Milliy ti va adabiy til. Dunyo tillarining geneologik va morfologik tasnifi
-topshiriq.Quyida berilgan adabiy va soʻzlashuv tiliga xos matnlarni
Download 364.43 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-topshiriq.
11-topshiriq.Quyida berilgan adabiy va soʻzlashuv tiliga xos matnlarni
qiyoslang.Farqlarini soʻzlab bering. 1.Tarixdan ma'lumki, Bobur Mirzo hazratlarining asosiy gʻalabalari aynan shu farmondan-mayqatagʻondan soʻng qoʻlga kiritilgan.Yana tarixdan ma'lumki, Husayn Boyqaro boshqargan mamlakatni ayni shu ichkilik barbod qilgan.Ayni shu ichkilik (uni “chogʻir” deb ataganlar) umidli va suyukli nabira Moʻmin Mirzoning boshini uzgan.2.Hindistonda bir yilda sakkiz marta yangi yil bayramini nishonlashadi.Masalan, shunday bayramlardan biri-Gudi Padva.Tantana ishtirokchilari ushbu marosimda qanchalar achchiq va taxir boʻlmasin nim-nim deb ataluvchi daraxt barglarini iste'mol qiladilar, Qadimiy hind qoʻlyozmaiarida aylilishicha, bu daraxt yaproqlari odamni kulfat va faqirlikdan asrarkan, hayoti esa shodon kecharkan.3.Avstraliya xalqi ham dunyoning boshqa xalqlari qatori 1- yanvarni yangi yil bayrami sifatida nishonlaydilar.Lekin bu vaqtda qit'ada shunaqa ham issiq boʻladiki, Qorbobo va Qorqiz sovgʻalami choʻmilish kiyimlarida topshirishga majbur boʻlishadi.4.Indoneziyada yangi yil bayrami oktabr oyida nishonlanadi.Hamma odamlar yangi kiyimlarini kiyib, yasanib oladilar va yil davomida oʻzlari tomonidan sodir etilgan xafagarchiliklar uchun bir-birlaridan uzr soʻraydilar.(“Huquq”gaz.) 12-topshiriq.Quyidagi hikmatlar va she'riy parchalarning mazmunini izohlab bering. 1.Chin soʻz moʻtabar, yaxshi soʻz muxtasar.2.Insonni soʻz ayladi judo hayvondin, /Bilki, guhari sharifroq yoʻq ondin.(N.) 3.Ey soʻz, ne balo ajab guharsan,/ Guhar neki bahri mavjvarsan.(N.) 4.Har kimki chuchuk soʻz elga izhor aylar,/ Har nechaki agʻyor turur, yor aylar./ Soʻz qattigʻi el koʻnglini ozor aylar, /Yumshogʻi koʻngillarni giriftor aylar.(N.) 5.Tilingni avayla-omondir boshing,/ Soʻzingni avayla-uzayar yoshing./ Kishi soʻz tufayli boʻladi malik,/ Ortiq soʻz qiladi bu boshni egik.(“Qutadgʻu bilig”dan) 6.Yo madhing yozaymi iftixor bilan,/ Koʻksimda barq urgan navbahor bilan,/Oh, aziz tilginam, shirin soʻzginam,/Joningga tasadduq boʻlay oʻzginam,/ Har soʻzing bir quyosh, qani, kel nurlan! (Sh.) 7.Zero, men senikiman, Sen tuygan zavqnikiman,/ Ona tilim, jon tilim, Sensiz men soʻladirman, /Devona boʻladirman,/ Tugʻganimga yeti yot, begona boʻladirman;/ Ona tilim, jon tilim, yuragimning qonida/ Sayrab turgan bulbulim! (Sh.Qurbon) Download 364.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling