Milliy psixologik qiyofa va badiy adabiyot


Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy


Download 274.5 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi274.5 Kb.
#1581223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA VA BADIY ADABIYOT

Abu Abdullox Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy
(809-869).
«Al-Jome’ as-Saxix» hamda «Al-adab al-Mufrad» asarlarida yaxshilik, yomonlik, ota-ona va bola tarbiyasi haqida fikrlar bildirgan.
Asosiy g‘oya yaxshilik qilish, yomonlikning oldini olish bo‘lib, yaxshilikni kimga qilish kerak, degan fikr muhimdir. Ayniqsa, ota-onani rozi qilish zikr etilgan. Eng avvalo, yaxshilikni onaga qilish zarur. Ota-onalarga qariganda yordam berish, qarindosh-urug‘dan uzilib ketmaslik, zaiflar bilan hushmuomalada bo‘lish, ota-onaga shafqatli bo‘lish lozim.
At-Termiziy (824-892) xadislarida adashganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, onani hurmat qilish, ota va qarindoshlarni e’zozlash, so‘ngra duolar haqida yozadi.
Masalan: mazlumning duosi, musofir kishining duosi, ota-onalarning o‘z farzandiga duosi. Sabr-toqatli bo‘lish, xushxulqlik, xushmuomalalik, musurmon birodarlarning bir-biriga yordam berishi, qarindosh-urug‘lar bilan ko‘rishib turish, yolg‘iz kishilarga yaqindan yordam berish va boshqalar.
Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179) ning merosida halol luqma, yaxshilik, insoniylik, zikr, sabr, tavba kabi g‘oyalar asosiy o‘rin egallaydi, u xalq og‘irini yengil qilishga chaqiradi. Halol mehnat bilan hayot kechirishni talab qiladi.
«Risolai sohibiya» asarida ta’lim-tarbiya, farzand, ota-onalar burchlari haqida fikr bildiriladi, poklik, kamtarlik, hushyorlik va ogohlik to‘g‘risida bayon etiladi.
Abu Nasr Forobiy (1873-930). Fikriga munosib inson bo‘lish uchun odamda ikki imkoniyat - ta’lim va tarbiya olish imkoni bor. Ta’lim orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir.
Ustoz shogirdiga zug‘um qilmasligi, xaddan tashqari yon bermasligi ham lozim, chunki ortiqcha zug‘um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg‘otadi, bordi-yu shogird ustozning juda ham yumshoqligini payqab qolsa, bu hol unda ustozni mensimaslikka va undan hamda u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.
Inson o‘z mulohazasi, ziyrakligini hamisha oshirib borishi kerak. Agar aql yomonlikka qaratilsa, bu xislatlar razillik, makkorlik, aldamchilikka olib boradi. Xalq aqlli kishilarni dono deb ataydi. Chunki ular insonlarga kerakli narsalarni o‘ylab topadilar.
Ibn Sino (980-1037) insonlarning sabrli va har qanday qiyinchilikka chidamli bo‘lishining oqibati ularni yuksak axloqiylik va baxtga yetaklaydi, - deb uqtirgan. «Tadbir al manozil» asarida oila tarbiyasi masalalariga to‘xtalgan. Asarning «Muqolsa dar axloq» bobida ota-onalar bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo‘lishi kerakligi, har kim o‘z qadriga loyiq gaplarnigina aytishi, tilini saqlashi, gapirganda qo‘lini silkitmasligi, odamlar soxtaligidan ta’ma qilmaslik, pastkashdan vafo kutmaslik lozim.
Abu Abdullo Rudakiy (858-941). Axloqiy, aqliy, jismoniy tarbiyada islomiy farz va sunnatlarni bajarish va boshqalar xususida, bola tarbiyasida ota-onaning burchi haqida muhim fikrlar ilgari surgan. Mardligu - jasoratni, shirinsuxanligu, mehribonlikni targ‘ib qilgan .

Download 274.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling