Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana08.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#238251
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ergashboy

2.2 O'zbekiston xalqi.  

O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasi fuqarolari 

tashkil  etadi.  Bu  konstitutsiyaning  8-moddasida  qayd  etilgan.  O'zbekiston  aholisi 

26  million  kishidan  ortiq.  O'zbek  millati  aholining  taxminan  78  foizini  tashkil 

etadi.  Ayni  vaqtda  O'zbekiston  hududida  o'z  madaniyatiga  va  an'analariga  ega 



30 

 

bo'lgan millat vakillari yashaydi. O'zbekiston hududida 130 millat va elat vakillari 



istiqomat  qiladi.  Millat  vakillarining  tarkibiga  agar  e'tibor  bersak:  ruslar,  tojiklar, 

qozoqlar,  qirg'izlar,  turkmanlar,  ozarboyjonlar,  uyg'urlar,  tatarlar,  dunganlar, 

gruzinlar,  moldavanlar,  arman,  yahudiy  va  boshqa  milliy  guruhlar  yashab  mehnat 

qilishadi.  

Respublikada  istiqomat  qiluvchi  barcha  millatlarning  milliy  madaniyatlari, 

urfodatlari,  an'analari  va  tillariga  o'zaro  hurmatda  bo'lish  konstitutsiyaviy 

talablardan  biridir.  Konstitutsiyaning  4-moddasida  bu  masala  o'z  aksini  topgan: 

«O'zbekiston  Respublikasi  o'z  hududida  istiqomat  qiluvchi  barcha  millat  va 

elatlarning  tillari,  urfodatlari  va  an'analari  hurmat  qilinishini  ta'minlaydi,  ularning 

rivojlanishi  uchun  sharoit  yaratadi».  Konstitutsiya  O'zbekiston  fuqarosi  deb 

hisoblangan  barcha  shaxslarni,  ularning  millati,  tili,  urf-odatlari  va  milliy 

an'analaridan qat'i nazar, hurmat qilinishini huquqiy jihatdan kafolatlaydi. Shu bois 

har  bir  insonning  o'zini  erkin  va  teng  huquqli  deb  his  qilish  imkonini  beradigan 

munosabatlar o'rnatilmoqda.  

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining joriy yillarida Respublikada 100 

ta  milliy-madaniy  Markaz  ta'sis  etildi  va  ular  millatlararo  hamjihatlikni 

ta'minlashda  muhim  rol  o'ynamoqda.  Ularning  tashkil  topishi  bilan  millat 

vakillarida  o'z  urf-odatlari,  an'analari  va  tilini  qayta  tiklash  uchun  imkoniyatlar 

yaratildi.  Milliy-madaniy  Markazlar  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  tadbirlar 

millatlar  o'rtasida aloqalarning  yanada mustahkamlanishida  muhim ahamiyat kasb 

etmoqda.  Dinga  e'tiqod  erkinligi  ham  huquqiy  jihatdan  ta'minlangan.  Bugungi 

kunda  mamlakatimizda  ko'p  millatlilik  sharoitida  15  ta  diniy  konfessiya 

birlashmalari faoliyat ko'rsatib kelmoqda.  

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  XVII  bobida  Qoraqalpog'iston 

Respublikasining  maqomi  va  uning  suvereniteti  muhofaza  etilishi  mustahkamlab 

qo'yilgan.  O'zbekiston  Respublikasi  va  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  o'rtasidagi 

o'zaro  munosabatlarning  huquqiy  asoslari  Konstitutsiyaning  70-  75-moddalarida 

keng  yoritilgan.  Suveren  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  O'zbekiston  Respublikasi 




31 

 

tarkibiga  kiradi.  Bunday  holat  O'zbekistonning  va  Qoraqalpog'istonning  umumiy 



mushtarak manfaatlariga monand keladi. Qoraqalpog'iston suvereniteti O'zbekiston 

Respublikasi  tomonidan  muhofaza  qilinadi.  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlari 

Qoraqalpog'iston 

Respublikasi 

hududida 

ham 


majburiydir. 

O'zbekiston 

Respublikasi  va  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  o'rtasidagi  o'zaro  munosabatlar 

O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  doirasida  tuzilgan  shartnomalar  va 

bitimlar bilan tartibga solinadi.  

Qoraqalpog'iston 

Respublikasining 

konstitutsiyaviy 

belgilari: 

o'z 


konstitutsiyasiga 

egaligi, 

respublika 

parlamenti 

mavjudligi, 

respublika 

maqomining  O'zbekiston  Respublikasi  va  Qoraqalpog'iston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi  tomonidan  belgilanishi  tashkil  etadi.  1993-yilda  Qoraqalpog'iston 

Respublikasining  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi.  Bu  esa  o'zbeklar  bilan 

qoraqalpoqlarning abadiy birligi va qon-qardoshligini to'la tasdiqlaydi.  




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling