Milliy tadqiqot universiteti qarshi irrigatsiya agrotexnologiyalar instituti


Download 2.03 Mb.
bet2/7
Sana19.09.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1681061
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Yer tuzish loyihasi
Yer tuzishni loyihalsh tarkibiga kiruvchi hujjatlar toʻplamida shu loyihani tegishli tashkilotlar va muassasalarda koʻrib chiqish, tasdiqlash, amalga oshirish tadbirlari, loyihani joyga ko’chirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Yer tuzishni loyihalash xoʻjaliklararo va xoʻjalikda ichki yer tuzish turlariga boʻlinadi. Yer tuzishni loyihalash barcha ishtirokchi mutaxassislar, loyiha tashkiloti rahbariyati va buyurtmachilar tomonidan imzolanadi. Tayyorlangan Yer tuzish loyihasi belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Yer tuzish loyihasi muntazam ravishda mualliflik nazoratida boʻladi. Yer tuzish loyihasini amalga oshirish jarayonida ayrim oʻzgartirishlar yoki aniqliklar kiritilishi mumkin. Har bir holatda zarur huquqiy hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Yer tuzish loyihasi natijalariga koʻra, ayrim tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun bir bosqichli ish loyihalari ham tuziladi.
Yangi xo`jalik tashkilotlarining yer egaliklari va yerdan foydalanishlari ular egalarining yoki foydalanuvchilarning ko`pchilik qismi yashaydigan joyning, mahsulotlarni qayta ishlovchi joylarning, asosiy yo`llarning yoki tashlandiq qishloqlarning yonida, ularni qaytadan joylashtirish maqsadida joylashtiriladi.Xo`jalik hududini ichki tashkil etish chizmasini tuzish. Xo`jaliklararo yer tuzish masalalarini to`g’ri echish uchun xo`jaliklarda ichki yer tuzish loyihasining asosiy masalalarini chizma (sxema) tarzda echish kyerak bo`ladi. Bu masalalar: ishlab chiqarish bo`limlari yer maydonlarini va xo`jalik markazlarini joylashtirish; asosiy yo`l tarmoqlarini joylashtirish; qishloq xo`jalik yer turlarini va umumiy almashlab ekish tizimini joylashtirish va boshq. Bu masalalar xo`jaliklararo yer tuzish loyihasini ishlash uchun yig’ilgan iqtisodiy ko`rsatkichlar yordamida o`tkaziladigan hisob-kitoblar asosida bajariladi. Bu ishlar aholi joylari tizimi, yerdan va yer bilan uzviy bog’liq ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish zururatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. CHizmada (sxemada) belgilangan elementlar loyiha planiga tushiriladi.
Bunda
Qishloq xo`jaligining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish sharoiti, yer va mehnat resurslaridan foydalanish darajasi ko`p jihatdan yo`l tarmoqlarining mavjudligiga, joylashishiga va holatiga bog’liq. SHuning uchun ham tuman yer tuzish chizmalarida yo`llarni va yo`l inshootlarini qurish va ta`mirlash, qurilish materiallari karyerlarini va maxsus yo`l qurilishi tashkilotlarini joylashtirish bo`yicha tadbirlar ko`zda tutiladi. Bunda qishloqlar va ishlab chiqarish markazlarining xo`jalik ichidagi va tashqi ob`ektlar bilan yil davomida ishonchli aloqasini ta`minlash bilan bir qatorda, yo`l tarmoqlarini optimal joylashtirish, yo`llarni qurishda yerni tejash, yo`llarni almashlab ekish massivlari va dalalari chegaralari bilan bog’lash, hududning agroekologik xususiyatlarini hisobga olish va atrof muhitni muhofaza etish masalalari ham echiladi.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling