O’zbekona tarbiyaning mazmuni.
O’zbekona tarbiya mazmunidan joy olib, o’zaro munosabatlarda namoyon qilinishi lozim bo’lgan insoniy fazilatlarni ifodalovchi so’z-signallar mavjud. Masalan, «tavoze», «hayo», «vijdon», «iymon» va boshqa so’zlarning faol qo’llanilganligi milliy ma’naviyati-mizning yuksak cho’qqiga ko’tarilganligidan dalolat beradi. Lekin halqimiz tarihining keyingi asrlarida sodir bo’lgan mustamlakachilik, milliy fazilatlarni «qoloqlik, madaniyatsizlik ko’rsatkichi», «eskilik sarqiti» deya qadrsizlanishi yuqoridagi tushunchalarni o’zbek maktabi darsliklari matnidan siqib chiqardi. Natijada, milliy fazilatlar o’quvchilarning ikkinchi signallar sistemasiga kiritilmaganligi tufayli, boshqa tildagi so’zdek tushunarsiz bo’lib qolaverdi. O’quvchilar bilan o’tkazilgan suhbatlar, savol-javoblar buni tasdiqladi. Qo’shimcha misol tariqasida atoqdi yozuvchimiz Ibrohim Rahimning 80-yillardagi kuzatuvlaridan bir parcha keltiramiz: «... Ko’pgina yoshlarimiz «insof» nimaligini bilish u yoqda tursin, bu so’zning o’zini ham eshitmagandek, tushunmaydilar.
Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv.
Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv.
Milliy tarbiya va ijtimoiylashuv orasidagi umumiylik «hayot tarbiyasi» tushunchasi orqali namoyon bo’ladi. Lekin ijtimoiylashuv — bu inson tomonidan ko’rsatilayotgan maqsadli va maqsadsiz tarbiyaviy ta’sirlarni qabul qilish jarayonidir. Ushbu ta’sir yig’indisi shahsning ijtimoiylashuvi hususiyatlarini, sifat o’zgarishlarini belgilaydi. Ko’rinib turganidek, shahs ijtimoiylashuv jarayonini bevosita pedagogik nazorat ostiga olish, boshqarish mumkin emas. SHuning bilan birga, rivojlanayotgan bola bir vaqtning o’zida ham ijtimoiylashtiruvchi omillar, ham milliy tarbiya omillarining muttasil ta’-sirida bo’lishini ta’kidlash zarur. Har bir shahsning bolaligi — uning milliy tarbiya qaramog’ida o’tkazgan tarihidir. Bola balog’atga etgan sari ijtimoiylashtiruvchi omillarning ta’siri kuchaya boradi. Ijtimoiylashuv va milliy tarbiya ta’sirlari orasi-dagi uyg’unlik yoki ziddiyat milliy-ma’naviy taraqqiyotga davlat tomonidan ko’rsatilayotgan e’tiborga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |