Milliy universiteti biologiya fakulteti
Denitrifikatsiya jarayoni
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Azotning ahamiyati
Denitrifikatsiya jarayoni. Denitrifikatsiya jarayoni nitrifikatsiya jarayonining
aksi bo’lib. bunda bog’langan azot yana atmosferaga erkinholdaqaytadi. Bujarayon bevositavabilvositasodirbo’ladi, chunki nihoyatda xilma-xil jarayonlar natijasida nitratlardan mole-kulyar azot hosil bo’lishi mumkin. Bevosita denitrifikatsiyada nitratlar denitrifikatsiyalovchi alohida bakteriyalar gumhining hayot faoliyati tufayli qaylarilsa, bilvosita denitrifikatsiya jarayonida faqat aminokislotalar bilan nitrit kislota o’zaro munosabatga kiradilar. Buning natijasida ham molekulyar azot hosil bo’ladi. Bevosita denitrifikatsiya jarayoni tabiatda, ko’proq tuproqda, go’ngda va suv havzalarida keng tarqalgan denitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning hayot faoliyati tufayli sodir bo’ladi: 4HNO, = 2H 2 0 + 50 2 + 2N 2 Bu bakteriyalarga quyidagilar misol bo’ladi: 1Bas. denitroficans - tayoqchasimon, peretrixa tipda xivchin-langan, spora hosil qilmaydi. 2. Achromobacter - mayda tayoqchalar, ko’pincha zanjir shaklida uchraydi. 3. Pseudomonas fluorescens - harakatchan. tayoqchasimon bakteriya. 4. Pseudomonas pyocyonea - tayoqchasimon, ко’к tusli pigment hosil qiladi. Denitrifikatsiya ham oksidlanish, ham qaytarilish jarayonidir. Bakteriyalar fakultativ anaerob bo’lib, kislorod ko’payib ketgan-da denitrifikatsiya jarayoni to’xtaydi. Anaerob muhitda nitratlar va organik moddalar yetarli bo’lganda darhol denitrifikatsiya boshlanadi, muhitda kislorod yetishmasa, nitratlarni qaytarib o’ziga kerakli foo’lgan kislorod oladi. Muhitning pH ko’rsatkichi 3,2— 8,7 ora’lig’ida bo’lsa, bu bakteriyalar yaxshi rivojlanadi. Bilvosita yoki bevosita denitrifikatsiya nitratlar bilan aminlaming o’zaro kimyoviy yo’l bilan reaksiyaga kirishi tufayh boradi, bunda bevosita denitrifikatsiyaga qaraganda ikki marta ko’p azot hosil bo’ladi: R-CHNH 2 COOH+ONOH = R-CHOHxCOOH + H 2 0 + N 2 aminokislotaorganik kislota Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling