Gender strategiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
1. Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
2. Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
3. Ta’lim, ilm-fan, sport hamda sog‘liqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
4. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
5. Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
6. Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash;
7. Gender jihatlarni hisobga olgan holda rejalashtirish va budjetlashtirish;
8. Gender statistikasi yuritilishini takomillashtirish;
Gender tenglikni ta’minlash borasidagi takliflar:
Ayollar sonining kamayishiga hissa qo’shadigan omillar tahlilini qo’llab-quvvatlash;
oliy ta’lim, shu jumladan iqtisodiy holat va infratuzilma bilan bog’liq yetishmovchiliklarga mos keladigan mehnat bozori talabini baholash va ayollarni noan’anaviy tarmoqlarda (masalan, sanoat, energetika,transport, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va moliya) faoliyat yuritishini qo‘llab-quvvatlash;
Talabalar tanlovida akademik fanlar va ta’lim yo’nalishlari (masalan, qabul kvotalarini oshirish, stipendiyalar, stajirovkalar, murabbiylik dasturlari va ayollarning oliy ta’limga kirishini oshirish uchun imtiyozlarni ko‘paytirish;
Ayol-qizlarni noan’anaviy texnik mutaxassisliklar ko‘proq jalb qilish;
Yosh onalar uchun ta’lim turlarini qayta ko‘rib chiqish (masalan, 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan talaba onalar uchun maxsus o‘quv platformasini ishlab chiqish).
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatimizda gender tenglikning ta’minlanishi jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, farzandlarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar va erkaklarning mas’uliyati hamda roli oshirilishida amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |