod oʻrgatish va nutq oʻstirish.2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq oʻstirish.Savodgaoʻrgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha boʻlgan muddatni, ya’ni ikki oʻquv choragini qamrab oladi. Savodga oʻrgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga oʻrgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga oʻrgatishning tahlil-tarkib usuliga koʻra matndan gap, gapdan soʻz, soʻzdan boʻg‘in va tovush, yoki aksincha, tovush > boʻg‘in > soʻz > gap > matn uzviy aloqada butundan boʻlakka, boʻlakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa oʻquvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga oʻrgatish davridanoq, oʻquvchilar nutqini yangi soʻzlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. “Alifbe” darsligida berilgan: yangi soʻzlar, matn, kichik hikoya va she’rlardan foydalanib, oʻquvchilarni soʻz ma’nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she’riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e’tibor beriladi. Sinfdan tashqari oʻqish darslari oʻquvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil oʻqishga, oʻqituvchi va ota-onalar yordamida badiiy oʻqishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga oʻrgatish davridanoq, oʻquvchilar nutqini yangi soʻzlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tili erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda boʻla olish koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.6Inson uchun nutq bu uning butun turmush tarzi va hayoti bilan bog‘liq boʻlgan ajralmas qism hisoblanadi. Nutq insonning ichki olamini ochib bera oladigan yagona yoʻl hisoblanadi. Inson butun umri davomida oʻz nutqini takomillashtirib boradi. U tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqning goʻzal, ifodali boʻlishiga yordam beradi. Oʻquvchilar nutqini rivojlantirishda quyidagi jihatlarga e’tiborli boʻlishi lozim. Birinchidan, oʻquvchi nutqida fikrning mantiqan toʻg‘ri, aniq va izchil boʻlishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan boʻlsagina, uning ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir oʻquvchidannarsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga toʻg‘ri baho bera olish, shu yoʻl bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. Nutqning mantiqan toʻg‘riligi fikrlarning aniq va bir-biriga izchil bog‘langanligi, mavzudan chetga chiqmaslik, hukm va xulosalar asosli boʻlishi lozim.Avval Alifbe saboqlari tugatilib, oʻquvchilar harf taniganlaridan keyin ona tili va oʻqish fanlarini oʻzlashtirishni boshlar edilar. Milliy oʻquv dasturiga binoan esa ikkala fan birlashtirilib, oʻqish savodxonligi darsida oʻqib tahlil etilgan mashqlar ona tili soatida yoziladi. Buning uchun esa alohida daftarlar ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquvchilar oʻsha daftarda mashq uchun ajratilgan kataklarni berilgan kalit soʻzlar yoki ishoralar orqali toʻldirib chiqadilar. Jadval va boshqotirmalarni esa rasmlar vositasida javoblarini izlab topadilar. Ushbu darslar bosqichli izchillik tamoyili asosida olib boriladi. Har bir amalga oshirilgan tahlil keyingi tahlil uchun zamin yaratishi, boshqacha aytganda, berilgan bilim keying bilimning muvaffaqiyatli egallanishini ta’minlashi lozim. Masalan, darslikdagi matnni turli topshiriqlar asosida oʻqitish, oʻquvchilar lug’at boyligi ustida ishlash, matnning qismlari yuzasidan savol-javob oʻtkazish matnni toʻliq badiiy hikoyalashga oʻrgatadi.7Ushbu matn va mashqlar vositasida oʻquvchilar olam va odam haqida, uni oʻrab turgan tabiat va atrof-muhit, ajdodlar merosi, oʻtmish va kelajak haqidagi bilimlarga ega boʻladilar.


XULOSA
Eski darsliklar til strukturasini oʻrgatishga qaratilgan. Yangi darsliklarda esa til strukturasidan koʻra, tilning leksikologik, semantik tomonlariga urg‘u berilgan. Ya’ni asosiy e’tibor soʻz, uning ma’nolari, oʻrindoshlari, qoʻllanish oʻrinlari, lug‘at boyligi kabi tomonlarga qaratilgan. Yangi darslikda uyga vazifalar mavjud emas. Nutqiy mavzular asosida izchillikda bir-birini toʻldiradigan, oʻzi izlanib topishga qaratilgan nostandart mashq va topshiriqlar ishlab chiqilgan. Ma’lum mavzu doirasida assotsiativ tasavvur darajasidan og‘zaki yoki yozma matn yaratish darajasiga olib chiqishga qaratilgan ta’lim mazmuni ishlab chiqilgan. Badiiy matnlar bilan ishlashda muallifning soʻz qoʻllash mahorati amaliy topshiriqlar orqali ochib berilgan.3Uzoq yillar mobaynida oʻqitilgan ta’lim tizimining oʻzgarishi, eng avvalo, boshlang’ich sinf oʻqituvchilaridan oʻzgarishni, yangi ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvni, oʻqitish tizimiga yangicha yondashuvni talab qiladi. Buning uchun ustozlar ushbu dasturga oʻzlari tayyor boʻlishlari, soʻngra buni oʻquvchilarga tadbiq etishlari zarur. Milliy oʻquv dasturi (MOʻD) nima? Umumiy oʻrta ta’limning MOʻD oʻquv-me’yoriy hujjatlari: oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Shuningdek, darsliklar, oʻqituvchilar uchun qoʻllanma, Oʻqituvchi kitoblari, oʻquvchi ish daftari, oʻquv-metodik materiallari ta’lim resurslarini (shu jumladan texnik va ilmiy manbalarni) ishlab chiqish, takomillashtirish va rivojlantirish uchun asos boʻladi.4U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradi.
Oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali shu til boʻyicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy toʻrt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish amallari boʻyicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va koʻnikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda oʻqish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. Adabiyot soʻz san’atidir, shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib, adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani darslarida amalga oshirish lozim boʻlgan asosiy masala oʻquvchida soʻzga qiziqish va e’tibor hissini muntazam sur’atda oʻstirib borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan iborat. Fanlararo bog‘lanishni tafakkurning rivojlanishiga qiyoslash mumkin. Fanlarni oʻzaro bog‘lab oʻrganish, u yoki bu fan boʻyicha oʻrganilayotgan voqea-hodisa haqida oʻquvchida jonli mushohada qilish malakasini oʻstiradi. Bu bilan oʻquvchi voqea-hodisahaqida aniq tasavvurga ega boʻladi. Oʻqituvchi ona tili va oʻqish savodxonligi fanini boshqa fanlar bilan uzviy bog‘lagan holda oʻqitar ekan, yangi materialni bayon qilish, mustahkamlash jarayonida, shuningdek, takrorlash, umumlashtirish vaqtida u yoki bu mavzu yuzasidan oʻrni bilan bog‘laydi va oʻquvchini mantiqiy, tahliliy mushohadaga undovchi turli mazmunga oid matnlardan foydalanadi. Misol qilib keltirishimiz mumkinki, 1-sinf Ona tili va oʻqish savodxonligi darsligidagi mavzullar izchillikda tuzilgani, milliyligimizga alohida urg’u berilgani, fanlararo integratsiyaning mavjudligi bilan xarakterli. 1-mavzu: “Men, sen, u va ular” deya nomlanib, oʻquvchiga, avvalo, oʻzining kim ekanligi anglatilib, atrofdagilarga qanday murojaat etishlari, oila a’zolari,oʻzi va oilasini boshqalarga qanday tanishtirish bir tartibda berib borilib, Xudoyberdi Toʻxaboyevning “Sariq devni minib” asaridan olingan “Hoshimjonning oilasi” matni orqali oʻquvchida badiiy asar haqidagi boshlang’ich tushunchalar berilib, bolalarda badiiy asar oʻqishga qiziqishni oshirish bilan bir qatorda ta’rif va tavsif berish, kasblar haqida ma’lumot-ni oʻrganadilar. Og’zaki matn tuzishlari bilan bir qatorda mashqlar uchun ajratilgan daftarlariga ham oilasi haqida ma’lumot yozishni oʻrganadilar.Bunday matnlardan foydalanish oʻquvchini ijodiy fikrlash, matnni tushunishga oʻrgatadi hamda ularning bilimi va dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi. Yosh avlod ma’naviyatini rivojlantirish oʻzbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va ularni oʻzida aks ettirgan adabiy-badiiy meros bilan yaqindan tanishtirish, milliy an’ana, bayram, urf-odatlar asosida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni taqozo etadi. Bunda, jumladan, oʻzbek adabiyotining ixcham va goʻzal namunalari, xalqning tarixiy, madaniy hayotiga xos muhim lavhalar (”Navroʻz”, “Arafa”, “Lanka” matnlari), jahon milliy madaniyatiga hissa qoʻshgan oʻzbek xalqi vakillarining ijodiy merosini oʻrganish ham koʻzda tutiladi. Bu jarayonda oʻrganilayotgan soʻz va soʻz shakllarini toʻg‘ri talaffuz qilish hamda yozish, soʻzni grammatik jihatdan toʻg‘ri shakllantirish, soʻzlarni oʻrinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan toʻg‘ri baholay olish, jumla tuzish va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan oʻrinli foydalanish talab etiladi.


Download 311.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling