Milliy tadqiqot universiteti qarshi irrigatsiya agrotexnologiyalar instituti


Download 2.03 Mb.
bet5/7
Sana19.09.2023
Hajmi2.03 Mb.
#1681061
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Qarshi tumani

3. Hududning tabiiy va ekologik sharoitini to’la hisobga olish tamoyili. Yer tuzish loyihalarini ishlayotganda Respublika yer fondini tabiiy qishloq xo’jalik rayonlariga bo’lish natijalari, yer tuzish o’tkazilayotgan hudud tabiiy sharoiti va yerlarining joylashuvi, relefi hisobga olinadi. Shu bilan bir qatorda, yer kadastri ma'lumotlaridan, ekologik va boshqa maqsadlarda o’tkazilgan muhandislik va dala qidiruv ishlari natijalaridan keng foydalaniladi.


4. Yerdan foydalanishda qishloq xo’jaligining ustuvorligini ta'minlash tamoyili. Qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligi katta ahamiyatga ega. Respublikamizda unumdor tuproqli sug’oriladigan yerlar kam bo’lganligi sababli, yer tuzish loyihalarida ulardan faqat qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun foydalanishni ta'minlash kerak. Qishloq xo’jalik yerlarining noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun ajratilishiga yo’l qo’ymaslik zarur.
5. Loyihaning yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini ta'minlash tamoyili. Loyihaning har bir yechimi iqtisodiy asoslanishi kerak. Iqtisodiy asoslash loyihada ko’rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish natijasida olinadigan qo’shimcha mahsulotni hisoblab topish yo’li bilan bajariladi. Iqtisodiy samara ijtimoiy samara bilan chambarchas bog’liqdir. Sababi, odamlarning yashashi mehnat qilishi, dam olish sharoitlarini va ularga maishiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash xo’jalik oladigan iqtisodiy samaraga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Mehnatkashlarning turmush va mehnat sharoitlarining yaxshilanishi esa mehnat unumdorligining ko’tarilishiga va natijada iqtisodiy samaradorlikning oshishiga olib keladi.
Qarshi tumani

6. Yerdan foydalanish jarayonida uni noo’rin isrofgarchilikdan, nooqilona xo’jalik yuritishdan, tabiatning va ishlab chiqarishning salbiy ta'siridan muhofaza qilish tamoyili. Loyihaning har bir yechimi huquqiy va ekologik asoslanishi kerak. Yerdan kelajakda foydalanish bo’yicha qilinadigan takliflar madaniy agrar landshaftlarni rivojlantirishga, tuproq unumdorligini saqlash va doimiy oshirishga qaratilgan va yerdan foydalanishda noo’rin isrofgarchiliklarga yo’l qo’ymaydigan me'yoriy hujjatlarga asoslangan bo’lishi kerak.


7. Loyihada qo’yilgan masalalarning bir-biri bilan bog’liq holda to’la yechilishini ta'minlash tamoyili. Loyihaning asosiy qismlari va elementlari bir-birlari bilan, yerdan foydalanishni va u bilan bog’liq ishlab chiqarish vositalarini tashkil qilishga qaratilgan boshqa bashoratlash, rejalash va loyihalash ishlari bilan chambarchas bog’lanishini ta'minlash kerak. Bularga birinchi navbatda tuman yer tuzish chizmalari, melioratsiya loyihalari, yo’l qurilishi chizmalari va loyihalari, aholi yashash joylari bosh loyihalari va boshqalar kiradi. Agar yuqorida keltirilgan bog’liqlik bo’lmasa loyihada, albatta, xatoliklar kelib chiqadi.
8. Yer tuzishda yer to’g’risidagi qonunlarga to’la rioya qilish tamoyili. Yer tuzish natijasida yerdan foydalanish va yerga egalik qilish bilan bog’liq huquqiy masalalar ham yechiladi. Bu esa o’z navbatida hududni belgilangan yer munosabatlariga moslab tashkil etishni talab etadi.
Yuqorida keltirilgan asosiy talablar va umumlashtirilgan tamoyillar har xil yer tuzish ishlarini bajarish uslubiyatlarini yaratishda va loyihalashda katta ahamiyatga ega.
12-модда. Ер тузишнинг вазифалари ва мазмуни Ер тузиш ерлардан фойдаланиш ва уларни муҳофаза қилишни ташкил этишга, ер ресурсларини ҳисобга олиш ва баҳолашга, қулай экологик муҳитни вужудга келтиришга ва табиий ландшафтларни яхшилашга, ер тузишнинг ҳудудий ва ички хўжалик режаларини тузишга қаратилган тадбирлар тизимини ўз ичига олади. Ер тузиш Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси, маҳаллий давлат ҳокимияти органи қарорига ёки юридик ва жисмоний шахсларнинг талабномаларига мувофиқ ер тузиш хизмати органлари томонидан амалга оширилади. Ер тузиш истиқболга мўлжалланган, лойиҳалаш олдидан, хўжаликлараро ҳамда ички хўжалик ер тузиш турларига бўлинади.

Download 2.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling