Milliy tadqiqot universiteti qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)


Download 69.37 Kb.
bet3/9
Sana11.01.2023
Hajmi69.37 Kb.
#1087966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-2-3 kurs fanning o\'quv dasturi tanlov namunasi

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular (modullar) kiradi:
1-Modul. Chiziqli algebra va analitik geometriya
1-mavzu. Determinantlar va matritsalar. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini yechish
Iqtisodchilar uchun matematika fanining predmeti va vazifalari. Matematika va uning hozirgi zamon ilm va texnik sohasida tutgan o‘rni. Evropa va Markaziy Osiyolik olimlarning matematika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari. Sharqning Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘bek va boshqa buyuk olimlarning ilmiy ishlarida matematika masalalari. O‘zbekistonda matematika fanining rivojlanishi.


2-mavzu. Tekislikda analitik geometriya
Dekart koordinatalar sistemasi tushunchasi. Tekislikda ikki nuqta orasidagi masofa. Kesmani berilgan nisbatda bo‘lish. Uchburchak yuzini topish. To‘g‘ri chiziqning tekislikdagi tenglamalari. To‘g‘ri chiziqlar dastasi tenglamasi. Kesishuvchi to‘g‘ri chiziqlarning bissektrisa tenglamalari. Analitik geometriyaning sodda masalalari.


3-mavzu. Vektorlar algebrasi
Vektor tushunchasi, vektorning uzunligi, kollinear va komplanar vektorlar, teng vektorlar. Vektorlar ustida chiziqli amallar (vektorni songa ko‘paytirish, vektorlarni qo‘shish va ayirish), xossalari. Vektorning o‘qdagi proeksiyasi, koordinatalari. Vektorlarning skalyar kupaytmasi, vektor ko‘paytmasi, aralash ko‘paytmasi va ularning xossalari. Vektorlarning tatbiqlari.


4-mavzu. Ikkinchi tartibli egri chiziqlar
Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning umumiy tenglamasi. Aylana, ellips, giperbola, parabola va uning elementlari (markaz, radius, fokus, ekssentrisitet, direktrisa). Ikkinchi tartibli egri chiziqlar umumiy tenglamasini kanonik ko‘rinishga keltirish. Ikkinchi tartibli egri chiziqlarning tatbiqlari.


5-mavzu. Fazodagi analitik geometriya
Tekislik tenglamalari, ularning xususiy hollari. Tekisliklarni yasash. Tekisliklar orasidagi burchak. To‘g‘ri chiziq, uning parametrik, kanonik tenglamalari. To‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak. To‘g‘ri chiziq va tekislikning fazoda o‘zaro joylashishi. Ikkinchi tartibli sirtlar va ularning kanonik tenglamalari. Analitik geometriyaning konstruktiv masalalarga tatbiqlari.



Download 69.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling