Mineralogiya


Xromshpinelidlar –(Mg,Fe),(Cr,Al,Fe)


Download 1.54 Mb.
bet31/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Xromshpinelidlar –(Mg,Fe),(Cr,Al,Fe)2O4
Kimyoviy tarkibiga binoan xromshpinelidlar quyidagi turlarga bo`linadi: xromit – FeCr2O4, magnoxromit (Mg,Fe)Cr2O4, alumoxromit – Fe(Cr2Al)2O4 va xrompikotit (Mg,Fe)(Cr,Al)2O4 . Ushbu turlarda Cr2O3 miqdori 18-62% gacha o`zgaradi, FeO – 0-18%, MgO – 6-16%,
Al2O5 – 33%, Fe2O3 – 2-30%. Bulardan tashqari tarkibida TiO2 – 2% gacha, 1,0% chamasi MnO va biroz vanadiy oksidi bo`ladi. Ular kubik singoniyali. O`ta asosli jinslarda xromit oktaedrik shakllarda mavjud.
Donador, yirik kristalli yaxlit agregatlar tarzida uchraydi. Rangi qora, yarim shaffof ba`zan to`q qizil, jigar rangli. Xromshpinelidlarning yaltirog`ligi metalldek, qattiqligi – 5,5-7,5 ulanish tekisligi yo`q, solishtirma og`irligi – 4,8, tarkibida temir bo`lgan xromshpinelidlar kuchsiz magnit tortish xususiyatiga ega. Xromshpinelidlar doimo o`taasos magmatik jinslarning oralarida shtok, uyasimon, ustunsimon shaklli yirik konlar hosil qiladi. Ayrim o`taasos intruziv jinslarda xromshpinelidlar platinoid guruhi minerallari bilan birga paragenetik bog`liqligi aniqlangan. Nurash zonalarida xromshpinelidlar kimyoviy barqaror, ammo issiq iqlimli sharoitda ular ham oksidlanadi va parchalanadi.
Mashhur xromit konlari Kampirsoy, Saranovsk (Rossiya), Yangi Kaledoniya, Turkiya va Kubalarda joylashgan. Xromitlar guruhiga kiruvchi minerallar xrom qazib olishda birdan-bir xomashyo hisoblanadi.

Shpinel – MgAl2O4. Tarkibida MgO – 28,2, Al2O3 – 71,8% tashkil etadi. Bulardan tashqari FeO, ZnO, MnO, Fe2O3 va Cr2O3 uchraydi. Ushbu birikmalar tufayli shpinelning boshqa turlari hosil bo`ladi. Gersinit – FeAl2O4, ganit – ZnAl2O4, galaksit – (Mn,Fe)Al2O4. Shpinel kubik singoniyali. Odatda jinslar oralarida oktaedrik shakllarda uchratish mumkin. Uning kristallari uncha katta bo`lmaydi, ba`zan yirik 25 sm.lik donalari uchraydi. Shpinel rangsiz, shaffof, har xil rangli - qizil, pushti, yashil, ko`k ranglilari mavjud. U shisha kabi yaltiraydi, qattiqligi – 8, solishtirma og`irligi – 3,8, kislotalar ta`sir etmaydi.
Shpinellar kontakt-metasomatik jarayonlar maxsuli bo`lib, granatlar, piroksenlar bilan birga paragenetik uyushmalarda uchraydi.
U ba`zan pegmatitlarda yuzaga keladi. Shpinellar o`rta darajali metamorfizm jarayonlarda yuzaga kelgan gneyslar va kristallik slaneslar oralarida uchratish mumkin. Qizil rangli qimmatbaho asl shpinellarning konlari Seylon, Birma, Tailand, Afg`onistonlarda topilgan. Shpinelning mutlaqo shaffof va darzi yo`q yirik kristallari qimmatbaho bezak toshlar sifatida ishlatib kelinmoqda.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling