1 – jadval
Parametr
|
O‘lchov birligi
|
Uzunlik
|
Metr, (m)
|
Massa
|
Kilogramm, (kg)
|
Vaqt
|
Sekund, (s)
|
Elektr tokining kuchi
|
Amper, (A)
|
Harorat
|
Kelvin (K)
|
Yorug'lik kuchi
|
Kandela (kd)
|
Modda miqdori
|
Mol
|
Undan tashqari, standartda yana ikkita qo‘shimcha birlik nazarda tutilgan:
2 – jadval
Parametr
|
O‘lchov birligi
|
Yassi burchak
|
Radian (rad)
|
Fazoviy burchak
|
Steradian (sr)
|
Qolgan hamma birliklar yuqorida qayd etilgan birliklar asosida keltirilib chiqarilgan va ularning birliklari fizik tenglamalar orqali topiladi.
Misol yoki masalani yechishni boshlashdan avval qurilmaning tasviri (sxemasi yoki ishlab chiqarishning texnologik tasviri) ni chizib olib, unga hamma o‘lcham va kattaliklar qo‘yiladi. So‘ngra, masalaning boshlang‘ich ma’lumotlari va asosiy hisoblash tenglamalari bilan birgalikda asosiy formulalari aniqlanadi. Hisoblash formulasiga parametrlarning son qiymatlarini qo‘yib, to‘g‘ri qo‘yilganligi tekshiriladi va undan keyin algebrik hisoblashga kirishiladi. Olingan natijalar, qurilma yoki uskunaning amaliy ishlash rejimiga to‘g‘ri kelishi, mosligi tahlil qilinadi va jadval shakliga keltiriladi (uslubiy qo‘llanmada ishlangan misollarga e’tiboringizni qarating!).
Do'stlaringiz bilan baham: |