Minerallarning turlari va xillari
Download 44.07 Kb.
|
Minerallarning kimyoviy harakteristikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- M o l i b d e n i t
- Mirabilit yoki glauber
- Hind selitrasi
- Talk — H 2 Mg 3 Si 4 0 12
- Galit yoki osh tuzi
- Kalsit ohakli shpat
- Zmeevik yoki serpentin
Suvli fosfatlar guruhiga:
Vivianit – Fe32+(PO4)2 . 2H2O Skorodit – Fe3+(AsO4) . 2H2O Feruza – CuAl6 (PO4)4 (OH)8 . 5H2O kiradi. 9. N i t r a t l a r s i n f i. Bu sinfga azot kislotasi (HNO3) ning suvda oson eriydigan tuzlari kiradi. Nitratlar er po‘stida organik qoldiqlarning biokimyoviy parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Nitrat minerallaridan (NaNO3) natriyli va kaliyli (KNO3) selitralar qishloq xo‘jaligida azot o‘g‘itlari olish uchun muhim xom ashyo hisoblanadi. Natriyli selitra koni CHilidagi And tog‘ tizmalarida topilgan. 10. S i l i k a t l a r. Bu sinf minerallari kremniy va alyumin kremniy kislotalarining tuzi bo‘lib er po‘stida magmatik va metaformik jarayonlari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun silikatlar sinfi minerallari bilan ko‘pchilik foydali qazilma xom ashyolari aloqador. Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallar 800 ga yaqin bo‘lib, er po‘stining 70 % idan ortig‘ini tashkil etadi. Bu sinf minerallarining kimyoviy nurashidan hosil bo‘lgani kaolinit chinni olishda ishlatiladigan muhim xom ashyodir. Silikatlar sinfiga kiruvchi minerallar magmatik va metamorfik jinslarning tarkibini tashkil qilganligi uchun ularning fizik xossasini o‘rganish amaliy ahamiyatga egadir. Mineral va foydali qazilmalar 1. Grafit — S. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi-1. Solishtirma og‘irligi -2-2,4 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi po‘latga o‘xshash kulrang, qora. CHizig‘ining rangi kulrang-qora, yaltiroq, ulanish yuzasi yaxshi rivojlangan. Geksagonal singoniyali. Qog‘ozda chiziq qoldiradi, qo‘lga yuqadi. Kelib chiqishi er ostidagi ko‘mirning magma bilan tutashgan joyi — kontaktda, metamorfik tog‘ jinslar — gneys, slanetslar orasida, nordon, o‘rta nordon va asosli magmatik tog‘ jinslarda uchraydi. Ishlatilishi: grafit metallurgiyada yuqori sifatli uchta chidamli material sifatida, elektr sanoatida elektrodlarni tayyorlashda, grafitlarning yaxshi sorti qalam va qora buyoqlar tayyorlashda ishlatiladi. 2. M o l i b d e n i t — Mo S2 sulfidlar sinfga xos. Qattiqligi — 1-1,5. Solishtirma og‘irligi — 4,8—5 g/sm3, metallsimon yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang. CHizig‘iniig rangi och yashil, ulashish yuzasi yaxshi ko‘rinadi. Geksagonal singoniyali. Grafitga o‘xshash qog‘ozda chiziq qoldiradi. YUqa varaqlari egiluvchan. Kelib chiqishi: nordon magmatik jinslar paydo bo‘layotganda har xil yuqori haroratda eritmalardan kvars bilan birga hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, ba’zi jinslar bilan kontaktlarda ham uchraydi. 3. Antimonit — surma yaltirog‘i Sb2S3, sulfidlar sinfiga xos, qattiqligi— 2,5. Solishtirma og‘irligi — 4,6 g/sm3. Metallsimon, yaltiroq. Rangi qo‘rg‘oshinga o‘xshash kulrang, po‘latsimon kulrang, chizig‘ining rangi qo‘rg‘oshinsimon kulrang. Ulanishi o‘ta mukammal, murt mineral. Nitrat kislotada eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra issiq suv eritmalari (gidrotermal) sharoitlarda hosil bo‘ladi. Rudali tomirlarda va cho‘kindi jinslar orasida uchraydi. Antimonit muhim surma xom ashyosidir (meditsina, tuqimachilik, shisha, fotografiya, rangdor, chidamli metall olishda ishlatiladi). 4. Gips — SaSO4 2N2O, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1.5—2. Solishtirma og‘irligi — 2,3 g/sm3, shishasimon, sadafsimon va shoyisimon yaltiroq. Rangsiz, oq, kulrang, och pushti, sariq, qizil, qora; chizig‘iniig rangi oq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali. Mineralning ingichka tolalari egiluvchan. Xlorid kislota kuchsiz ta’sir etadi. Gipsning turlari: oq rangli mayda donador gipsni alebastr, ingichka tolali, ipaksimon yaltiroq gipsni esa selenit deyiladi. Kelib chiqishiga ko‘ra tiniq, kimyoviy cho‘kindi, angidritlardan gidrotatsiya yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Gips minerali cho‘kindi jinslarning orasida keng tarqalgandir. Ishlatilishi: gips juda muhim qurilish materiali, kuydirilgan gips haykaltaroshlikda va meditsinada qo‘llaniladi. Bundan tashqari gips kimyo sanoatida, sement tayyorlashda va qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi. Gips tiniq optik priborlar tayyorlashda ishlatiladi. 5. Mirabilit yoki glauber tuzi Na2SO3 • 10N2O sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1,5-2. Solishtirma og‘irligi —1,4-1,5 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangsiz, oq, chizig‘ining rangi oq, tiniq, ulanishi mukammal. Monoklin singoniyali, juda murt, mazasi bir oz achchiq. Kelib chiqishiga kura kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, dengiz va ko‘llardan olinadi. Ishlatilishi: kimyo sanoatida soda olishda, oyna zavodlarida, buyoq ishlashda qo‘llaniladi. Bulardan tashqari sovitish ishlarida va meditsinada xom ashyo materiali sifatida muhim ahamiyatga egadir. 6. Vivianit — 3FeO — R2O5 • 8N2O suvli fosfatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1,5-2. Solishtirma og‘irligi—2,9 g/sm3. SHishasimon va sadafsimon yaltiroq. Rangsiz, havo rang, to‘q yashil, to‘q ko‘k. CHizig‘i rangsiz. Oksidlanganida esa ko‘k qung‘ir tiniq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali, murt mineral, xlorid va nitrat kislotalarda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra organik moddali jinslarda: torf, dengiz va ko‘llarda qo‘ng‘ir temir toshlar, ya’ni limonitlar orasida hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: qishloq xo‘jaligida fosforli ug‘it sifatida, buyoqchilikda ko‘k buyoq olishda foydalaniladi. 7. Hind selitrasi — kaliyli selitra – KNO3(K2O—46,5%, N205—53,5%) nitratlar kenja sinfiga mansub. Qattiqligi—2. Solishtirma og‘irligi — 2 g/sm3, shishasimon, shoyisimon yaltiroq. Rangsiz, oq kulrang, chizig‘ining rangi oq, ulanishi mukammal yaxshi. Romboedr singoniyali, murt mineral, mazasi bir oz sho‘r. Kelib chiqishiga ko‘ra asosan quruq va issiq oblastlarda azotli organik qoldiqlar — qush, hayvonlar chirindisidan va azotli bakteriyalardan hosil bo‘ladi va ular qadimgi shaharlar o‘rnidagi tuproqlarda va ungurlarda uchraydi. Bundan tashqari, selitralar magmatik jarayonlardan ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: kaliy va natriyli selitralar qishloq xo‘jaligida azot o‘g‘itlari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari oyna sanoatida, oziq-ovqat sanoatida — go‘sht, baliqlarni konservalashda va har xil portlovchi moddalarni tayyorlashda qo‘llaniladi. 8. Silvin — KS1, galoidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—1,5-2. SHishasimon yaltiroq. Rangsiz, qizil, pushti rangli, chizig‘ining rangi oq, ulanishi o‘rta mukammal. Romboedr singoniyali. Murt mineral, mazasi achchiq, sho‘r, achituvchi va suvda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra galitga o‘xshaydi, kimyoviy cho‘kindi. Ishlatilishi: silvin kaliy ug‘iti bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. 9. Oltingugurt — S. Sof elementlar sinfiga xos. Qittiqligi 2—1. Solishtirma og‘irligi —2 g/sm3, moysimon yaltiroq, rangi och sariq, qo‘ng‘ir, sarg‘ish kulrang, qora chiziq bermaydi, ulanishi o‘rtacha, romboedr singoniyali. Oltingugurt murt, tez yonadi va o‘zidan bug‘uvchi gaz chiqaradi. Kislotalarda erimaydi. Kelib chiqishiga ko‘ra oltingugurt vulkan jarayonida er ostidan chiqadigan bug‘lar va NS1 kislotasining vulkan kraterida yigilishidan hamda organik moddalari asosan ko‘p bo‘lgan gips (ganch — Sa S04 + 2N20) ning kimyoviy nurashidan (sof oltingugurtlar) paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari oltingugurtli minerallardan, asosan piritning oksidlanishidan va mikroorganizmlardan, oltingugurtli bakteriyalardan ham paydo bo‘ladi. Ishlatilishi: oltingugurt kislotasini olishda, rezina sanoatida, oziq-ovqat (qand-lavlagi) va kimyo sanoatlarida katta ahamiyatga ega. 10. Talk — H2Mg3 Si4012 , silikatlar sinfiga kiradi. Qattikligi —1. Solishtirma og‘irligi —2,7 —2,8 g/sm3, moysimon va sadafsimon yaltiroq. Rangi och yashil, sarg‘ish, qo‘ng‘ir, kulrang, chizig‘ining rangi oq, ulanishi o‘ta mukammal, monoklin singoniyali. Bargsimon yupqa talk egiluvchan, barmoqlar orasida sovunga o‘xshaydi. Kislotalarda erimaydi. O‘tga chidamli. Kelib chiqishiga ko‘ra talk magniyga boy bo‘lgan asosli va o‘ta asosli magmatik gabbro, peridogit, piroksenit kabi tog‘ jinslarining o‘zgarishidan, rogovaya obmanka va magniyli boshqa minerallarning gidrotermal (issiq) suvlar ta’sirida o‘zgarishidan paydo bo‘ladi. Bundan tashqari talk kontakt-metasomatik jarayonlar natijasida ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: ingichka tolali talk qog‘ozi rezinka sanoatida qo‘llaniladi. Temirsiz talk upa, pastalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Keramika, chinni sanoatida o‘tga chidamli idishlarni va g‘ishtlarni tayyorlashda foydalaniladi. 11. Mis — Si. Sof elementlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2,5—3. Solishtirma og‘irligi —8,5— 8,9 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi misga o‘xshash qizil, yaltiroq, ulanishi yo‘q. Kub singoniyali, elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Xlorid kislotada kuchsiz, nitrat kislotada esa engil parchalanadi. Kelib chiqishga ko‘ra tabiatda sof mislar litosferaning yuqori qavatlaridagi issiq suv eritmalarining sovishidan, o‘rta va asosli otqindi— vulkanik jinslar hamda mis rudasi minerallarining nurashidan kelib chiqadi. Ishlatilishi: mis metall sifatida elektrotexnikada, mashinalar yasashda va har xil priborlar ishlashda qo‘llaniladi. 12. Kinovar — NgS, sulfidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2,5-3. Solishtirma og‘irligi — 8-8,2 g/sm3. YArim metallsimon yaltiraydi, och yarqiroq qizil. CHizig‘ining rangi qizil, ulanish yuzasi yaxshi, geksagonal singoniyali. Mineral murt, elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazmaydi. Xlorid va nitrat kislotalarning aralashmasida eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra: faqat past haroratli issiq suv eritmalaridan hosil bo‘ladi va er tomirlarida uchraydi. Ishlatilishi: simob olishda yagona xom ashyo — rudadir. Bundan tashqari badiiy san’atda qo‘llaniladigan qizil bo‘yoqlar olishda foydalaniladi. 13. Boksit — A1202N20 va A1203 • ZN20 gidrooksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —1-3. Solishtirma og‘irligi —2,5—3 g/sm3. Xira yaltiroq, rangi qizil g‘ishtsimon, qo‘ng‘irsimon, chizig‘i och sariq qo‘ngir. Ulanishi o‘rtacha mukammal, amorf. Kelib chiqishiga ko‘ra asosan kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, ular dengiz va ko‘llarda, balchiqlarda hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: boksit alyuminiy va sun’iy korund olishda xom ashyodir. 14. Galenit yoki qo‘rg‘oshin yaltirog‘i —RbS, sulfidlar sinfiga mansub. Solishtirma og‘irligi — 7,5 g/sm3, metallsimon yaltiroq, rangi qo‘rg‘oshinsimon, kulrang, chizig‘ining rangi kulrang-qora, tiniq emas, xira, qattiqligi —2-3. Ulanish yuzasi o‘ta mukammal. Kub singoniyali. Murt mineral, elektr tokini kuchsiz o‘tkazadi, nitrat kislotada tez eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra gidrotermal eritmalardan hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: galenit asosan qo‘rg‘oshin rudasi bo‘lib, sanoatda katta ahamiyatga ega. 15. Galit yoki osh tuzi — NaS1, galoidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —2-2,5. Solishtirma og‘irligi —2-2,2 g/sm3, shishasimon yaltiroq, ulanishi mukammal. Rangsiz, oq, kulrang, sariq, qizil, pushti, qo‘ngir, tiniq, chizig‘ining rangi oq. Kub singoniyali, galit murt, mazasi sho‘r, suvda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, dengiz va kul suvlarining bug‘lanishidan, osh tuzining cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: galit asosan oziqovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Ot tuzidan xlorid kislotasi, xlor, sodalar olinadi, bular metallurgiyada, meditsinada ishlatiladi. 16. Karnallit — KS1 • MgSl2 • 6H2O, galoidlar sinfiga xos, qattiqligi —2-3. Solishtirma og‘irligi—1,6 g/sm3, shishasimon yaltiroq. Toza karnallit rangsiz, sutga o‘xshash oq, och qizil, pushti, chizig‘ining rangi oq, ulanishi yo‘q. Romboedr siigoniyali. Murt mineral, mazasi achchiq-sho‘r, achituvchi, suvda engil eriydi. Dengizda kimyoviy cho‘kindilardan paydo bo‘ladi. Karnallit qishloq xo‘jaligida kaliy o‘g‘iti olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kimyo sanoatida karnallit kaliy va magniy tuzlari olishda qo‘llaniladi. 17. Kalsit ohakli shpat — SaSOz, karbonatlar sinfiga xos. Qattiqligi —3. Solishtirma og‘irligi—2,7 g/sm3, shishasimon yaltiroq, rangi oq, sariq, kulrang, yashil. CHizig‘ining rangi oq, ulanishi mukammal, trigonal singoniyali. Murt mineral, kuchsiz xlorid kislota ta’sirida engil eriydi, gaz ajralib chiqadi. Kelib chiqishiga ko‘ra ko‘pchilik kalsitlar issiq va sovuq suv eritmalaridan hosil bo‘lgan. Bundan tashqari, kalsit organik qoldiqlardan — dengiz, okeanlarda yashaydigan har xil chig‘anoqlar, mollyuskalar, marjonlar, trelobolitlar va boshqa hayvonlar qoldiqlaridan kelib chiqadi. Kalsit metamorfik jarayonlarda marmarni tashkil etadi. Tiniq rangli kristallari Islandiya shpati deyiladi. Islandiya shpati nurni ikkiga bo‘lib o‘tkazadi, ular polyarizatsion priborlar, nikel prizmalari tayyorlashda qo‘llaniladi. Oxaktoshlar va sement materiallari qurilishda qotishma sifatida, metallurgiya sanoatida ishlatiladi. 18. Muskovit —KA12(ON)2 (A1Si3O10), silikatlar sinfiga xos, solishtirma og‘irligi—2,7-3,1 g/sm3, qattiqligi—2,5, shishasimon va sadafsimon yaltiraydi, yupqa varaqlari tiniq, rangsiz oq, chizig‘i rangsiz oq. Ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali. Muskovitning yupqa bargsimon bo‘laklari egiluvchan, elektr tokini o‘zidan o‘tkazmaydi, kislotalarda erimaydi. Paydo bo‘lishi: magmatik nordon va o‘rta magma jinslarda mayda kristall shaklida pnevmotoliz, gidrotermal va metamorfik jarayonlardan ham kelib chiqadi. Ishlatilishi: muskovitdan elektrotexnikada izolyasiya sifatida foydalaiiladi. U yirik kristall kondensatorlar, elektr lampalari, telefonlar, modali kuzoynak tayyorlashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari maydalangan muskovit kukuni o‘tga chidamli qurilish materiali — gulli qog‘ozlar, kartonlar, avtomobil shinalarini tayyorlashda, elektr choynak va dazmollarda ishlatiladi. 19. Biotit —K(Mg, Fe)3 (ON)2 (A1Si3O10). Silikatlar sinfiga kiradi. Solishtirma og‘irligi—2,7-3,1 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, yupqa varaqlari tiniq. Rangi qo‘ng‘ir, och yashil, qora, chizig‘i och yashil, oq, ulanishi o‘ta mukammal. Monoklin singoniyali. YUpqa varaqlari egiluvchan, xlorid kislota kuchsiz ta’sir etadi, konsentrlangan sulfat kislotada parchalanadi. Biotitning kelib chiqishi muskovitga o‘xshash bo‘lib, ko‘pchilik muskovit konlari biotit konlari hamdir. Biotit nordon, o‘rta asosli magmatik jinslarda va uning effuziv turlarida, traxit va boshqa turlarida ko‘p uchraydi. Bulardan tashqari biotit metamorfik tog‘ jinslarida, slanetslarda va gneyslarda ham ma’lum miqdorda uchraydi. Biotit tog‘ jinslarini hosil qiluvchi mineral bo‘lib, amalda qo‘llanilmaydi. 20. Zmeevik yoki serpentin — Mg6 (ON)8 Si4O10) silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—2,5-3. Solishtirma og‘irligi—2,5-2,7 g/sm3, shishasimon va moysimon yaltiroq. Rangi sarg‘ish, yashil, to‘q yashil, butilkasimon yashil, och qo‘ng‘ir. CHizig‘ining rangi oq, och yashil, ulanishi yuq. Singoniyasi aniqlanmagan. Mineral xlorid va sulfat kislotalarda parchalanadi. Serpentin olivinli o‘ta asosli magmatik tog‘ jinslarida; piroksinit, dunit, periodit va olivinli jinslar, rogovaya obmanka va boshqa minerallarning gidrotermal jarayonlarda o‘zgarishidan kelib chiqadi va serpentinit tog‘ jinslarini hosil qiladi. Rangi chiroyli. Qattiq zmeevikdan siyohdonlar, shkatulkalar, kuldonlar yasaladi. Bundan tashqari kimyo sanoatida serpentin magnit birikmalarini olishda xom ashyo sifatida foydalaniladi. Asbestniig tolalaridan o‘ta chidamli ustki kiyimlar, olovga chidamli qog‘ozlar, kartonlar tayyorlanadi. Asbest elektrotexnikada izolyasiya materiallari va o‘tga chidamli buyoqlar tayyorlashda katta rol o‘ynaydi. Xulosa
Download 44.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling