Minerallar

Download 1.74 Mb.
bet2/6
Sana31.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1144528
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Minerallar

2) Fizik belgilariga qarab tarkibi va strukturasi bir xil bo‘lsayu, lekin fizik xususiyatlari bilan farq qilsa: masalan, ametist rangsiz kvarsdan gunafsha rangi bilan farq qiladi yoki pirolyuzit (MnO2) ning qurum shaklidagi xili kristallangan individlaridan (polianitdan) disperslanish darajasi va qattiqligi oz bo‘lishi bi­lan farq qiladi;

3) Bir vaqtda ham tarkibiga, ham fizik xususiyatlariga qarab; masalan, sfaleritning (ZnS) tarkibida ancha temir bo‘lgan xili ko‘pincha och rangli, asosiy sfaleritdan ancha to‘q-qoramtir, deyarli qora rangli bo‘lishi va boshqa belgilari bilan farq qiladi.

Mineralning muayyan kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan har bir turi o‘ziga xos nomga egadir. SHuningdek, polimorf modifikatsiyalar ham ko‘pincha alohida-alohida nom bilan yoki old qushimchalar bo‘lib keladigan grek harflari α, β, γ ... bilan qo‘shib bitta umumiy nom bilan ataladi. Minerallar xillariga kelganda shuni aytish kerakki, ularga o‘tmishda kimyoviy tarkibida muhimroq farq bo‘lmasa ham maxsus nom berilaverar edi. Hozirgi vaqtda bu nomlarning ko‘plari yo‘qolib ketdi. Faqat qimmatbaho toshlar nomlari (zumrad, yoqut, sapfir, ametist, sitrin, morion va boshqalar) saqlanib qolgan. Minerallarning boshqacharok tarkibga ega bo‘lgan turlari o‘zining nomi bilan yuritiladi, lekin tarkibidagi ma’lum farqni ko‘rsatadigan sifat yoki old qo‘shimcha qushib aytiladi (masalan, magnomagnetit, stronsionaragonit)

Minerallarning klassifikatsiyasi. Er po‘stini tashkil qilgan tog‘ jinslari minerallardan tuzilgan. Mineralogiya faniga ma’lum bo‘lgan minerallar 4000 dan oshib ketgan. Ularni ilmiy tadqiqot institutlarida tekshirish, hosil bo‘lgan sharoitini aniqlash, foydali qazilmalarni qidirishda muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun hamma minerallarni tartibga solish, ya’ni klassifikatsiyalash kerak.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling