"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"


– misol. 0,25 g/atom oltingurgut 8 grammga teng. Oltingurgutning atom massasini toping


Download 333.76 Kb.
bet5/45
Sana07.05.2023
Hajmi333.76 Kb.
#1439345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Амал.маш.тик.lotin

3 – misol. 0,25 g/atom oltingurgut 8 grammga teng. Oltingurgutning atom massasini toping.

Yechish. g/atom S = 0,25; mS = 8 g; g/atom S = mS / AS bo‘lgani uchun, AS = mS/g/atom S = 8 / 0,25 = 32 a.m.b.


Gaz yoki bug‘ holatdagi moddalarning molekulyar massasini topish.
Gaz yoki bug‘ holatdagi moddalarning molekulyar massasini topish uchun gaz (bug‘) ning massasi, hajmi, bosimi va harorati ma’lum bo‘lishi kerak. Bu ma’lumotlar asosida gaz yoki bug‘ holatidagi moddalarning molekulyar massasi quyidagi usullar bilan topiladi:
1. Gaz yoki bug‘ning zichligiga asoslanib molekulyar massani topish. Avogadro qonuniga asosan bir hil sharoitda va barobar hajmda olingan ikki xil gaz massalari nisbatiga teng bo‘ladi.
m1/m2 = M1/M2

bu yerda, m1 va m2 – birinchi va ikkinchi gazlarning massasi; M1 va M2gazlarning molekulyar massasi.


Birinchi gaz ikkinchi gazdan necha marta yengil yoki og‘irligini ko‘rsatuvchi m1/m2 nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan nisbiy zichligi deyiladi va d harfi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra tenglamani shunday yozish mumkin:
d = M1/M2 bundan M1 = M2 · d

Ya’ni biror gazning molekulyar massasi shu gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi bilan ikkinchi gazning molekulyar massasi orasidagi ko‘paytmasiga teng.


Ko‘pgincha turli gazlarning zichligi hamma gazlarning eng yengili bo‘lgan vodorodga nisbatan aniqlanadi. Vodorodning molekulyar massasini yaxlitlab, ikkiga teng desak, M = 2 · d bo‘ladi.
Hozirgi kunda gazlarning molekulyar massasini ko‘pincha havoga nisbatan zichligidan foydalanib topiladi. Havo garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat bo‘lsa ham, uning o‘rtacha molekulyar massasi uning vodorodga nisbatan olingan zichligiga qarab topiladi, u, holda, zichligi 29 ga teng. Tekshirilayotgan gazning havoga nisbatan zichligi ma’lum bo‘lsa, unda M = 29 · d bo‘ladi.

Download 333.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling