Mineralogiya va minerallar haqida tushincha


Download 28.19 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi28.19 Kb.
#211078
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mineralogiya va minerallar haqida tu

3. Kimyoviy xom ashyolardan O‘zbekiston hududida osh va kaliy tuzlari mavjud. Bular dengiz va quruqlik sharoitlarida yuqori yura, quyi bur, neogen va to‘rtlamchi davrlarda hosil bo‘lgan. YUqori yura dengiz sharoitida hosil bo‘lgan osh va kaliy tuzlari respublikaning janubi – g‘arbiy qismida ayniqsa keng tarqalgan. Bu hududda Boybichakon, Xujaikon, Tyubegatang, Oqbosh, Laylimkon va boshqalar bor.

O‘zbekiston katta kaliy tuzlari zaxirasiga ham egadir. Ular yura davrida hosil bo‘lgan bo‘lib, ko‘pincha osh tuzlari bilan birga uchraydi. Ular Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida joylashgan Tyubegatang, Oqtosh, Odamtosh, Oqmachit nomli katta konlardir.

O‘zbekistonda hozirgi sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan katta fosforit konlari aniqlanmagan. Molguzor, Nurota tog‘lari va Surxondaryo botig‘ida ularning katta zaxiraga ega konlari ochilgan.

Farg‘ona botig‘i adir mintaqasidagi bir nechta tektonik strukturalarda (Qizilarcha, Andijon, Kurshob va boshqalar) bur va paleogen yotqiziqlari, Xisor tizmasi janubi – g‘arbiy tarmoqlarida paleogen yotqiziqlari, hamda Ustyurt platosidagi paleogen va yura yotqiziqlarida oltingugurt borligi aniqlangan. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda oltingugurt gazini tozalovchi Muborak zavodi bu xom ashyoni beruvchi asosiy manba hisoblanadi.

CHotqol va Qurama tog‘ tizmalari, Xisor tizmasining janubi – g‘arbiy tarmoqlari hududlarida, Nurota tizma tog‘larida flyuorit konlari ochilgan.

O‘zbekistonning tog‘li qismidagi yoriqlarda va karst – g‘orlarida tabobatda qadimdan foydalanib kelinayotgan mumiyo topilgan.




Download 28.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling