Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet25/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Tetraedrit – Cu12Sb4S13 yoki 3Cu2Sb2S3. Mineral nomi uchraydigan kristall shakllariga muvofiq berilgan tetraedrit aynama ma`danlarining (bleklaya ruda) tipik vakillari hisoblanadi. Aynama ma`danlar tarkibida ayrim komponentlarning miqdori quyidagicha bo`ladi(% hisobida): Cu–22-53, Ag–0-18, Zn–0-9, Fe–0-13, Hg–0-17, As–0-20, Sb–9-29,2, Bi–0-4,5, S–20,6-29,1. Tetraedrit singoniyasi–kubik. Bo`shliqlardan topilgan kristallari tetraedrik qiyofaga ega, ammo ko`pincha yaxlit massalar, noto`g`ri shakllarda uchraydi. Rangi–po`latdek kulrang, temirdek qora, ba`zan qo`ng`irroq ranglarda. Shaffof emas, yarim metalldek yaltiraydi. Qattiqligi 3-4, ulanish tekisligi ko`rinmaydi, solishtirma og`irligi 4,4-4,5 atrofida ancha mo`rt mineral, elektr tokini kuchsiz o`tkazadi. Tetraedrit, xalkopirit, pirit, oltin, aykinitlarda yirik kristalli (5-10 sm) Rossiyadagi Berezovsk oltin-kvars konida topilgan. Bu mineral Darasun (Chita, Rossiya) oltin konida ikkinchi darajali mineral. Tetraedrit vulkanik jinslarga aloqador ma`dan minerallarida keng tarqalgan (Ikuno, Xonsyu, Yaponiya).

Enargit – Cu3AsS4Nomi yunoncha «enargis» aniq, yoki aniq ko`rinib turadigan ulanish tekisligiga asoslangan. Tarkibida Cu-48,3%, A–19,1%, S–32,6% miqdorida uchraydi. Aralashma sifatida Sb–6,5%, Fe-5,7% va kam miqdorda Pb, Zn, Ag bo`ladi.
Enargitning singoniyasi rombik. U taxtachasimon ko`rinishda, yaxlit donali massalar va xol-xol donalar bo`lib topiladi. Uning rangi po`latdek kulrang, ba`zan qora bo`ladi, u shaffof emas, yarim metall kabi kuchli yaltiraydi. Enargitning qattiqligi 3,5, mo`rt mineral, solishtirma og`irligi 4,5%, elektrni kuchsiz o`tkazadi. Enargitni soda bilan qizdirganda mis sharchasi ajralib chiqadi. Odatda, enargit gidrotermal jarayonda yuzaga keladigan aynama ma`dan (bleklaya ruda)larda xalkopirit, galenit, pirit va boshqalar bilan birga uchraydi. Yirik uyumlari mis va margimush olishda asosiy manba hisoblanadi.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling