Mineralogiya
G i d r o o k s i d l a r
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brusit – Mg(OH) 2 .
- Gyotit – HFeO 2 .
G i d r o o k s i d l a r
Bu guruhga kiradigan minerallar orasida eng muhim ahamiyatga ega bo`lgan gidratlar yoki gidrooksidlar deb yuritiladigan minerallar, yana metallarning oksidlar tarkibidagi kislorod va ON gidrooksil guruhi bilan hosil qilgan birikmalari kiradi. Masalan, magniy oksidi – MgO o`rnida Mg(OH)2, aluminiy oksidi Al2O3 o`rnida 2AlO(OH) yoki 2Al(OH)3 . Gidrooksidlarning aksariyati past haroratda hosil bo`ladi. Juda issiq iqlimli maydonlarda tarkibidagi suvni yo`qotib yana oksidlarga aylanadi. Brusit – Mg(OH)2 . Tarkibida 69% MgO va H2O – 31% mineral trigonal singoniyali bo`lib, qatlam-qatlam holda tuzilgan. Brusitda anion sifatida dipol gidrooksil guruhi [OH]-1 ishtirok etadi. Brusit mineralining uchraydigan kristallari qalin taxtachasimon shaklli, talьkka o`xshash varaqsimon agregatlar holida uchraydi. Brusitning rangi oq, rangsiz, ba`zan biroz yashil tusda bo`ladi va sadafdek yaltiraydi. Brusitning qattiqligi – 2,5, solishtirma og`irligi – 2,4. Brusit erigan magniy birikmalarning ishqorli muhitda gidrolizlanish natijasida yuzaga keladi. Brusitning juda katta uyumlari magniyga xomashyo hisoblanadi. Gyotit – HFeO2. Mineralning nomi shoir Gyote (1749-1832) sharafiga qo`yilgan. Tarkibida Fe2O3 – 89,9%, H2O – 10,1% bo`ladi. Rombik singoniyali. Odatda kristallari ignasimon, ustunchasimon qiyofalarda bo`ladi. Ko`proq minerallarning ichki tuzilishi ingichka radial yoki parallel tolalardan iborat oqiq buyraksimon shakllarda bo`ladi. Getitning rangi to`q qo`ng`irdan qoragacha. U yarim metalldek yaltiraydi. Qattiqligi – 5,5, solishtirma og`irligi – 4,0-4,4. Getit ignasimon yoki ustunsimon kristall shakllarida ko`ramiz. U asosan ekzogen mineral bo`lib, doimo kolloromorf yoki metakolloid massalar shaklida tarqalgan. Demak, getit yer yuzasining eng ustki qismida kislorod va suv yetarli bo`lgan sharoitda hosil bo`ladi. Bu mineral ham temir olishda xom ashyo hisoblanadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling