Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан
Qo`rg’oshinning minerallari va rudalari
Download 0.68 Mb.
|
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси
2. Qo`rg’oshinning minerallari va rudalari.
3. Qo`rg’oshin minerallarining flotatsion xossalari. 1. Qo`rg’oshin – atomining tartib raqami 82 va atom massasi 207,2 bo`lgan davriy sistemaning 4 gurux elementi. Bu havorang-kulrang, yumshoq va egiluvchan bo`lgan og’ir metall. Er sharida qo`rg’oshinning miqdori 16∙10-3 % ni tashkil etadi. Qo`rg’oshinning zichligi 11,3 g/sm3, erish harorati 327,4 ⁰C, qaynash xarorati 1725 ⁰C. Qo`rg’oshin atomining tashqi elektron konfiguratsiyasi 6s26p2, shuning uchun u +2 va +4 oksidlanish darajasini namoyish etadi, kimyoviy jihatdan kam faol. Oksidlanganda qo`rg’oshin yuzasida yupqa PbO parda hosil bo`ladi, u qo`rg’oshinni chuqur oksidlanishdan saqlaydi. Qo`rg’oshin qo`rg’oshin akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, zararli muhitlarda korroziyabardoshli apparatura ishlab chiqarishda keng qo`llaniladi. Qo`rg’oshin rentgen nurlarini yaxshi yutadi, shuning uchun uni tegishli nurlanishdan himoya qilish vositasi va radioaktiv moddalarni saklash uchun uskuna tayyorlashda qo`llaydilar. Qo`rg’oshinning ancha miqdori elektr kabellariga qobiq ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi. Qo`rg’oshin ko`pchilik metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Kam legirlangan qotishmalar uning mustahkamligini va korrozion turg’unligini oshiruvchi temir, mis, qalay, surma, kadmiy, kaltsiy kabi qo`shimchalarni xam kam miqdorda saqlaydi. Yuqori legirlangan qotishmalar o`zida bu qo`shimchalarni ko`prok saqlab, mustahkamlik va turg’unlikdan tashqari yuqori qattiqlik va antifriktsion xossalarni namoyish etadi. Oson eruvchi qo`rg’oshinli qotishmalardan kavsharlar sifatida foydalaniladi. Qo`rg’oshinning organik birikmasi tetraetil qo`rg’oshin motor yoqilg’isiga qo`shimcha sifatida qo`llaniladi. Yuqori nur sindirish ko`rsatkichiga ega materiallarni olish uchun qo`rg’oshin oksidi billur va optik oyna tarkibiga qo`shiladi. 1978 yil AQSH da ishlatilgan 1398 ming t. qo`rg’oshinning 880 ming t. si yoki 62,5% akkumulyatorlar ishlab chiqarishga, 178 ming t. (12,6%) i tetraetil qo`rg’oshin, 147 ming t. (10,8%) i turli qotishmalarni, 89 ming t. (6,34%) bo`yoq modda va ximikatlarni, 30 ming t. (1,04%)i yupqa prokat va quvurlarni, 60 ming t. (4,6%) boshqa narsalarni ishlab chiqarishga sarflandi. 1978 yilda dunyo bo`ylab ruda tarkibidan 2413 ming t. qo`rg’oshin olindi. Qo`rg’oshin olishning asosiy qismi quyidagi davlatlarga tug’ri keladi: (ming t. ) AQSH (541); Avstraliya (387); Kanada (366); Meksika (171); Peru (183). Qo`rg’oshin boyitmasini va aralashmalardan tozalangan metallni import qilish hisobiga AQSH da aralashmalardan tozalangan qo`rg’oshinni istemol qilish 975 ming t. ni tashkil etdi. 2000 yilga kelib qo`rg’oshin zahirasi 200-300 mln. t. ni tashkil etdi, uni istemol qilish esa 6-6,5 mln.t. gacha oshdi. 2. Qo`rg’oshin 144 ta mineral tarkibiga kirsada, lyokin ularning kamchiligi sanoatda axamiyat kasb etadi. (7-jadval) Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling