Minerallarni sanoatdagi va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Ma’lumki, O‘zbekiston hududi turli geologik tuzilishiga va o‘ziga yarasha tarixga ega. SHuning uchun ham bu hudud turli foydali qazilmalarga boydir. O‘zbekiston hududida ko‘p yillar geologik tadqiqotlar olib borilishi natijasida turli qimmatbaho qazilma boyliklari borligi, ularning miqdoriy jihati va sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan bir qancha konlari aniqlandi. Bu xalq xo‘jaligini muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, ruda bo‘lmagan xom ashyolar va qurilish materiallari sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini berdi. Hozirgi davrga kelib aniqlangan qazilma boyliklar manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, neft, qurg‘oshin, rux, ko‘mir va boshqa maxsulotlar bilan ta’minlabgina qolmay, xattoki ishlab chiqarishni ancha kengaytirish imkonini ham beradi.
SHunday qilib, O‘zbekiston hududida foydali qazilmalarning bir qancha turlari borligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |