Milliy universiteti biologiya fakulteti
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Azotning ahamiyati
Ammonifikasiya jarayoni. O’simliklar va hayvonlar qoldig’ida juda ko’p
miqdorda organik moddalar bo’ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o’simliklaming azot bilan oziqlanishi uchun muhim-ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi jarayonidaNH 3 hosil ho’lishi ammonifikatsiya jarayoni deyiladi. Chirish jarayoni aerob va anaerob sharoitda boraveradi, lekin aerob sharoitda tezlashadi. Chirituvchi mikroorganizmlar guruhiga xilma xil bakteriyalar misol bo’ladi. Anaeroblardan eng keng tarqalgani tayoqcha shaklida, uzunligi 5-6 nm, diametri 0,6-0,8 nm bo’lgan, peritrixa tipda xivchin-langan, spora hosil qiladigan, hujayrasi baraban tayoqchasi shakli-dagi bakteriyalardir. Bunday bakteriyalar, asosan, oqsillami parcha-laydilar. Patogen chirituvchi bakteriyalarga qoqshol kasalligini kelti-rib chiqaruvchilar misol bo’la oladi. Fakultativ anaeroblarga ichak tayoqchasi Eschirichia coli va protey tayoqchasi Вас. proteus misol bo’ladi . Peretrixa tipda xivchinlangan harakatchan. uzunligi 1— 3 nm diametri, 0,5—1 run bo’lgan Вас. mesentericus, Вас. subtillis, Вас. mysoides, Вас. megatherium oqsillarni aerob sharoitda parcha-laydigan bakteriyalardir. Bularning hammasi spora hosil qiladi. Kichik tayoqchasimon Pseudomonas fluiorenses spora hosil qil-maydi . Oqsillar parchalanganda suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulfid, 1 13. https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/biotexnologiya/tabiatda-azotning-aylanishi 7 metilmerkaptan (CH 3 SH) hosil bo’ladi. Yoqimsiz hidU indol, skataol kabi moddalar ham hosil bo’ladi. Bunda oqsil-larga eng avval proteolitik. fermentlar ta’sir etib, peptonlar, poli-peptidlar va aminokislotalar hosil kiladi. V.N.Shaposhnikov ko’r- satganidek, oqsillarning parchalanishi ikki yo’l bilan boradi: Birinchidan, aminokislotalar bakteriyalar tanasining tuzilishi uchun sarflanadi; ikkinchidan, aminokislotalardan uglerod man-bayi sifatida fondalaniladi. Bu jarayonda hosil bo’lgan ortiqcha NH 2 guruh NH 3 ga aylanadi yoki NH 3 organik kislotalar bilan bog’lanadi. Reaksiya oxiriga yetrnasdan ba’zi kislotalar yoki spirtlar hosil bo’lishi mumkin. Masalan, alanin aminokislotasidan pirouzum kislota va ammiak hosil bo’ladi. Tuproqda organik moddalarning parchalanish jararyoni iqlim sharoiti, tuproq namunasi va qo’llaniigan agrotexnika usullariga bog’liq holda turlicha borishi mumkin. Masalan, O’rta Osiyoning bo’z tuproqlarida ammonifikatsiya juda tez boradi, chunki temperatura ancha yuqori va bahorda namlik yetarli bo’ladi. Aksincha, shimoliy tumanlarda temperatura past bo’lganiigi uchun bu jarayonlar juda sckin boradi. Qora va kashtan tuproqU zonaiarda ham organik moddalarning parchalanishi sckin boradi. Oqsillarning parchalanishi uchun optimal temperatura 25— 30°C bp’lishi, shuningdek, parchalanadigan mahsulotda yetarli darajada namlik bo’lishi kerak. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling