Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#238251
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ergashboy

shakli o'rnatilgan.   

Prezidentlik  Respublikasi  shakli  xalqning  ma'naviy  qadriyatlari,  xohish-

istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli 

ijroiya,  idora  qiluvchi  hokimiyatdir.  Ya'ni  Respublika  Parlamenti  va  xalqi  oldida 

O'zbekiston  kelajagini,  fuqarolarning  siyosiy  erkinligini  ta’minlashga  qaratilgan 

kuchli ijroiya hokimiyatidir.  

Prezidentlik  Respublikasida  eng  muhimi  –  hokimiyat  bo'linishini  adolatli 

tarzda  amalga  oshirish  imkoni  bor.  Ya'ni,  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud 

hokimiyati  birbiridan  mustaqil  holda  ish  olib  boradi.  Prezidentlik  Respublikasida 

ijro hokimiyati Prezident qo'lida bo'ladi.   

O'zbekiston  nima  uchun  davlat  boshqaruvining  aynan  shu  usulini  tanladi? 

Buning  sabablari  bor.  Birinchidan  -  sharqda  demokratiyaga  keng  imkoniyat 

yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, 

qat'iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning 

parlamentar  respublika  usulida  prezident  parlament  yig'ilishida  uning  a'zolari 

tomonidan  saylanadi.  Prezidentlik  Respublikasida  esa,  u  umumxalq  saylovi  yo'li 




28 

 

bilan  barcha  fuqarolarning  ovoz  berishi  bilan  saylanadi.  Bunda  prezident  o'z 



vakolatini  parlamentning  sanoqli  a'zolaridangina  emas,  bevosita  keng  xalq 

ommasidan  oladi.  Qolaversa,  buning  siyosiy,  huquqiy,  ma'naviy  va  demokratik 

mazmuni  ham  bor.  Demak,  jamiyatni  boshqarishda  davlat  boshliqlarini  saylash 

tartibi  muhim  ahamiyatga  ega  hisoblanadi.  Prezidentning  xalq  tomonidan 

saylanishi,  o'z  vakolatini  xalqdan  olishi  boshqaruvning  samarali  amalga 

oshirilishiga  ta'sir  ko'rsatadi.  Shuning  uchun  boshqaruvning  Prezidentlik 

Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir.  

Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan 

faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi.   

Prezident  davlat  va  ijroiya  hokimiyatining  boshlig'i  sifatida  chinakam  xalq 

yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur.   

Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol 

ko'zga  tashlanib  turadi.  Prezidentning  demokratik  qarashlari,  qadriyatlarga 

tayanishi,  rivojlanishni  oldindan  seza  bilishi,  yuz  berayotgan  jarayonlarga  ilmiy 

asosda  yondoshishi,  yechimlarni  izlashda  ommaga  tayanishi,  asoslangan  rejalarni 

hayotga  tadbiq  etishi,  siyosatda  tadbirkorlik  va  oqillik  kabi  fazilatlarini  keltirish 

o'rinlidir.  

Boshqaruvning  Prezidentlik  Respublikasi  shakli  mamlakatda  demokratik 

siyosiy  tuzumni  kafolatlaydigan  demokratik  tashkiliy  davlat  hokimiyatini  ifoda 

etadi.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda  «Respublika»  tushunchasi  «demokratiya» 

tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir.   

O'zbekiston  Respublikasida  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  va  amalga 

oshirish  usul  va  vositasi  demokratik  asosga  qurilgan.  Bilasizki,  davlat  siyosiy 

rejimining  demokratik,  totalitar,  avtoritar  turlari  mavjud.  O'zbekistonda 

hokimiyatni  amalga  oshirishda  demokratik  yo'l  maqbul  topilgan.  Kuchli  va 

ta'sirchan  demokratik  davlat  hokimiyati  bilan  totalitarizm,  avtoritarizm,  diktatura 

o'rtasida  hech  qanday  mushtaraklik  yo'q.  Faqat  demokratiya  ustuvor  bo'lgan 

davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi.  




29 

 

Demokratiya  bu  Konstitutsiya  va  qonunlar  doirasida  erkinlik  demakdir. 

Konstitutsiyamizda  demokratik  respublikaning  barcha  belgilari  bor.  Jumladan: 

xalq  hokimiyatning  yagona  manbaidir,  davlat  boshlig'i  saylanadi  va  almashib 

turadi,  vakillik  organlari  muhim  o'rin  tutadi,  fuqaroning  huquq  va  erkinliklariga 

asoslangan huquqiy maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin.  

Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. 

Birinchisi  -xalq  qarorlar  qabul  qilish  jarayonlaridan  qanchalik  xabardorligi, 

ikkinchisi  -  hukumat  qarorlari  xalq  tomonidan  qanchalik  nazorat  qilinishi, 

uchinchisi -oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir.  

Xalqni  hokimiyatning  yagona  manbai  sifatida  tan  olish  boshqaruvning 

respublika  shakliga  ega  bo'lgan  demokratik  davlatlarga  xos  xususiyatdir.  Xalq 

hokimiyatchiligi  hokimiyatning  davlat  tuzilmalari  (ijro  etuvchi  va  vakillik 

organlari) va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. 

Xalq  hokimiyatchiligining  bevosita  (to’g’ridan-to’g’ri)  demokratiya  va  bavosita, 

ya'ni vakillik shakli mavjud.   

Bevosita  (to'g'ridan-to'g'ri)  demokratiya  shakliga:  referendum  (umumxalq 



ovoz  berishi),  saylovlar,  qonun  loyihalarini  muhokama  qilish,  yig'ilishlar, 

mitinglar va namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib 

murojaat  qilish  kabilar  kiradi.  Vakillik  shakliga  esa,  butun  davlat,  vakillik 

jdoralari,  siyosiy  partiyalar,  jamoat  birlashmalari,  ommaviy  ijtimoiy  harakatlar 

kiradi.  Demokratiyaning  asosiy  vazifasi  -  jamiyatdagi  kuchlarni  murosa  asosida 

birlashtirib,  ularni  umumrizo  qarorga,  ya'ni  konsensusga  olib  kelish  va 

mamlakatning  taraqqiyoti  uchun  xizmatga  safarbar  qilishdan  iboratdir.  Bugungi 

kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanmoqda.  


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling