Milliy psixologik qiyofa va badiy adabiyot


Ma’naviy meros va yoshlar tarbiyasi


Download 274.5 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi274.5 Kb.
#1581223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA VA BADIY ADABIYOT

Ma’naviy meros va yoshlar tarbiyasi
Reja:
1. Markaziy Osiyo mutafakkirlari ma’naviy merosidan.
2. Ma’naviy meros namunalari.
3. Komil inson va uniig sharkona fazilatlari
O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlashda iqtisodiy,fan-texnika, xo‘jalik,siyosiy, madaniy, mudofaa kabi jabhalar nihoyatda muhim o‘rin tutganidek, ma’naviy, mafkuraviy faktorlar ham cheksiz ahamiyatga ega. O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek, “ma’naviyat insonning, xalqning,jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir”.Binobarin, ma’naviy madaniyat qancha yuksak bo‘lsa, jamiyat shuncha tez sur’atlarda mustahkamlanib boradi, natijada boshqa ijtimoiy muammolarni, jumladan o‘quvchi – yoshlar ongiga milliy ma’naviy, mafkuraviy tamoyillarni singdirish jarayoni faollashadi.
Ma’naviyat va milliy istiqlol mafkurasi o‘zida muhim umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtirgan ulkan institutlardir.Milliy istiqlol mafkurasi - ma’naviy infrainstitutlar asosida shakllanadi. Bizning hozirgi milliy istiqlol
g‘oyamiz va mafkuramiz ham o‘zining ma’naviy tarixiy ildizlariga ega.O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov milliy istiqlol mafkurasining ma’naviy ahamiyati haqida gapirib,”Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba – bu haqqoniy yoritilgan tarixdir. Tarixni bilmay turib,
mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo‘lmaydi...”- deb ta’kidlagan edilar.Shu ilmiy haqiqatga asoslansak, ma’naviyat jamiyatning,shaxsning ijtimoiy, siyosiy, ruhiy,axloqiy faolligini , tafakkur darajasini bildiradigan mezon bo‘lsa,milliy istiqlol mafkurasi esa xalqimizning,
jamiyatning,davlatning maqsad – vazifalarini,talab-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar infrastrukturasidir.Ma’naviyatning ham, milliy istiqlol mafkurasining ham ob’ekti bitta, u ham bo‘lsa shaxsdir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov xalqimizni ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalash haqida quyidagi fikrlarni bildirdilar: «Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday bir qimmatbaho ne’matki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda yetilgan.
Erkin fuqaro ongli yashaydigan mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g‘oyamiz bo‘lishi zarur.»

Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida ko‘plab ilg‘or pedagogik fikrlar ifodalangan bo‘lib, ular xalq pedagogikasining asosiy manbalaridan biri, yoshlar tarbiyasida muhim vositadir.


Go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, sihat-salomatlik, ota-onani hurmat qilish, Vatanni sevish, o‘zligini anglash, fidoiylik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mardlik kabi xislatlar shakllanishining yo‘l va uslublarini ko‘rsatib berganlar.
Xususan, Xorazmiyning «Aljabr»,Forobiyning «Baxt saodatga erishuv haqida», «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Xindiston», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Rostgo‘ylar ne’matlari», Xoji Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», Alisher Navoiyning «Xamsa» asarlarida tarbiya va ta’limga oid qimmatli fikrlar ilgari surilgan.
Shuningdek, Munis Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Donish, Behbudiy, Abdulla Avloniy, Mahmud Koshg‘ariy, Kaykovus, Bobur, Ulug‘bek, S.Ayniy, Abdurauf Fitrat va boshqalarning asarlarida ham ta’lim-tarbiya masalalariga keng o‘rin ajratilgan.
Milliy ta’lim-tarbiya ishiga xalq pedagogikasini joriy etish, zamonaviy maktab maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, uni mumkin qadar to‘laroq amalga oshirish juda muhimdir.

Download 274.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling