Mineral oʻGʻitlarning qishloq xoʻjaligidagi roli istamov Shaxzodbek Isom oʻgʻli Buxoro muhandislik-texnologiya institut magistranti


Download 34.5 Kb.
Sana28.06.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1657282
Bog'liq
1 Istamov Sh I


MINERAL OʻGʻITLARNING QISHLOQ XOʻJALIGIDAGI ROLI
Istamov Shaxzodbek Isom oʻgʻli Buxoro muhandislik-texnologiya institut magistranti
Sanoatni kun sayin oʻsishi va qishloq xoʻjalik maxsulotlariga talabni oshishi bilan mineral tuzlarga ixtiyoj ham orta boryapti. Ayniqsa mineral tuzlar xalq xoʻjaligini xomashyo bilan ta’minlashda, ozuqa mahsulotlari bilan ta’minlashda, xalq xoʻjaligi tarmoqini kimyolashtirishda katta axamiyatga ega. Mineral tuzlar ichida ayniqsa mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladigan tuzlarning axamiyati katta.
Hozirgi zamonda insoniyat oldidagi turgan muommolardan biri ozuqa mahsulotlari va sanoatni xomashyo bilan ta’minlashdir. Deyarlik xosildor yerlar hozirgi davrda qishloq xo‘jalik maxsulotlar olish uchun band desak bo‘ladi. Yangi yerlarni oʻzlashtirish deyarlik yechilmas muammoga aylandi desak bo‘ladi. Axolini soni kun sayin oshib boryapti. Shuning uchun axolining oziq-ovqat maxsulatlari bilan ta’minlashni faqatgina hosildorlikni oshirish yo‘li bilan bajarish mumkin. Hosildorlikni oshirishning birdan-biri asosiy yo‘li bu mineral o‘g‘itlarni ko‘plab ishlab chiqarishdan iborat.
Mineral o‘g‘itlar deb xosildorlikni oshirishga va yerning unumli qilishda ishlatiladigan, tarkibida o‘simlik uchun lozim bo‘lgan elemenlarga ega bo‘lgan tuzlarga aytiladi.
O‘simlik toʻqimalari turli elementlardan tashkil topgan bo‘lib, uning quruq qismini 90 % ni karbon, kislorod, vodorod tashkil qiladi. Qolgan 8-9% ning esa azot, fosfor, kaliy, magniy, sera, kalsiy, temir tashkil kiladi. Bu asosiy elementlardan tashqari o‘simlikni xayoti va modda almashinish jarayonini idora qilish uchun kerak bulgan elementlardan bor, mis, molibden, kobalt, ruq va boshqalar qam zarur elementlar bo‘lib hisoblanadi. Bu xammasi bo‘lib 1-2% ni tashkil qilgani sababli mikroelementlar deb ataladi.
O‘simlik o‘sish davrida karbon, vodorod va kislorodning asosiy qismini suvdan va havodan oladi, qolgan elementlarni esa tuproqdan oladi. Yuqori hosildorlikni olish imkoniyati bo‘lishi uchun yuqorida ko‘rsatilgan elementlarni, tuproqning tarkibida yetarli bo‘lishi kerak. O‘simlik tarkibidagi har bir element o‘ziga xos axamiyatga ega. Masalan, azot, o‘simlikning tarkibidagi oqsil moddasini tarkibiga kiradi. Oqsil protoplazma va xujayralarni tashkil qiluvchi modda. Bir olim aytganidek «Oqsilsiz xayot yo‘q, azotsiz oqsil yo‘q», demak azotsiz xayotni tasavvur qilib bo‘lmas ekan. Azot xloroform tarkibiga ham kiradi.
Fosfor esa o‘simlikning o‘sishida, ko‘payishida ishtirok etuvchi element bo‘lib hisoblanadi. Fosfor o‘simlik xayoti uchun zarur bo‘lgan fermentlar, vitaminlar tarkibiga ham kiradi. Ayniqsa o‘simlik urugʻlarida murakkab oqsillar sifatida (nukleoproteidlar) ham ishtirok etadi. Fosfor ayniqsa don o‘simliklari uchun, ularning hosildarligini, oshirishda tarkibidagi kerakli moddalarni oshirishda zarur elementlaridan biri hisoblanadi.
Hayot jarayonlari idora qilishda kaliy elementining ahamiyati katta. Kaliy modda almashinish jarayonini va suv rejimini ushlab turuvchi elementlardan biridir.
Shunday qilib yuqorida ko‘rsatilgan o‘simlik tarkibidagi 10 ta elementdan 3-tasi – azot, fosfor, kaliy ozuqa sifatida qo‘llash maqsadga muvofiq, qolgan elementlar esa tuproqda etarli miqdorda uchraydilar. Shuning uchun shu 3 element ozuqa moddasi sifatida ishlatiladi va ularning tuzlari esa mineral o‘g‘itlar deb ataladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. Mineral o'g'itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik xisoblari Kodirova D.T. Farg'ona Kimyo, O'quv qo'llanma, 2018, O`zbekiston, O'zbek
2. Mineral o‘g ‘it ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari G‘afurov Q. Fan va texnologiyа Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati, Darslik, 2010, O`zbekiston, Oʻzbek
3. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining biokimyosi Alimova R. A. Iqtisod-Moliya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, O'quv qo'llanma, 2018, O`zbekiston, O'zbek
4. www.ziyonet.uz
5.Qishloq xoʻjalik ekinlarini zarorlovchi moddalar, kanalar va ularga qarshi Kkurash choralarii Fayzullayev B., Xudoyqulov A., Axmedjanov Sh. SamDU Biologiya, O'quv qo'llanma, 2021, O`zbekiston, Lotin
Ilova: @istamovshaxzod8gmail.com
Muallif telefon raqami: +998907456543
Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling