Minerallar


Download 1.74 Mb.
bet1/6
Sana31.01.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1144528
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Minerallar

Minerallar

Reja

Kirish qismi

Mineral (frans. mineral — ruda) — Yer (va boshqa kosmik jismlar)ning sirti va ichida fizikkimyoviy jarayonlar natijasida hosil boʻlib, kimyoviy tarkibi va fizik xususiyatlari bir biriga oʻxshash boʻlgan tabiiy jism; asosan, togʻ jinslari, ruda va meteoritlarning tarkibiy qismi.

Minerallarning turlari va xillari. Tabiiy kimyoviy birikmalarni sistemaga (ma’lum tartibga) solishda mineral turlari asosiy klassifikatsiyalash birligi bo‘lib qoladi. Mineral turlari o‘ziga xos muayyan kimyoviy tarkibga va muayyan kristall strukturasiga ega bo‘ladi.

Minerallarning turlari va xillari. Tabiiy kimyoviy birikmalarni sistemaga (ma’lum tartibga) solishda mineral turlari asosiy klassifikatsiyalash birligi bo‘lib qoladi. Mineral turlari o‘ziga xos muayyan kimyoviy tarkibga va muayyan kristall strukturasiga ega bo‘ladi.

SHu nuqtai nazardan qaraganda ma’lum bir kristallangan moddaning polimorf moddifikatsiyalari alohida-alohida mustaqil mine­ral turlaridan iborat (grafit va olmos, α-oltingugurt va β-oltingugurt va boshqalar).

Ikki izostrukturali (bir xil strukturali) moddalar bir-biri bilan aralashib qattiq eritmalar uzluksiz qatorini (masalan, Au-Aq, MnWO4 — Fe WO4 va boshqalar) hosil qilgan hollarda fizik-kimyoviy nuqtai nazardan qaraganimizda bitta fazaga ega bo‘lamiz. SHunga qaramay, mineralogiya amaliyotida ko‘p hollarda izomorf qatorning faqat chekka a’zolarinigina emas, balki tarkibiga ko‘ra o‘rtada joylashganlarini ham alohida-alohida nomlar bilan atashga odatlanganmiz (masalan: oltin-elektrum-kumush; gyubnerit-volframit-ferberit; albit-oligoklaz-andezin-labrador-bitovnit-anortit).

Mineral xillari deb aytilganda kristall tuzilishi bir xil yoki bir-birga juda ham yaqin, faqat quyidagi belgilari bilan qisman farq qiladigan birikmalar tushuniladi:

1) Kimyoviy tarkibiga qarab shu mineral tarkibni belgilaydigan kimyoviy komponentlardan biri qisman boshqa kimyoviy kompo­nent bilan izomorf o‘rin almashgan bo‘lsa; masalan, kobalt-pirit (Fe, So)S2 — piritning bir xili bo‘lib, piritdan kimyoviy reaksiyalarsiz ajratib bo‘lmaydi;


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling