Mineralogiya
Download 1.54 Mb.
|
Mineralogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislorodli birikmalar I – oddiy oksidlar
- II – murakkab oksidlar
- Suvli oksidlar
Bulanjerit – Pb5Sb4S11 yoki 5PbS·2Sb2S3. Tarkibida Pb – 55%, Sb – 25,7% va S – 18,9% uchraydi. Ba`zan 1% Cu uchraydi. Monoklin singoniyali, rangi qo`rg`oshindek kulrang va temirdek qora. U shaffof emas, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2,5-3, ancha mo`rt, solishtirma og`irligi 6,2, ulanishi tekisligi ayrim tomonlar bo`yicha mukammal. Bulanjerit gidrotermal sharoitda yuzaga keladigan qo’rg`oshin-rux ma`danlarida galenit, sfalerit, pirit, arsenopiritlar bilan birga uchraydi. Oksidlanish zonalarida bulanjerit parchalanib, serussit PbCO3 bilan surmaning gidrooksidlarini hosil qiladi (Zabaykalye, Rossiya). Bulanjeritning katta uyumlari qo`rg`oshinning ma`dani sifatida ahamiyatga ega.
Kislorodli birikmalar I – oddiy oksidlar: Kuprit – Cu2O Rutil – TiO2 Korund – Al2O3 Anataz – TiO2 Gematit – Fe2O3 Brukit – TiO2 Uraninit – UO2 Kassiterit – SnO2 Kvars – SiO2 Piroluzit – MnO2 Xalsedon – SiO2 Koesit – SiO2 Opal – SiO2· nH2O Stishovit – SiO2 II – murakkab oksidlar Ilmenit – FeTiO3 Ferberit – FeWO4 Xrizoberill – BeAl2O4 Gubnerit – MnWO4 Braunit – MnO · MnO3 Perovskit – CaTiO3 Shpinel – MgAl2O4 Kolumbit –(Fe,Mn)Nb2O6 Gercinit – FeAl2O4 Tantalit –(Fe,Mn)Ta2O6 Magnetit – FeO Fe2O3 Camarskit –(Y,Er)4[(Nb,Ta)2O7]3 Xromit – FeCr2O4 Suvli oksidlar Brusit – Mg(OH)2 Gessit – HFeO2 Gibbsit – Al(OH)3 Manganit – MnO2[OH]2 Diaspor – HAlO2 Lepidoxrokit–FeO(OH) Bu guruh minerallari–metall va metalloidlarning kislorod va gidroksidlar bilan qo`shilib hosil qiladigan eng oddiy birikmalarini o`z ichiga oladi. Keyingi ma`lumotlarga binoan kislorod bilan 40 dan ortiq kimyoviy element turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po`stida oksidli birikmalar og`irligi bo`yicha 17% tashkil qiladi, bulardan 12% ni kremniy oksidi (SiO2), 3,9% ni temir oksidi va gidrooksidi tashkil qiladi. Boshqa elementlardan; alyuminiy, titan, marganec, xrom, mis oksidlari va boshqalar katta o`rin tutadi. Atmosferada oksidlardan – karbonat angidrid (SO2) va suv bug`lari keng tarqalgan va ularning tarqalish chegarasi yer yuzasidan 12 km balanddan o`tadi. Gidrosferaning tarkibi va asosiy qismi suvdan iborat, ular tabiatda keng tarqalgan. Demak, yuqoridagilardan ma`lum bo`ldiki, tarkibi xilma-xil bo`lgan oksid, gidrooksidlarning maksimal miqdori Yer po`stining ustki qismlarida – erkin kislorodli atmosfera chegarasida joylashgan. Yer po`stining chuqur qismiga kislorodning kirib borishi yer osti suvining sathiga bog`liq. Yer po`stining ustki qismi turli tog` jinslari va ma`dan konlarining oksidlanish zonasi minerallarni qayta hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladigan maydon hisoblanadi. Ushbu oksidlanish maydonlarida yuzaga kelgan minerallar orasida metall oksidlari va gidrooksidlari muhim rol o`ynaydi. Oksidlanish zonasidagi ikkilamchi minerallarni paydo bo`lishida tarkibida karbonat angidrid bo`lgan yomg`ir suvlarining ahamiyati juda katta. Havoga to`yingan 1 litr yomg`ir suvida 25-30 sm3 gaz borligi aniqlangan. Bu gaz tarkibining 30% ni kislorod, 60% azot va 10% ga yaqinini karbonat angidrid tashkil etadi. Yomg`ir suvi Yerning chuqur qismiga borgan sari erkin kislorod sulfid va shunga o`xshash birikmalarni oksidlantirish uchun sarf bo`ladi. Tog` jinslari va ma`dan maydonlarida ishtirok etgan Fe+2 ,Mn+2, v3 tez oksidlanib, kislorodli birikmalar hosil qiladi. Oksidlanish zonalarida dastlab yuzaga kelgan tuzlar (sulfatlar, karbonatlar va boshqalar) ma`lum tezlikda suv bilan reaksiyaga kirib parchalanadi – gidrolizlanadi, natijada metallarning aksariyati suvda qiyin eriydigan gidrooksidlar holida ajraladi. Minerallarning fizik hossalari ularning strukturasi (tuzilishi) va tarkibiga bog`liq. Oksidlar strukturasining (kubik, geksagonal) asosida zichlashgan kislorod atomi, hamda oktaedrlardagi bo`shliqda kationlar joylashadi. Kremniy, aluminiy va magniy oksidlari ion-kovalent bog`lanishni hosil qilsa, qolgan oksidlar (mis, temir, xrom va boshqalar) metall bog`lanishdan yuzaga keladi. Shuning uchun ham kremniy, alyuminiy, magniy oksidlari yuqori qattiqlikka ega, ya`ni kvars, shpinel, korund, xrizoberillarning qattiqligi – 7-9 ni tashkil etadi, qolgan oksidli minerallarning qattiqligi – 5-6 atrofida. Oksidlarning zichligi 2,5 dan (kvars) – 10,6 gacha (uranit) bu o`zgarish shu tarkibga kiruvchi elementlarning atom og`irligining ortib borishiga uzviy bog`liq. Varoqsimon kristall strukturaga ega bo`lgan gidrooksidlar qatlamlari orasidagi mavjud bo`sh bog`lanishga binoan, uncha mustahkam bo`lmagan kristall panjarasi bilan belgilanadi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling