Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet51/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Andaluzit-AI2[SiO4]O. Nomi Ispaniyadagi Andaluziya viloyati nomidan kelib chiqqan. Tarkibi distenga o`xshash. U rombik singoniyali simmetrik ko`rinishi rombo-dipiramidal. Bu mineral rangiz, odatda kul rang, sariq, qo`ng`ir, pushti rangli bo`ladi. qattiqligi 7-7,5 ulanish tekisligi (110) bo`yicha aniq. U notekis hamda zirapchasimon yuzalar bo`yicha sinadi, solishtirma og`irligi-3,0-3,2.
Andaluzit nordon intruzivlarning kontakt-metamorfizimida gilli slanec oralarida paydo bo`ladi. U gneyslar va sludali slaneslarda granat, korund, distenlar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi. Stavrolit –FeAI4[SiO4]2 O2(OH)2. Nomi yunoncha «Stavros»-krest demakdir. Tarkibi: FeO-15,8%, AI2O3-55,9%, H2O-2%. Rombik singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombo-dipiramidal. Odatda kalta va yo`g`on prizmali ko`rinishda, uning o`ziga xos qo`shaloq kristallari ham uchraydi.
Stavrolitning rangi qizil-qo`ng`irdan qo`ng`ir-qoragacha, kamdan-kam shaffof bo`ladi. U shishadek yaltiraydi, qattiqligi 7-7,5, ulanish tekisligi (010) bo`yicha mukammal, notekis yuzalar bilan sinadi. Solishtirma og`irligi 3,6-3,7.
Stavrolit regional, kamdan-kam kontakt-metamorfizmida, qiyosan yuqori haroratda yuzaga keladi. Bu mineral kimyoviy jihatdan barqaror mineral hisoblanadi.

Granatlar guruhi.
Granatlar guruhi minerallari ikki qatorga bo`linadi:
1) almandin qatori -(Mg,Fe,Mn)3 Al2[SiO4]3
pirop- Mg3 AI2[SiO4]3
almandin – Fe3 AI2[SiO4]3
spessartin - Mn3AI2[SiO4]3
2) andradit qatori - Ca3(AI,Fe,Cr)2[SiO4]3
grossulyar -Ca3AI2[SiO4]3
andradite -Ca2Fe2[SiO4]3
uvaravit -Ca3Cr2 [SiO4]3
Granatlar guruhi minerallari kub singoniyali; simmetriya ko`rinishi geksaoktaedrik. Kristall qiyofasi rombik dodekaedr, tetragon-trioktaedr. Ko`pincha donador yaxlit massalar holida topiladi. Granatlarning rangi va tarkibi o`zgaruvchan bo`ladi (23-jadval). Odatda ular qizil, qo`ng`ir-qizil, sariq, zumrad-yashil, qoramtir, ba`zan qora. Qattiqligi 6,5-7,5, notekis yuzalar hosil qilib sinadi. Solishtirma og`irligi 3,5-4,2. Granatlarga xos belgi-kristallarning o`ziga xos qiyofasi, yog`langandek yaltirashi, yuqori qattiqligi. Granatlar kontakt-metasomatik, regional metamorfizmda yuzaga keladi. Granatlarning shaffof rangi chiroyli xillari zargarlik ishlarida qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.

Sfen-CaTi[SiO4]O. yunoncha «sfen»-pona ma`nosini bildiradi. Tarkibida: CaO-28,6%,TiO2 -40,8%, SiO2 30,6%, bundan tashqari FeO-6% gacha, MnO-3% gacha, (Y,Ce)2O3-12% gacha aralashmalar borligi aniqlangan. U monoklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi rombo-prizmatik, kristallarining ko`ndalang kesimi ponaga o`xshash, ba`zan tabletkasimon. Sfen rangi sariq, qo`ng`ir, yashil, ba`zan qora, pushti yoki qizil bo`ladi. Yaltirashi olmosdek, yog`langandek, qattiqligi 5-6, solishtirma og`irligi 3,2-3,5, aniqlash belgisi-sarg`ish-qo`ng`ir rangi va ponasimon shakli bilan ajraladi. U qizdirilgan HCl, H2SO2, kislotalarida Ca sulfat tuzi hosil qilib, butunlay parchalanadi. Sfen ikkinchi darajali mineral sifatida ishqorli va nordon o`rta intruziv jinslarda dala shpatlari, nefelin, egirin, sirkon, apatit va boshqa minerallar bilan bir associaciyalarda uchraydi, biroq uning yirik kristallari ishqorli pegmatitlarda bo`ladi. U ba`zan metamorfik jinslar (gneyslar, kristallik slaneslarda, amfibolitda) uchun xos mineral holida yuzaga keladi.

Aksinit-Cu2(Mn,Fe)AI2Bsi4O15[OH]. Yunoncha «aksine»-bolta demakdir. Tarkibi o`zgaruvchan, triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinokoidal, kristallari bo`shliqlarda ko`pincha druzalar tarzida uchraydi. Odatda jigar rang, qo`ng`ir, pushti, oq, kulrang, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 6,5-7, ulanish tekisligi (010) bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 3,2-3,30. U gidrotermal mineral sifatida, kontakt zonalarida yoki dioritlarda topiladi. Ayrim mamlakatlarda bor olishda manbaa hisoblanadi.

Datolit-Ca2B2[SiO4][OH]2
Tarkibida: CaO-35%, B2O3-21,8%, SiO2 -37,6%, H2O-5,6% bo`ladi. Monoklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi prizmatik. U donador agregatlar tarzida keng tarqalgan. Rangi oq, ba`zan kulrang-tovlanuvchan och yashil, sariq, qattiqligi 5-5,5, ulanish tekisligi ko`rinmaydi. U chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinadi. Datolit shishadek yaltiroq, solishtirma og`irligi 2,9-3,0. Mineralni o`ziga xos shishadek yaltirashi, chig`anoqsimon yuzalar hosil qilib sinishi va shakli bilan boshqalardan farqlash mumkin. U skarnlarda, ma`danli tomirlarda bodosimon ko`rinishda magmatik jinslar oralarida ko`rish mumkin. U bor qazib olishda man`ba hisoblanadi.



Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling