Mineralogiya va minerallar haqida tushincha
Alyuminiy va nometall xom ashyolariga
Download 28.19 Kb.
|
mineralogiya va minerallar haqida tu
4. Alyuminiy va nometall xom ashyolariga kaolin, alunit va boksit kabilar kiradi. Ohangaron kumir koni qazilib olinayotgan joyda kaolinning katta zaxirasi borligi aniqlangan.
Alunitning aniqlangan konlari Qurama, CHotqol, Karjantog‘ tizmalari yonbag‘irlarida joylashgan. O‘zbekiston hududida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan yuqori sifatli boksit konlari topilmagan. Nurota tog‘lari, Qizilkum, Xisor tog‘larida o‘rta va past sifatli bir qancha kichik boksit konlari ochilgan. O‘zbekistonda bentonitli gillar topilgan. Bularga Qashqadaryo viloyatidagi Azkamar, Samarkand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on va boshqalar kiradi. Ular bur va paleogen davrlarida hosil bo‘lgan. O‘zbekistonda 30 dan ziyod grafit konlari mavjuddir. Uning katta koni Kuljuktog‘ tizmasidagi Toshkazganda ochilgan va qazib olinmoqda. Kondagi ma’danning zaxirasi 7 mln. tonnaga yaqin. Sulton Vays tizmasi, Janubiy Farg‘ona va Xisor tizmalarida asbest konlari topilgan, lekin ulardan xom ashyo qazib olinmaydi. Molguzor tizmasidagi SHaraksoyda va Karjantog‘ tizmasidagi Oqtoshda korund konlari ochilgan. Qurama tizmasidagi Olmabuloq, Kenkol, Gava, CHarkasarda, CHotkol tizmasidagi Sargardonda, Markaziy Qizilqumdagi Oqtoshda va boshqa erlarda qimmatbaho toshlardan topaz topilgan. O‘zbekistonning 30 ga yaqin joylarida bironza borligi aniqlangan. Bulardan asosiylari Qurama tizmasidagi Ungurlikon, SHaugaz, Urgaz, Kalmokkir, Akturpoq, qoratepa tizmasidagi Ibroximota, Samarkandik, Kizilkumdagi Ayakoshi, Irlir, Ouminzatog‘, Muruntog‘, Toshkazgan, Aytim va boshqalar. Ametist Piskom daryosining yuqori oqimi Miskon, Maydontol va boshqa hududlarda topilgan. Piskom tizmasida (SHamterak, Anaulgan) tog‘ billuri ham bor. Zirabuloq – Ziyoviddin tog‘laridagi Gunjak, Kuxitang tizmasidagi Ajinakamar va boshqa g‘orlarda marmar oniksining kattagina zaxirasi borligi aniqlangan. Bulardan tashqari, O‘zbekiston hududida yashma, nefrit, lazurit va boshqa qimmatbaxo va yarim qimmatbaxo toshlar borligi aniqlangan. O‘zbekistonda kvars qumlarining katta zaxirasi bor. Bularga Toshkent viloyatidagi Mayskiy koni, Ozadboshi koni, Qizilqumdagi Jeruy koni, Karmana koni, hammasi bulib 13 ta kon bor. Ular eotsen davrida hosil bo‘lgan. Download 28.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling