"mineral o‘Gʻitlar kimyoviy texnologiyasi"
Download 333.76 Kb.
|
Амал.маш.тик.lotin
Nazorat topshiriqlari. Misol. I.3. Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning Neytralizatsiya bo‘limini moddiy va issiqlik balansini tuzing. 18 - jadval
Eslatma: Jarayonning issiqlik balansini tuzishda moddiy balans (13 - jadval) dan foydalaning! Ikki bosqichli bug‘latish bo‘limining moddiy hisobiMisol. 1.3. Ammoniyli selitra ishlab chiqarishning bug‘latish bo‘limini moddiy balansini tuzing. Bug‘lanishning birinchi bosqichi. Dastlabki ma’lumotlar: Bug‘lanishga kirayotgan eritma miqdori, (kg/soat). . . . . . . . . . . . . .. . . . . . .37500 Shundan: Ammoniyli selitra miqdori. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . .24000 Suv miqdori. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .13500 Bug‘latishga kirayotgan eritma konsentratsiyasi, (%). . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . .64 Qurilmadan chiqayotgan eritma konsentratsiyasi, (%). . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . 84 Bug‘latishga kirayotgan eritma harorati, (oS). . . . . . . . . . . . .. . . . .. . . . . . . .. . 100 Apparatning absolyut bosimi, (n/m2). . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . 0, 213 · 105 Chiqib ketayotgan eritma miqdori, kg/soat: 24000 · 100/84 = 28570 Chiqib ketayotgan eritma tarkibidagi suvning miqdori, kg/soat: 28570 – 24000 = 4570 Bug‘langan suv miqdori, kg/soat: 13500 – 4570 = 8930 Olingan natijalarni jadval shakliga keltiramiz. Bug‘lanishni birinchi bosqichining moddiy balansi. 19 - jadval
Bug‘lanishning ikkinchi bosqichi. Dastlabki ma’lumotlar: Bug‘lanishning ikkinchi bosqichiga kirayotgan eritma miqdori, (kg/soat)..28570 Shundan: Ammoniyli selitra miqdori. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . .24000 Suv miqdori. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . .4570 Bug‘latishga kirayotgan eritma konsentratsiyasi,(%). . . . . . . . . . . . . . . . . . .. .. 84 Qurilmadan chiqayotgan suyuqlanma konsentratsiyasi, (%). . . . . . . . . .. . . .. .. 98,5 Bug‘latishga kirayotgan eritma harorati, (oS). . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . 80 Apparatning absolyut bosimi, (n/m2). . . . . . . . . . . . . . .. .. . . . . .. . . . . .0,347 ·105 Chiqib ketayotgan suyuqlanmaning miqdori, (kg/soat): 24000 · 100/98,5 = 24366 Suyuqlanma tarkibidagi suvning miqdori, (kg/soat): 24366 – 24000 = 366 Bug‘lanayotgan suv miqdori, kg/soat: 4570 – 366 = 4204 Olingan natijalarni jadval shakliga keltiramiz. Bug‘lanishni ikkinchi bosqichining moddiy balansi. 20 - jadval
Ammoniyli selitra eritmasining konsentratsiyasi ortishi bilan (suyuqlanma holatiga o‘tishi) uning fizik hossalari ham o‘zgarib boradi (issiqlik sig‘imi, qovushqoqligi, zichligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalar) va eritmaning boshlang‘ich konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Bu parametrlar (issiqlik sig‘imi, qovushqoqligi, zichligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalar) yordamida bug‘latish apparatining yuzasini hisoblash mumkin. Bu esa eritmaning qurilma devoriga issiqlik berish koeffisienti hisoblab chiqishga yordam beradi. Bug‘latish apparatining yuzasini yanada aniqroq hisoblash uchun konsentrlangan eritmani bug‘latish jarayoni zonalarga ajratib olinadi. Masalan, bug‘latishning ikkinchi bosqichini hisoblashda shartli ravishda zonalarni beshga bo‘lamiz. Bunda eritma konsentratsiyasi va bosimi har xil bo‘ladi. Amaliy hisoblarga ko‘ra, bug‘latish apparatidagi bosimni (napor) yo‘qolishi gorizontal apparatlarda 100 mm. sm. ust. tashkil etadi. 21 - jadval
Download 333.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling