Mineralogiya va minerallar haqida tushincha


Yoqilg‘i - energetika boyliklar


Download 28.19 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi28.19 Kb.
#211078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mineralogiya va minerallar haqida tu

1. Yoqilg‘i - energetika boyliklar. Bu foydali qazilmalar guruhiga neft, gaz va ko‘mir kiradi.

Neft va gaz konlari Farg‘ona botig‘ida SHimoliy Sux, Janubiy Alamushik, Polvontosh, CHimyon, SHursu va boshqa joylarda topilgan. Bular yura, bur, paleogen va neogen davrlarida yotqizilgan cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari orasida joylashgan. Paleogen davri yotqiziqlari ayniqsa foydali qazilmalarga boydir.

Neft SHerobod – Surxondaryo botig‘idagi paleogen oxaktoshlari qatlamlarida Xovdag, Uchqizil, Kakayti va boshqa joylarda olinmokda.

Neft va gaz konlari Xisor tizmasining janubi – g‘arbiy tarmoqlaridagi Odamtosh, Gumbuloq, Pachkamar, Qizilbayroq, Oman – ota nomli joylarda yuqori yura davri karbonat tog‘ jinslari antiklinal burmalarida ham ochilgan.

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarining tekislik qismida bir nechta neft va gaz konlari (Muborak, Oqjar, Saritosh, Jarqoq, Qoravulbozor va boshqalar) ochilgan bo‘lib, ular yura va bur cho‘kindi tog‘ jinslari bilan bog‘liqdir.

Gazning juda katta zaxirasi Buxoro viloyatidagi Gazli konida 50-yillardayoq ochilgan edi. U juda katta xajmda Rossiyaning markaziy shaharlari va Uralga quvurlar orqali olib ketilgani natijasida hozir tugab bormoqda.

Bundan tashqari, gaz konlari Ustyurt platasidagi SHoxpaxta, Kuanish nomli joylarda yura davri cho‘kindi tog‘ jinslari qatlamlari orasida ochilgan.

O‘zbekiston hududida kumirning to‘rtta koni (Oxangaron SHarg‘un, Boysun, Kuxitang) ma’lum. Bulardan Oxangaron kung‘ir kumir koni Toshkent viloyatidagi Oxangaron daryo vodiysining o‘rta oqimida joylashgan bo‘lib, ochiq usulda qazib olinmoqda. Bu kumir konining zaxirasi respublikada topilgan barcha kumir zaxirasining 96,5 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekistondagi ikkinchi kon Surxondaryo viloyatining tog‘li qismidagi yuqori sifatli SHarg‘un toshkumir konidir. Kon dengiz satxidan 600-800 m balandlikda yura davri yotqiziqlari orasida joylashgan. Kumir qatlamlarining o‘rtacha qalinligi 4,5 m, ba’zilarining qalinligi esa 12 m ga etadi. Bu hududda Boysun va Kuxitang kumir konlari ham ochilgan bo‘lib, ular ham yura davri yotkiziklari orasidadir.

O‘zbekiston kumir konlarining umumiy zaxirasi 6 mlrd. tonnadan ziyoddir.




Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling