Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Ma`ruza №7. Oltin rudalarini boyitish texnologiyasi


Download 0.68 Mb.
bet25/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Ma`ruza №7. Oltin rudalarini boyitish texnologiyasi


Reja:
1. Oltinning fizik-kimyoviy xossalari va qo`llanilishi
2. Oltinning minerallari va rudalari
3. Oltinni gravitatsiya usulida boyitish
4. Oltinni amalgamalash


1. Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo`lib yashagan paytlarda ham ma`lum bo`lib, uni daryo va ko`l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig’u sovuqda turli tuman aralashma va eritmalarda o`zgarmay, erimay va o`z xususiyatini zarracha o`zgartirmay qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yubordi. Uning er qobig’idagi miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Er yuzasining bir kilometr chuqurlikkacha boradigan tashqi pustlog’ida kamida 5000 000 000 (5 mlrd.) t. oltin bor. Oltinning solishtirma og’irligi 19,258 g/sm3.
Erish temperaturasi 1063 0C. Qaynash temperaturasi 2200 va 2598 0C. Oltin boshqa metallarga qaraganda yumshoq, shu sababdan undan 1/250000 dyuym yoki 1/1000 mm zar qog’oz (fol’ga) yasash mumkin. 1 gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho`zish mumkin.
Nodir metallar guruhiga oltin bilan bir qatorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yaqin xususiyatini o`zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib, qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab chiqarish va xalq xo`jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o`rinda turadi. Oltin o`zining o`zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomilasi o`rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jaxon banklaridagi boylik jamg’armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stantsiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o`tga va kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi.
Oltin-oltin rang, sariq, engil bolg’alanuvchan, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, a= 4,0704 A, kumush ham yumshoq metall bo`lib, fakat ranggi kumushsimon ok, a=4,0772 A. Ularning fizik kimyoviy xususiyatlarining o`ta yaqinligidan, bir-biridan cheksiz eriy oladigan qotishmalar qatorini hosil qilish mumkin.
Oltin kimyoviy faol bo`lmagan element. elektronga nisbatan olganda eng nodir metaldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va uglerod bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo`lmay, tezda metall holiga qaytarila oladi. Suvli suyuk eritmalarda, masalan: Ai = Ai + e; elektron potentsiali  = 1,686 va Ai = Ai + 3v reaktsiyasi uchun, elektron potentsiali;  = 1,506. SHuning uchun oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sul’fat, xlor, organik) erimaydi. Biroq oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sul’fat bilan marganetsli, sul’fat bilan azotlarda eriydi. «Shox arog’i» deb ataluvchi, bir hissa azot va 3 hissa xlor kislotasi aralashmasi, sul’fat va marganets kislotasi, sul’fat va azot kislotasi aralashmalarida eriy olishi mumkin. «Shox arog’i» eritmasida oltin quyidagi reaktsiya bo`yicha eriydi:
Au + HNO3 + 4HCl = HAuCl4 + NO + 2H2 O
Bu eritma syokin–asta bug’lantirilsa oltin xlor vodorodi sariq kristallari cho`kmasi hosil bo`ladi: HAuCl4 x 3H2 O. SHuningdek, oltin Na va K sinil tuzlarida kislorod va havo yordamida eriydi:
2Au + 4KCN + H2 O + ½ O2 = 2KAu (CN)2 + 2KOH
Oltin oksidlari Au2O va Au2O3 quyidagi gidrooksidlarni qizdirish yo`li bilan olinadi: AuOH va Au (OH) 2
AuO, ya`ni oltin ikki oksidi kulrang binafsha tusli kukun, 200 oC da elementar moddalarga parchalanib ketadi. Oltinning kislorodli birikmalari beqarordir. Ular tez parchalanib ketadilar. Oltinning bir valentli tuzlari ham beqaror, ular ham tez parchalanadi.
3Au+ = Au 3++ 2Au
Ular ammiak bilan kompleks hosil qiladilar: (AuCl , NH2; AuCl [2NH3] va h.k.) oltin sinal kompleks tuzlari beqaror va ular suvda yaxshi eriydilar: [Au(CN);
140-150 oC da xlorli havoda qizdirilgan oltin, oltin xloridi hosil qiladi. AuCl3 va 180-190 oC da AuCl hosil qiladi.
Oltin monogalogenadi turlicha tovlanuvchi sariq tusga bo`yaladi.
Oltin monoftoridi AuF faqat bug’ holida mavjud. Oltin tragalogenadi AuS - suvda eriydi. Oltin ftori AuF- zangori rangda, 500 oC da parchalanadi. Oltin xlor tuzlari AuCl – nina shaklidagi kristallar bo`lib qizil rangga egadir. erish temperaturasi 288 oC.
Oltin brom tuzi AuBr - to`q ko`ng’ir rangli, suvda erimaydi. Qaliy bromli eritmada oltin brom tuzi hosil bo`ladi:
K[AuBr4 ]
Oltin yod AuI3 – tuzi to`q yashil, suvda erimaydi. Oddiy temperaturada oltin yod birikmasi AuI3 hosil bo`ladi. Oltin sinil kompleks tuzlari K[Au(CN)2]; Na[Au(CN)2]; Ca[Au(CN)2] suvda yaxshi eriydilar. Ular katta amaliy ahamiyatga egadirlar.
Tiomochevina eritmasida oltin erib tiokorbomid oltin tuzi hosil qiladi. Ammo bu reaktsiyaning borishi uchun oksidlovchi bo`lishi shart. SHunda u AuCl∙2CS (NH2)2 – hosil qiladi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling