Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulfat minerallari
- Barit – BaSO 4 .
- Selestin – SrSO 4 .
Soda – Na2CO3 · 10H2O, tarkibi: Na2O – 21,6%, SO2 – 15,4% va N2O – 63%. U monoklin singoniyali, rangsiz yoki kulrang, yaltirashi shishadek, qattiqligi – 1-1,5, solishtirma og`irligi – 1,4. Sodaning yirik uyumlari natriyga boy bo`lgan sho`r suvli ko`llarda paydo bo`ladi.
Sulfat minerallari Bu guruh minerallariga sulfat kislotaning selenatli va selenitli birikmalari kiradi. Bu sinfga kiruvchi minerallar 175 dan ortiq, ularning ayrimlari qo`shimcha anionlar [PO4], [AsO4](CO3] tufayli hosil bo`ladi. Sulfatlarning tuzilishida [SO4]-2 anionining ahamiyati ulkan, bunda olti valentli oltingugurtni kislorodni qurshab olgan va ular faqat yirik ikki valentli kationlar bilan birikishi natijasida barqaror panjaralar hosil qiladi. Sulfat minerallarini hosil qilishda faol kationlardan: Ca, Ba, Na, Pb, K, Mg, Cu, Zn ning roli katta. Barit – BaSO4. Yunoncha «baros» – og`irlik demakdir. Kub-singoniyali, kristallari donador, kamdan-kam zich, yashirin kristallangan, tuproqsimon bo`ladi. Barit - qordek oq, shaffof, ayrimda sarg`ish, ko`kish, qo`ng`irroq bo`ladi. Uning yaltirashi – shishadek, ulanish tekisligi sadafdek mukammal, qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 4,5. Barit uyumlari o`rta va past haroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keluvchi – barit-polimetall konlarning – 50-60% ni tashkil etadi, barit-flyuorit tomirlarida esa undan ham ko`plab uchraydi Sh.Angliya, Gars, Gyuringi, Germaniya, ba`zan galenit, sfalerit va kinovarlar bilan birga uchraydi (Xaydarkon, Farg`ona). Barit vulqon jinslari orasida tomir va tomirchalar hosil qiladi (Bolnis, Gruziya). Barit sanoatning turli tarmoqlarida keng qo`llaniladi. Selestin – SrSO4. Yunoncha «celestis» havo rang demakdir. Tarkibida – SrO – 56,4% bo`ladi, ba`zan Sa va Va – 1,5-2% atrofida. U rombik singoniyali, kristallari tabletkasimon, ustunsimon yoki prizma ko`rinishda bo`ladi. Uning rangi – havo rang, sarg`ish, qizg`ish, ayrimda rangsiz, shaffof, yaltirashi shishadek, ulanish tekisligi mukammal, sadafdek tovlanadi. Selestinning qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 4, mo`rt mineral. Uning asosiy uyumlari cho`kindi – xemogen sharoitda paydo bo`ladi va gips, angidrid, stronsianit va baritlar bilan birga uchraydi, ayrimda shu jinslarning muayyan bir qatlami bilan bog`liq holda topiladi. U dengiz organizmlarida, jumladan radiolyariya va ammonitlarning toshqotgan chig`anoqlarida aniqlangan. Selestin perm davri cho`kindi jins qatlamlarida keng tarqalgan (Arxangelьsk, Boshqirdiston, Orenburg, Rossiya). Selestin stronsiy olishda birdan bir manbadir. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling