Milliy tadqiqot universiteti qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti


Hisob-grafik ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


Download 69.37 Kb.
bet6/9
Sana11.01.2023
Hajmi69.37 Kb.
#1087966
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-2-3 kurs fanning o\'quv dasturi tanlov namunasi

Hisob-grafik ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Hisob-grafik ishlarini bajarish talabada Iqtisodchilar uchun matematika fanini mustaqil o‘rganishni shakllantiradi va shuning bilan birga unda matematika va boshqa fanlarning o‘quv adabiyotlaridan foydalanish uchun zamin yaratadi. Hisob-grafik ishlarni bajarish jarayonida matematikaning muhim jihatlari va uning texnikadagi o‘rnining dolzarbligini tushunib borishini ta’minlaydi.
Hisob-grafik ishlarida tasdiqlangan variantlar asosida talabaga semestr davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha misollar to‘plami beriladi.
Har bir hisob-grafik ish barcha mavzular bo‘yicha matematikaning tatbiqiy jihatlarini ochib berishi kerak. Har bir semestr davomida talabalar kamida 2 ta hisob-grafik ishlari bajaradi.
Hisob-grafik ishlari uchun uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

  1. Chiziqli algebra va analitik geometriya.

  2. Fazoda analitik geometriya.

  3. Funksiyaning limiti, hosilasi va differensiali. Funksiyani hosila yordamida to‘la tekshirish.

  4. Aniqmas va aniq integrallar.

  5. Differensial tenglamalar.

  6. Sonli va funksional qatorlar.

  7. Karrali va egri chiziqli integrallar.

  8. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari.



IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

  1. Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini echish va tekshirish. Tekislikda to‘g‘ri chiziqqa doir asosiy masalalar.

  2. Ikkinchi tartibli egri chiziqning qutb koordinatalardagi tenglamalari va undan Dekart koordinatasiga o‘tish.

  3. Dekart va qutb koordinatalari orasidagi bog‘lanish. Koordinatalarni almashtirish. Silindrik va sferik koordinatalar.

  4. Konussimon sirtlar. Aylanish sirtlar. Ikkinchi tartibli sirtlarga mashqlar.

  5. Egri chiziqlarning parametrik tenglamalari. Vektorlarning geometrik va mexanik masalalarga tatbiqi.

  6. Fazoda to‘g‘ri chiziq va tekislikka doir asosiy masalalar.

  7. Ikkinchi tartibli sirtlarni yasash. Funksiya uzluksizligi.

  8. Yuqori tartibli hosilalar. Oshkormas va parametrik ko‘rinishda berilgan funksiyalarning yuqori tartibli hosilalari.

  9. Funksiyalarni Teylor va Makloren qatorlariga yoyishga misollar. Lopital qoidasi.

  10. Ekstremumlar nazariyasining geometriya, mexanika va fizika masalalariga tatbiqlari.

  11. Aniq integralning geometriya va fizika masalalariga tatbiqlari.

  12. Eyler almashtirishlari.

  13. Xosmas integrallarning yaqinlashish alomatlari. Xosmas integralga doir mashqlar.

  14. Aniq integralni taqribiy xisoblash formulasi. Mavzuga doir misol.

  15. Yuqori tartibli hosilalar, funksiyaning differensiali, geometrik ma’nosi, xossalari. Taqribiy hisoblashlarda differensialni qo‘llash. Yo‘nalish bo‘yicha olingan hosila, funksiyaning gradienti.

  16. Qatorlarni taqribiy hisoblashlarga tatbiqlari. Differensial tenglamalarni qatorlar yordamida yechish.

  17. Amaliyotda ko‘p uchraydigan muhim diskret va uzluksiz taqsimotlar, normal taqsimotni tatbiqlari.

  18. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari. Katta sonlar qonuni. Chebeshev tengsizligi. Bir xil taqsimlangan o‘zaro bog‘liqsiz tasodifiy miqdorlar yig‘indisi uchun markaziy limit teoremasi.

  19. Tasodifiy miqdorlar sistemasi, ularning taqsimot qonunlari, shartli taqsimot qonunlari. Kovariatsiya va korrelyasiya. Ikki o‘lchovli normal taqsimot qonuni va uning o‘ziga hos xususiyati.

  20. Ehtimollar nazariyasining texnikaviy masalalarda qo‘llanilishi. Taqsimotning noma’lum parametrlari uchun statistik baholarni qurishda masalaning qo‘yilishi. Statistik baholarga talablar: siljimaslik, asoslilik, effektivlik.

  21. Dispersiya bahosining xossalari, tanlanmaning to‘g‘rilangan dispersiyasi. Statistik baholar qurish uslublari. Ishonchlilik intervallari. Statistik gipotezalar va ularning sinflari. Gipotezalarni tekshirish algoritmi. Birinchi va ikkinchi turdagi xatoliklar.

  22. Eng quvvatli mezonlar. Neyman-Pirson mezoni, Kolmagorov mezoni, Pirsonning Xi kvadrat mezoni.

  23. Korrelyasion-regression tahlil elementlari. Korrelyasiya tushunchasining kelib chiqish tarixi va xossalari.

  24. Regressiyaning har xil ko‘rinishdagi tenglamalarini topishda eng kichik kvadratlar usulining mohiyati va har xil modifikatsiyalari.

Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.


Download 69.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling