Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet49/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Galit – NaCl. Grekcha «galos» – dengiz, tuz demakdir. U osh tuzi ham deyiladi. Tarkibi – Na – 39,4% va Sl – 60,6%. Mexanik aralashma sifatida gil, organik moddalar bo`ladi. U kub singoniyali, tuz havzalarining ostida bir-birlariga yopishmagan dona-dona bo`lib, zich kristallangan ko`rinishda topiladi.
Galit shishadek yaltiraydi, qattiqligi – 2, solishtirma og`irligi – 2,2, mo`rt, suvda oson eriydi, mazasi sho`r. U juda gigroskopik, havo namini o`ziga tortib oladi. Galit ekzogen sharoitda quriyotgan ko`llarda yoki dengiz havzasidan qum to`siqlari bilan ajralgan sayoz qo`ltiqlardan quruq va issiq iqlimli sharoitlarda paydo bo`ladi. Galitning eng katta zahirali konlari turli geologik davrlarda yuzaga kelgan. Ammo uning yirik konlari perm davriga mansub. Bu davr uchun uzoq davom etgan issiq kontinental iqlim xos bo`lgan (Yevropa, Osiyo, Amerika va boshqa mamlakatlarda). Galit muhim oziq-ovqat mahsuloti. U sanoat va qishloq xo`jaligining turli tarmoqlarida ishlatiladi.


Silvin – KCl. Tarkibi – K – 52,5%, Cl – 47,5%. Mexanik aralashma holda NaCl, Fe2O3 ishtirok etadi. U kub singoniyali, qavat-qavat teksturali yaxlit donador massalar holida topiladi. Silvinning toza xillari – shaffof, rangsiz, oq, och qizil va pushti rangli bo`ladi, shishadek yaltiraydi, qattiqligi – 1,5-2, solishtirma og`irligi – 1,99. Uning mazasi o`tkir sho`r, ba`zan achchiq ancha mo`rt mineral. U galit kabi qurayotgan sho`r suvli ko`llarda yuzaga keladi. Silvinning dunyodagi eng yirik koni Rossiyadagi – Solikamsk hisoblanadi. Bundan boshqa katta konlarga Germaniyadagi –Strassfurt va Elzas, Fransiyada topilgan. Ma`lumki, kaliy tuzlarining ko`p qismi dalalarni o`g`itlash uchun sarf bo`ladi, biroz qismi kimyo sanoatida, tibbiyot, parfumeriya, qog`oz sanoatida, shisha va lak-bo`yoq tayyorlashda qo`llaniladi.

SILIKATLAR GURUHI
Sirkon-ZrSiO4. nomi forscha «Car»-oltin, «gun»-rang degan so`zlarni anglatadi. Uning tarkibida ZrO2-67% va SiO2 -32% bo`ladi, aralashma tariqasida gafniy HfO2-4% gacha, siyrak yer elementlaridan Y2 O3 va Ce2O3 aniqlangan. Bulardan tashqari Nb va Ta%, ba`zan ThO2 -1,5% bo`ladi.
Singoniyasi-tetragonal. Tabiatda tetra-gonal-dipiramidal, ba`zan prizma shaklida uchraydi.
Qattiqligi- 7-8, metamikt parchalanishga uchragan xillarida uning qattiqligi 6 gacha kamayadi. U notekis chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi-4,6-4,7 uning o`zgargan xili-sirtalitlarda 3,8 gacha kamayadi. Tsirkon turlari bo`lgan malakon va sirtalit, odatda radioaktivdir.
Aniqlash belgilari-sirkon kristallari ko`proq tetragonal kalta ustunsimon hamda dipiramidal qiyofada uchraydi. Quyidagi minerallarni 1) rutildan (qattiqligi va sindirish ko`rsatkichiga qarab ajratiladi); 2) kassiteritdan (solishtirma og`irligiga qarab), 3) toritdan (qattiqligi va kuchli ikkilanib sinish ko`rsatkichiga qarab ajratiladi). Sirkon magmatik intruziv jinslar: nefelinli sienitlarda, granitlarda, gneyslarda xol-xol bo`lib joylashgan shakllarda bo`ladi. Odatda nordon va ishqorli jinslarning pegmatitlarida kengroq miqdorda uchraydi. Sirkonning shaffof hamda rangi chiroyli xillari zargarlikda ishlatiladi.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling