Milliy universiteti biologiya fakulteti
Molekulyar holatdagi azotni o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Azotning ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm.Izoh: Azotning tabiatda aylanishi sxemasi 13 Tuganak bakteriyalar.
Molekulyar holatdagi azotni o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar. Havo tarkibida
12 78—80% azot bo’ladi, lekin uni yashil o’simliklar va hayvonlar o’zlashtira olmaydilar. Azot moddalaming biologik o’zgarishida ikki yo’l bilan ishtirok etadi.(2-rasm) Birinchi yo’lda clektr zaryadsizlanish vaqtida (kuchli chaqmoq bo’lganda) fotokimyoviy oksidlanish ro’y beradi, bunda N 2 -»NO, ga aylanadi. Hosil bo’lgan N0 2 suvda va tuproqda yana oksidlanib, HN0 3 ga aylanadi. Bir yilda yana shu yo’l bilan 1 m 2 maydonda 30 mg N0 3 to’planadi. Ikkinchi yo’lda molckulyar azolni azot to’plovchi mikroorga-nizmlar o’zlashtiradilar. Bular ikki guruhga bo’linadi: 1.Tuganak bakteriyalar, dukkakdosh o’simliklar bilan simbioz holda hayot kechirib, molekulyar holdagi azotni o’zlashtiradilar. 2.Erkin holda yashovchi azotfiksatorlar, molckulyar azotni o’zlashtiradilar. 2-rasm.Izoh: Azotning tabiatda aylanishi sxemasi 13 Tuganak bakteriyalar. M.S.Voronin (1886-y.) dukkakdosh o’simliklar ildizida mikroorganizmlar borligini aniqlagan. Nemis olimlari G.Gelrngel va G.Vilfart (1886- y.), qizdirilgan (ya’ni barcha bakteriyalari nobud qilingan) qumga dukkakdosh o’simlik ekib, uning ildizida tugunaklar hosil bo’lmaganligini kuzatganlar. O’z tajribalaridan ular shunday xulosa chiqaradilar: 1.Azot bilan oziqlanish jihatidan dukkakdosh o’simliklar bosh-qa o’simliklardan keskin farq qiladilar. 2.Dukkakdosh o’simliklarning o’zlari atmosfera azotini o’z-lashtira olmasdan, shu maqsadda ularning ildizida simbioz holda yashaydigan bakteriyalarning faoliyatidan foydalanadilar. Keyinchalik bu bakteriyalarni gollandiyalik olim M.Beyerink sof holda ajratib oladi va Bad. radicicola deb nomlaydi. Hozir bu bakteriyalar Rhizobium aviodiga kiritilgan. Bu bakteriyalar sun’iy muhitda yaxshi o’sadi. Lekin erkin azotni o’zlashtirmaydi, faqat dukkakdosh o’simliklar bilan simbioz hoida yashaganda, azotni o’zlashtiradi. Tuganak bakteriyalarning rivojlanish sikli o’ziga xosdir. Yosh davrida harakatchan, xivchinlangan bo’ladi, keyinchalik harakatdan to’xtaydi va hujayralarida vakuola hosil bo’ladi. Vakuolalar go’ у о belbog’ hosil qilganday bo’ladi, shuning uchun bakteriyalar bu davrda «belbogii» bo’ladi. Tayoqchalar shu vaqrda tarmoqlanadi va baktcroid deb 110mlanadi. Bakleroicilar sharsimon kokklarga ajraladi, bulardan yana harakatchan tayoqchalar o’sib chiqadi. Tuproqda uchraydigan tugunak bakteriyalar dukkakdosh o’simlik ildiz tukchalari atrofida to’planadi va ularning po’stini eritib, ildiz hujayrasiga o’tadi va ko’paya boshlaydi, hujayralarni to’ldirib yuboradi. O’simlik, o’z navbatida, ildiz hujayraiarining bo’linish jarayonini tezlashtiradi va bakteriyalarni tugunak ichiga o’rab oladi. Bakteriyalar ishlab chiqaradigan fiziologik faol modda-lar ildiz hujayraiarining bo’linishini yanada tezlashtiradi va ildizga ko’p miqdorda shakar oqib kelishini ta’minlaydi. Bakteriyalar sha-karlar bilan oziqlanadi va o’simlikni azot bilan ta’minlaydi. Agar dukkakdosh o’simlikka bor (B) mikroelementi berilsa, simbioz ikkala 14 organizm uchun foydali bo’ladi, agar bor yetishmasa, N.Tomiton ko’rsatganidek, floema naylari yaxshi rivojlanmaydi, natijada shakarlar ildizga kam keladi va tuganak bakteriya parazit holda oziqlanishga o’tadi. Shunday qilib, tuganak bakteriya o’simlikka, o’simlik bakteriyaga moslashib boradi. Tuganak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatga ega. Hozir bular-ning 20 dan ortiq irqi ma’lum. Har bir irq ma’lum o’simlikda yashaydi. Masalan, sebarga ildizida rizobium trifolia, soya ildizida rizobium yaponikum, loviya ildizida rizobium fassoh, beda va qashqarbeda ildizida rizobium meliloti, no’xat, xushbo’y no’xat. burchoq va nutda rizobium legiminozarum, lyupin ildizida rizobium lupini bakteriyalari tugunaklar hosil qiladilar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tugunak bakteriyalarda har xil dukkakdosh o’simliklarga nisbatan moslanish xususiyati bor, lekin har bir o’simlikni o’ziga mos bo’lgan bakteriya turlari mavjud. Shu xususiyatiga ko’ra, ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) no’xat, nut yowoyi no’xat, xina va burchoq bakteriyalari; 2)lyupin va seradella bakteriyalari; 3)beda va qashqarbeda bakteriyalari; 4)loviya bakteriyalari; 5)soya bakteriyalari; 6)sebarga bakteriyalari. Bular tugunaklar hosil qilish va azot to’plash faolliklari jihatidan ham bir guruh ichida bir-biridan keskin farq qiladilar. Keyingi yillarda, nishonlangan azot bilan olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, tugunak bakteriyalar o’zi azotni o’zlashtira olmasdan, faqat dukkakdosh o’simlik bilan birga bo’lgandagina o’zlashtirar ekan. Tuproqdagi tugunak bakteriyalarni ajratib olish uchun Krasil-nikovva Korenyanko (1940-y.) metodi qo’llaniladi. Buning uchun dukkakdosh o’simliklar urug’i sulema (HgCl 2 ) eritmasi yordamida sterillanadi, keyin sterillangan suv bilan yuviladi. So’ngra urug’ mineral holdagi agar solingan katta probirkalarga solinadi. Bakteriya yuqtirish uchun tuproq eritmasidan 1 ml qo’shiladi. Agar tuproqda tugunak bakteriyalar bo’lsa, ular o’simlikda tugunaklar hosil qiladi. Ular 2-3 haftadan so’ng 15 aniq ko’rinadi. Dukkakdosh o’simlik ildizidan qirqib olingan tugunakdan NH 3 ajraladi. Fin olimi Virta-nenning fikricha, tugunak bakteriyalar azot o’zlashtirganda, eng awal asparagin kislota hosil bo’lar ekan: N 2 -» NH 2 OH yoki gidroksilamin NH 3 -> COOHCHNH Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling