Mineralogiya


Download 1.54 Mb.
bet42/78
Sana20.10.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1713089
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Bog'liq
Mineralogiya

Xalkantit – CuSO4 · 5H2O Yunoncha «xalkos» mis «ante» - gul, ya`ni mis guli demakdir. Mis kuporosi yoki to`tiyo ham deyiladi. Tarkibi: CuO – 31,8%, SO3 – 32,1%, N2O – 36,1%. U triklin singoniyali, kristallari tabletkasimon, kalta ustunsimon, yaxlit massalar holida yoki radial tolasimon xillari uchraydi. Uning rangi havorang, ayrimda yashilroq, shisha kabi yaltiraydi, qattiqligi – 2,5, solishtirma og`irligi 2,3 mo`rt, chig`anoqsimon yuza hosil qilib sinadi. Suvda oson erib uni ko`k rangga bo`yaydi. U ekzogen sharoitda quruq iqlimli mamlakatlarda mis-sulьfid konlarining oksidlanish zonalarida paydo bo`ladi.
Xalkantitdan tayyorlangan suyuqlik meva va tokzor zararkunandalariga qarshi kurashda, buyoqchilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.


Alunit – KA13[SO4](OH)6 . Tarkibi: K2O – 11,4%, Al2O3 –37%, SO3 – 38,6% va N2O – 13%. Trigonal singoniyali, ditrigonal –piramidal ko`rinishda, yoki tabletkasimon qiyofali, kul rang, sarg`ish ba`zan qizg`ish – oq, shisha kabi yaltiraydi, qattiqligi – 4, solishtirma og`irligi – 2,8. Mis – sulfid konlarining oksidlanish zonalarining yuqori qismida joylashadi. Mis olishda qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurash hamda bo`yoq sanoatida ishlatiladi.

Kaliyli achchiqtosh –KAl[SO4] · 12H2O. Tarkibi: K2O – 9,9%, Al2O3 – 10,8, SO3 – 33,8%, N2O – 45,5%. U rangsiz shishadek yaltiraydi, kub singoniyali, qattiqligi – 2, solishtirma og`irligi – 1,7, mo`rt, suvda oson eriydi, tuproqsimon massa holida, qobiqsimon, ba`zan yaxlit donador agregatlari Tombovda, Dog`istonda, Turkmanistonda, O`zbekistonda – Sho`rsuvda topilgan. Kaliyli achchiqtosh qog`oz, bo`yoq, charm tayyorlashda ishlatiladi.
Sulfatli birikma minerallari

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling