Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi


foiz ayol yaqinlaridan jabr ko‘rgan


Download 160.42 Kb.
bet10/11
Sana15.11.2023
Hajmi160.42 Kb.
#1774730
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'zbek jamiyatidagi gender tengligi rivojlanish istiqbollari

87 foiz ayol yaqinlaridan jabr ko‘rgan
Guruhlarga bo‘linganda: 106 ta jinsiy, 234 ta iqtisodiy, 18 777 ta ruhiy, 13 658 ta jismoniy zo‘ravonlik hamda 7 174 ta tazyiq holatlari aniqlangan. Eng yomoni, zo‘ravonlik holatlarining 34 330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.
Demak, bir yilda taxminan 40 mingga yaqin ayol zo‘ravonlik va tazyiqqa uchrab himoya orderi olishga majbur bo‘lyapti, ularning 87 foizi o‘z yaqin(lar)i jabridan panoh so‘ragan.
Aslida, har oy yoki bir-ikki oyda bir necha marta ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘il tug‘magani, ko‘p ovqat yegani yoki boshqa sabablar bilan ezilgan ayollar hikoyalari tarqaladi, omma esa ikki tomonga ajralib muhokamalarga tushib ketadi.
Umuman, ayollar huquqlari mavzusi nima sabab bilan ko‘tarilganidan qat’i nazar, bu muhokamalarni yoqtirmaydigan va nizolarga ayolning o‘zi ham sababchi ekanini uqtirishga urinadiganlar ko‘plab topiladi.
Zo‘ravonlik quyidagi shakllarda ro‘y berishi mumkin?

  • jinsiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish;

  • jismoniy zo‘ravonlik – jismoniy harakatlar orqali yoki shunday tahdidlar bilan xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligiga xavf solish;

  • iqtisodiy zo‘ravonlik – xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);

  • ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish kabilar.

  • tazyiq — biror turdagi javobgarlikka sabab bo‘lmaydigan, biroq xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik.

Ayol jamiyat gultoji, mehr va go‘zallik timsolidir. Ularning jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Aynan ularning manfaatini ifodalovchi va himoyalovchi qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ayollarga ko‘plab imtiyozlar joriy qilindi.


“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga asosan barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etildi.
O‘tgan yildan boshlab davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarning bilim olish imkoniyatlari yanada kengaytirilib, oliy ta’lim muassasalariga 4 foizli davlat grantlari ajratildi. Mazkur yangi tizim asosida 2020 yilda 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qiz o‘qishga qabul qilindi.
Yana bir jihat. 2020 yilning o‘tgan davri davomida 166,3 ming nafar xotin-qiz doimiy ishga joylashtirildi. 31,1 ming nafari kasbga o‘qitildi, 48,4 ming ishsiz ayolga ishsizlik nafaqasi tayinlanib, ijtimoiy muhofazaga olindi.
Ming afsuski, qizlar va ayollar huquqini ham shaxsiy, ham ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydigan erkaklar soni kam. Ular qizlar va ayollarning ta’lim olishi hamda ishlashini istamaydilar. Jamiyatimizda shunday kishilar ham borki, ayollarini to‘liq nazorat qilish, hatto urish normal holat deb hisoblaydi.
Uy sharoitida zo‘ravonliklar asosan sifatsiz ta’lim sabab bo‘lgan past iqtisodiy ko‘rsatkichli oilalar boshiga to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, ayollarga nisbatan zo‘ravonliklar ayolning iqtisodiy yetishmovchiligi tufayli yuz beradi. Shuni aytish lozimki, dunyodagi davlatlarning kam qismi ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi qonunlarni qabul qilgan.
Bu borada O‘zbekiston “Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilgan sanoqli davlatlar qatoriga kirdi. Bu qonunlar davlat va boshqa tegishli tashkilotlarni ayollar zo‘ravonligiga qarshi kurashish va ularga barham berishga chaqiradi.
Mamlakatimizda tazyiqqa uchragan ayollarga yordam berish, muammolariga yechim topish maqsadida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollar uchun reabilitatsiya va moslashtirish markazlari tashkil qilingan. Zo‘ravonlikka duch kelgan ayollar uchun “ishonch telefon“lari ishlab turibdi.
Huquqiy asos mavjudligiga qaramay, bugungi kunda ko‘plab qizlar, ayollar hamon gender bilan bog‘liq kamsitishlarga duch kelmoqda va ular bunday vaziyatlardan aziyat chekishmoqda. Ba’zi oilalarda qizlarga kasb tanlash va universitetga kirib o‘qishga ruxsat etilmaydi. Buning o‘rniga ularni tezroq turmushga berishga oshiqishadi. Qizlarni ta’lim olishdan mahrum qilish noxush oqibatlarga olib keladi. O‘qimagan va malakasiz ayollar, ayniqsa, beva bo‘lib qolsa yoki turmushidan ajrashsa, nima qilishlarini bilmay qoladi.
Buning yana bir yomon oqibati borki, iqtisodiyotga ham salbiy ta’sir etadi. Ya’ni ishchi kuchidan to‘liq foydalanilmaydi. Undan ham yomoni, bu ayollarning, ayniqsa, yosh bolalarning ruhiyatini jarohatlaydi. Kattalar ko‘pincha kun sayin o‘sayotgan va ularning xatti-harakatlaridan o‘rnak oladigan bolalar kuzatib turganini esdan chiqaradi. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bor.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ota farzandining onasiga nisbatan zo‘ravonlik qilishi bilan o‘g‘il bolada, ayol kishini urish mumkin ekan, degan tushunchani paydo qiladi. Ular o‘zini xavfsiz sezmaydi. Ijtimoiy hayotida turli muammolarga duch keladi. Spirtli ichimliklar yoki narkotiklarga ruju qo‘yishi hamda hayotda jismoniy yoki psixologik zo‘ravonlikka moyil bo‘lishi mumkin.
Zo‘ravonlik qilish yoki qizlarning ta’lim olishiga yo‘l bermaslik ularning kelajagiga va dunyoqarashiga salbiy ta’sir ko‘rasatadi.
bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida, Konstitutsiyasiga asoslangan holda ayollarga adolatli munosabatda bo‘lish, ularning ham xuddi erkaklar singari imkoniyatlardan foydalanish huquqi borligini eslatishdan iboratdir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, davlatimizda gender siyosatining muhim strategik maqsadi millat oilasida xotin-qizlarning o’rni, ularning moliyaviy ahvolini va ijtimoiy farovonligini yaxshilashga qaratilgan. Bunday strategiyani quyidagilardako’rish mumkin: ko’p bolali, yosh, kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashni o’z ichiga olayotganligi; sog’liqni saqlash va ta’lim sohasida yagona ijtimoiy standartlar ishlab chiqilayotganligi; oiladagi zo‘ravonlikni bartaraf etish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish muammolari kabilarga e’tibor qaratilmoqda. Oilada gender tengligiga erishish, ya’ni ayol kishini kamsitilishi kabi illatlarni yo’qotishga erishish turli ijtimoiy institutlar va sohalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga olib keladi. Ta’kidlash kerakki, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning kuchayishi kundalik hayot va mehnat faoliyati sohasidagi gender munosabatlariga yetarlicha e’tibor bermaslik bilan ham bog’liq.13 Zotan, suveren jamiyatda gender tengligi muammolari ustuvor ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Bizning fikrimizcha, gender tengligi sohasidagi asosiy muammolarni yanada samarali hal etish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: gender masalalarini hal etishga qaratilgan institutlarning samarali faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish; gender siyosatini amalga oshirishni barcha darajalarda, jumladan, hududiy, milliy va sektoral muvofiqlashtirishning aniq tizimini shakllantirish; ayollarning iqtisodiy qaramligini va zaifligini yumshatish uchun oilaviy yuklarni teng taqsimlashga intilish; davlat mehnat bozorini tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada ko’paytirishga erishish, ya’ni kam haq to’lanadigan joylarda ayollar ulushini kamaytirish yoki ish haqini ko’paytirish; turmush darajasini oshirishga va tengsizliklarni bartaraf etishga, shu jumladan ta’lim, sog’liqni saqlash va kasbiy o’sishga yordam beradigan hayotiy ko’nikmalarni o’rganish imkonini beruvchi amaliy ta’lim tizimini kuchaytirish, qizlarni ta’lim olishiga past nazar bilan qarovchi oilalarda tushuntirish ishlarini olib borish zarur; hududiy gender kamsitish amaliyotini keskin cheklash, ushbu sohadagi muammolarni huquqiy tizim kontekstida hal qilish imkoniyatlarini kengaytirish, sohalarda gender tengligiga erishish kabilar shular jumlasidandir. Zero, gender tenglikka erishish nafaqat demokratik qadriyatlardan biri, balki ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Jahon miqyosida orttirilgan tajriba shundan dalolat beradiki, aynan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar mavjud davlatlarda aholi turmush farovonligi va ijtimoiy-siyosiy faolligi yuqori darajada bo‘lib, islohotlar muvaffaqiyati taʼminlanadi.14 Umuman olganda, O’zbekistonda gender sohasidagi o‘zgarishlarning huquqiy va institutsional asoslari yaratildi. Mamlakatda gender siyosatini har jihatdan amalga oshirishda davlat organlari va xotin-qizlar tashkilotlari birgalikda harakat qilib kelmoqda. Respublikamizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda rasmiyatchilikdan aniq sa’y-harakatlarga o‘tilgaligi, ya’ni xotin-qizlarning jamiyathayotida, ta’limda shaxsiy rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilganligi, xotin-qizlar faoliyatlarini amalga oshirishida va jamiyat hayotini monitoring qilishning barcha bosqichlarida samarali ishtirok eta boshlaganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.



Download 160.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling