Milliy tadqiqot universiteti qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti


Download 69.37 Kb.
bet4/9
Sana11.01.2023
Hajmi69.37 Kb.
#1087966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-2-3 kurs fanning o\'quv dasturi tanlov namunasi

2-Modul. Matematik analiz I
6-mavzu. Matematik analizga kirish
O‘zgaruvchi va o‘zgarmas miqdorlar. Funksiya tushunchasi. Funksiyaning berilish usullari, aniqlanish sohasi, grafigi. Elementar funksiyalar, murakkab funksiya. Ketma-ketlik va uning limiti. Funksiyaning limiti, bir tomonlama limitlar. Limitlarning asosiy xossalari. Aniqmasliklar va ularni ochish. Birinchi va ikkinchi ajoyib limitlar. Funksiya limitining iqtisodiy va taqribiy masalalarga tatbiqlari.


7-mavzu. Funksiya hosilasi va uning tatbiqlari
Funksiya hosilasi va uning tatbiqlari. Bir o‘zgaruvchili funksiyaning hosilasi. Hosilaning geometrik va mexanik ma’nolari. Funksiyaning grafigiga berilgan nuqtada o‘tkazilgan urinma va normal tenglamalari. Murakkab, parametrik, teskari va oshkormas funksiyaning hosilasi, hosila olish qoidalari, hosilalar jadvali. Elementar funksiyalarning hosilalari. Yuqori tartibli hosilalar, funksiyaning differensiali. Funksiya differensialining taqribiy hisoblashlarga tatbiqlari. Hosila va differensialning iqtisodiy masalalarga tatbiqlari.


8-mavzu. Boshlang‘ich funksiya. Aniqmas integral
Boshlang‘ich funksiya. Aniqmas integral tushunchasi. Boshlang‘ich funksiya va aniqmas integral xossalari. Asosiy integrallar jadvali. Integrallashning uchta asosiy usullari (yoyish, o‘zgaruvchini almashtirish, bo‘laklab integrallash). Kvadrat uchhad qatnashgan ba’zi funksiyalarni integrallash. Ratsional kasrlarni integrallash. Trigonometrik va irratsional funksiyalarni integrallash.


9-mavzu. Aniq integral va uning tatbiqlari
Aniq integral va uning tatbiqlari. Masalaning qo‘yilishi. Quyi va yuqori integral yig‘indilar. Aniq integral va uning asosiy xossalari. Aniq integralni hisoblash. Nyuton—Leybnits formulasi. Aniq integralda o‘zgaruvchini almashtirish, bo‘laklab integrallash. Xosmas integrallar. Karrali integrallar. I va II tur egri chiziqli integrallar. Grin formulasi. Karrali integrallarning iqtisodiy masalalarga tatbiqi. Aniq integralning geometrik va mexanik masalalarga tatbiqlari.

Download 69.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling