Milliy ti va adabiy til. Dunyo tillarining geneologik va morfologik tasnifi
-topshiriq.Quyida berilgan til haqidagi hikmatli soʻzlarni muhokama qiling
Download 364.43 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-topshiriq.Quyidagi mashqda berilgan gaplarni oʻqing.
9-topshiriq.Quyida berilgan til haqidagi hikmatli soʻzlarni muhokama qiling.
1.Koʻngil daryosining gavhari tildir, til gavhardan afzal va martabasi balanddir.(N.) 2.Ki soʻz zodayi tab'i farzand erur, Chu farzand erur jonga payvand erur.(N.) 3.Soʻz-inson tabiatining ishvagar dilbari, u koʻzga koʻrinmaydigan parisifat bir nozanindir.(N.) 4.Xushgoʻyki soʻzni rifq va muvaso bila aytgay, Koʻngilga yuz gʻam keladirgʻon boʻlsa, aning soʻzidin qaytgʻay.5.Soʻzdadur bar yaxshilikki, imkoni bor, Mundin debdurlarki, nafasning joni bor.(N.) 6.Muloyim takomil vahshiylarni ham ulfat sari boshqarur.(IV.) 7.Necha biyik aylasang soʻzungni, Ondin biyik etgaysan oʻzungni.(N.) 8.Oftob bilan oy ham soʻz ila ravshan, Falak aylanishi ham, bilgil, soʻz bilan.(A.Jomiy) 9.Har birimiz bizni voyaga etkazgan, bizga eng bebaho boyligini-tilini hadya etgan onalar oldida qarzdormiz.Tilimizning sofligi uchun, boyishi uchun jon kuydirsak, farzandlik burchimizni ado etgan boʻlamiz.(Ch.Ayt.) 10.Ona tilini, jon tilim, Sensiz men soʻladirman, Devona boʻladirman, Tuqqanimga yetti yot, begona boʻladirman.(Sh.Qurbonuv) 10-topshiriq.Quyidagi mashqda berilgan gaplarni oʻqing. 1.Til kishini baxtli qiladi.Til kishini xor-zor ham qiladi.Til tufayli odamning boshi ham ketadi.Ikki narsa bilan kishi qarimaydi: biri-ezgu xulq, biri-yaxshi soʻz.(Yusuf Xos Hojib) 2.Soʻzdurki, nishon berur oʻlikka jondin, Soʻzdurki, berur jongʻa xabar jonondin, Insonni soʻz ayladi judo hayvondin, Bilkim guhari sharifroq yoʻq ondin.(N.) 3.Tilshunoslarning Nyu-Yorkda boʻlib oʻtgan kongressida professor Karlo Talyavini hammani hayratda qoldirdi.U minbarga chiqib, 50 tilda birin-ketin tabrik nutqi soʻzladi.Talyavini-filologiya fanlari doktori, jahondagi 50 ta fanlar akademiyasiga a'zo.U yetti yoshidayoq boshqa tillarni oʻrganishga ishtiyoq koʻrsatgan: 12 yoshida yetti tilni bilgan, 22 yoshida 15 tilni bilgani uchun unga doktorlik diplomi berilgan.Talyavini ayni vaqtda 120 tilni biladi.Yevropa tillari shevalarida ham bemalol gaplashaveradi.Olim har yili 3-4 tilni oʻrganadi.U qanday qilib bunchalar koʻp til bilish iqtidorini egalladi? 4.lnson soʻzlash qobiliyati tufayli tafakkur sohasida odamzod unga nima qoldirgan boʻlsa, hammasini bilib olishi mumkin.Shu qobiliyati tufayli inson oʻzgalardan oʻrgangan va oʻzida paydo boʻlgan fikrni zamondoshlariga va avlodlariga bera olishi ham mumkin.5.Har kishiningkim soʻzi yolgʻon esa, Aylama bovar nechakim chin desa.(TV.) 6.Koʻp til bilish bir qulfning koʻp kalitiga ega boʻlish demakdir.(Valter) Download 364.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling