Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet41/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Angidrit – CaSO4 . Tarkibi – SaO – 41,2%, SO3 – 58,8%. Qalin tabletkasimon yoki prizmatik. Tabiatda yaxlit donador massalar, ba`zan nayzasimon holida uchraydi. Uning rangi oq, havo rang, kulrang, qizg`ish tusda bo`ladi, ayrimda rangsiz shaffof xillari mavjud, shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligi mukammal, qattiqligi – 3,5, solishtirma og`irligi – 3,0. Namgarchilik ko`p joylarda, angidrit gipsga aylanadi, natijada hajmi 30% gacha kengayadi. Angidritning katta uyumlari cho`kindi tog` jinslar oralarida qatlam-qatlam bo`lib joylashadi. U tuz konlarining asosiy minerallaridandir, dengiz va ko`llarda harorat 420 dan yuqori bo`lganda kristallanadi. U galit, silvin, karnallit va boshqalar bilan qavat-qavat qog`ozdek yupqa qatlamchalar tashkil etadi.
Angidrit konlari AQSHning Texas va Luizian tuz tepaliklarida, Germaniyaning Shtasfurtda, Polshada va G`arbiy Pokistonlarda topilgan.

Gips – CaSO4 · 2H2O. Tarkibi: SaO – 32,5%, SO3 – 46,6%, N2O – 20,9%. Mexanik aralashma holida turli gillar qum, organik moddalar bo`ladi. U monoklin singoniyali, yo`g`on tabletkasimon, ayrimda ustunsimon, yoki prizmatik ko`rinishda bo`ladi. Gips yoriqlarda asbestga o`xshash ipaksimon holda joylashadi. Yirik, alohida-alohida kristallari - qaldirg`och dumiga va ba`zan atirgulga o`xshash shakllar hosil qilib uchraydi. Uning rangi oq, shaffof, ayrimda asaldek sariq, qizil va qoramtir bo`ladi. U shishadek yaltiraydi, ulanish tekisligi sadafdek. Gipsning qattiqligi – 1,5-2 (tirnoqda chiziladi), solishtirma og`irligi – 2, ulanish tekisligi mukammal. U suvda erish xususiyatiga ega. Gips ekzogen sharoitda (nurash) paydo bo`ladi. Yirik suv havzalarida ohaktoshdan keyin yuzaga keladi. Gipsning yirik konlari Jirjenta, Sitsiliyada, Fransiyada, Germaniyada, Polьshaning Krakova rayonida, Avstraliya, AQSHning Michigan, Nyu-York shtatlarida, Xilsbora Kanadalarda joylashgan. U qurilish ishlarida ishlatiladi.

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling