Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
Psilomelan – MnO · MnO2 · nH2O. Kimyoviy tarkibi o`zgaruvchan MnO – 60-80%, H2O – 4-6% atrofida. Rombik singoniyali, ko`pincha koncentrik zonal tuzilishdan oqiq shakllar yoki dendritsimon gardlari ham uchraydi. Uning rangi qora ba`zan qo`ng`ir-qora, yarim metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi – 4-6, solishtirma og`irligi 4,4-4,7 ancha mo`rt. Bu guruhga kiradigan minerallar ma`danlarning oksidlanish zonalarida cho`kish yo`li bilan hosil bo`ladi. Psilomelanli gigant cho`kindi marganec konlari (Chiaturi – Gruziya, Nikopol – Ukraina) mavjud.
K a r b o n a t minerallari Karbonat guruhi minerallari Yer po`stida juda keng tarqalgan. Keyingi yillarda olingan ma`lumotlarga qaraganda karbonatlar minerallarining soni 90 dan ortiq. Ularning oralarida keng tarqalganlari: Kalsit – CaCO3 Aragonit – CaCO3 Magnezit – MgCO3 Stronsianit– SrCO3 Smitsonit – ZnCO 3 Viterit – BaCO3 Rodoxrozit – MnCO3 Serussit – PbCO3 Siderit – FeCO3 Dolomit – CaMg(CO3)2 Malaxit – Cu2 [CO3 ](OH)2 Azurit – Cu3(CO3)2(OH)2 Bular orasida kalsit – CaCO3 juda ko`p tarqalgan bo`lib, u asosan dengiz cho`kindisi tariqasida g`oyat katta qatlamlarni tashkil qiladi. Bulardan tashqari karbonatlar turli konlarda ma`dan minerallarining yo`ldoshi sifatida xizmat qiladi. Karbonatlarning asosiy kationlari quyidagilar: Ca, Mg, Na, Fe; nisbatan kamroq - Cu, Zn, Pb, Mn, Tr, Bi. Suvsiz korbanatlarning qattiqligi yuqori bo`lmaydi, odatda 3-5 atrofida karbonatlarning suvda eruvchanligi yuqori. Karbonat guruhi minerallarining rangi xilma-xil. U asosan ion-xromoform elementlarga bog`liq. Masalan, mis karbonatlar – yashil va ko`k, uranli-sariq. Lantanoidga boy karbonat minerallari - qo`ng`ir, kobaltli binafsha, ammo asosan ular rangsiz bo`ladi. Aksariyat karbonatlar ekzogen va gidrotermal jarayonlarda paydo bo`ladi, chunki ularning ko`pchiligi okean va dengizlarda, nisbatan kamrog`i – gidrotermal sharoitda yuzaga keladi. Karbonat guruhiga kiradigan minerallar suvsiz va suvli turlarga bo`linadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling